Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi
Download 430.78 Kb.
|
Nursaid kurs ishi
Iqlimi. Janubi-Sharqiy Osiyo ikkita iqlim mintaqasida joylashgan: ekvaorial (Malay arxipelagining katta qismi) va subekvatorial (materik qismi). Mintaqaning orolli qismida o‘rtacha yillik harorat +26ºC va fasllar almashuvi sezilmaydi. Lekin materik qismining ayrim joylarida, masalan Vyetnamning shimolida harorat +1ºCgacha pasayib boradi. Janubi-Sharqiy Osiyoning hamma hududida eng issiq oy – aprel
Janubi-Sharqiy Osiyoning materik qismidagi yirik daryolarning ko‘pi Himolay-Tibet tog‘ tizmalaridan boshlanadi. Materik daryolari yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi.Musson jalalari yog‘gan vaqtda daryolar toshib ketadi, yilning quruq mavsumida esa sayozlashadi, ayrim paytlarda butunlay qurib qoladi. Okean va dengiz suvlari ko‘tarilganda yirik daryolarning suv sathi keskin oshib ketadi, shuning uchun okean kemalari daryolarning yuqori tomoniga o‘nlab km gacha kirib borishi mumkin.Shuning uchun Hindi-Xitoy yarim- orolining asosiy daryo etaklarida portlar qurilgan. Masalan, Janubi-Sharqiy Osiyoning eng uzun daryosi-Mekongda (4500km) Xoshimin porti, Xangxa daryo deltasida –Xayfon,Chao-Prayi daryosining Siam ko‘rfaziga quyilish joyi yaqinida Bangkok, Iravadi deltasida esa-Rangon portlari joylashgan.15 Hindi-Xitoy yarimoroli daryolari, ayniqsa Mekongning ko‘pgina serostona irmoqlari gidroenergiya resurslariga boy. Janubi-Shrqiy Osiyoda ko‘llar ko‘p emas. Suv yuzasining maydoni 2,5 ming km² bo‘lgan eng katta Sap ko‘li ajralib turadi. Bu ko‘l dengiz faunasini saqlab qolgan. Ko‘l baliqqa juda boy. Mintaqada vulkanik, allyuvial va ferralit tuproqlari tarqalgan. Dehqonchilikda katta ahamiyatga ega bo‘lgan vulkanik tuprpqlari Malay arxipelagida tarqalgan. Iravadi, Saluin, Chao-Prayi, Mekong va Xangxa yirik daryo vodiylari va deltalarida daryo cho‘kindilaridan tashkil topgan allyuvial tuproqlar ham qishloq xo‘jaligi uchun juda muhimdir. Shu bilan birga mintaqa hududining katta maydonini ferrolit tuproqlari egallaydi. Ular bir qancha salbiy hususiyatlarga ega. Iliq va nam iqlim sharoitlarida bu tuproqlarda ishqorga aylanish jarayoni intensiv bo‘lib o‘tadi. Bu esa unumsiz laterit ustki qatlamni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday tuproqlardan foydalanish qishloq xo‘jaligida qiyinchilik tug‘diradi. Janubi-Sharqiy Osiyoning asosiy boyliklaridan biri-uning o‘simliklaridir. Yer sharining boshqa mintaqalariga qaraganda Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘simlik turlari ancha boy. Faqat Kalimantanni o‘zida gulli o‘simliklarning turi Janubi-Sharqiy Osiyoning katta qismi Hindi-Malay zoogeografik mintaqaga kiradi (faqat janubi-sharqiy orollari Avstraliya zoogeografik mintaqasi tarkibiga tegishli). Download 430.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling