Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi


Xo`jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va ichki tafovutlari


Download 430.78 Kb.
bet7/12
Sana09.02.2023
Hajmi430.78 Kb.
#1182021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nursaid kurs ishi

Xo`jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va ichki tafovutlari. Janubi-sharqiy Osiyo o`tgan asrning 70-yillargacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi. Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so`ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo`shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko`zga tashlanmoqda. Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo'jaligida rivojlanish darajasiga ko'ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg'or bo'lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi. Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7% i sanoatga, 24,7% i qishloq xo`jaligiga va 34,6% i xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Chetdan keltiriladigan metal asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan. 
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan agrosanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlami ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o'sib borayotgan millionlab ahohni zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug`ullaniladi. 
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko'plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O'simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi. 
Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o`ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo`l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko`proq xalqaro aloqalarda muhim o`rin tutadi. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo`lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda. Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo`yicha Singapur (45,0 %), Malayziya (17,3 %), Tailand (14,7 %) va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chiqarildi. 
Mintaqa mamlakatlari bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo `lish mumkin.

Download 430.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling