Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi
Download 53.66 Kb.
|
1Oripov Karimjonning TÒM KURS ISHI (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. TARIX DARSLARIDA TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH. TA’LIM VOSITALARI HAQIDA TUSHUNCHA
- 1.2 Eng qadimgi yozma manbalarda ajdodlarimiz haqidagi ilk ma’lumotlar
- BOB. ILK DAVLATLARDA YOZMA MANBALAR. QADIMGI AHOLI.
- 2.2 Zardushdiylikning vujudga kelishi. " Avesto" - Vatanimiz tarixini oʻrganishda muhim manba.
- XULOSA
Kurs ishining vazifalari:
-Xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish; - O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish; - O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga olish; - “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish; - “O’zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash: - O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish; - tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash; - yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eʼtiborga olish. Kurs ishining tuzilishining tartibi: Mazkur kurs ishi tartibi kirish, reja, xulosa va foydalangan adabiyotlardan iborat. BOB. TARIX DARSLARIDA TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH. TA’LIM VOSITALARI HAQIDA TUSHUNCHA1.1 Oʻzbekiston tarixi moddiy va yozma manbalarning oʻrni.O`zbekiston milliy taraqqiyotining eng mas’uliyatli bosqichi-ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotining keskin burilishi davrini boshidan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asr ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotining turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan birga, ularning poydevori hisoblanuvchi ta’lim-tarbiya sohasiga ham to`laligicha tegishlidir. Ta’lim vositalari:Ta’lim berishning texnik vositalari Yordamchi texnik vositalariO`quv – uslubiy materiallar Ta’limning texnik vositalari – o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (Diaproyektor, Grafoproyektor, Doska-bloknot, Doska-stend, Flipchart, Vidiofilmlar)Yordamchi ta’lim vositalari – grafiklar, chizmalar, na’munalar va boshqalar (Model-mulyajlar, diagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).O`quv – uslubiy materiallar – o`quv materiallar, o`zlashtirilgan o`quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).Ta’lim vositalari o`qituvchi va o`quvchi uchun, hamda dars o`tkazish uchun alohida variantlarini to`g`ri tanlash muhim ahamiyatga ega.5 O`qituvchi uchun vositalar: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo`yicha metodik tavsiyalar, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura. O`quvchi uchun vosita darslik, o`quv qo`llanma yoki o`qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, turli-xil xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar. Dars o`tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o`tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to`ldirishi ya’ni uyg`unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o`tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o`qituvchi qaysi vositani qachon qo`llashini mashg`ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.Grafoproyektor – shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proyeksiyalash uchun qo`llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo`lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko`p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo`lmagan hollarda asosiy tushuncha g`oyalar va natijalarni o`qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to`g`ridan-to`g`ri yozib ko`rsatish ham mumkin. Sinf doskasi – o`quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o`quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo`lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o`quv xonasida mavjuddir. Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o`chirishga to`g`ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko`rsatish imkoni bo`lmaydi. Bundan tashqari o`qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo`ladi va uni eshitish qiyin bo`ladi. Doska - stend – mashg`ulotlarda o`quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o`qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o`sha kattalikdagi qog`oz qo`yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg`ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Doska – stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o`zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr – mulohazalari va g`oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo`linadi.2. O‘rta maxsus, kasb hunar tizimida tarix fanidan o‘quv metodik majmualarUmumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan 1. Mazkur Umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 31 maydagi 362-son, Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son hamda “2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorlariga muvofiq, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: O‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita. O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri. Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi. 4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari 5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat. 6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish; o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari7. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosi prinsiplari asosida yaratilganligi;o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. 4-bob. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar8. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi: Didaktik talablar: o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;rasmlar ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi.yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, ta’riflar va shu kabilar lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.Ilmiy-metodik talablar:fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi; Mustaqil ishlarni tashkil etishda texnologik yondashuv talaba va o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni barqaror ravishda rivojlantirishga imkon beradi, ularda fikrlash jarayonlarini tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarishning yaxlitligini ta’minlaydi. Mustaqil ish talaba va o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish vositasi, ularda shaxs hususiyatlari sifatida faollik va mustaqillikni shakllantirish, aqliy qobilyatlarini rivojlantirish imkoniyatidir. Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchi hali o‘z faoliyati maqsadini mustaqil qo‘ya olmaydi, o‘z harakatlarini rejalashtirish, ularning amalga oshirilishiga tuzatishlar kiritish, natijalarni qo‘yilgai maqsad bilan solishtirib ko‘rishga kuchi yetmaydi. Tarix ta’lim jarayonida u turli bilimlarni olish, o‘quv topshiriqlarini bajarishga imkon beradigan mustaqillikning yetarlicha yuqori darajasiga erishishi kerak. Tarix darslari jarayonida talaba va o‘quvchilar yangi bilimlar bilan tanishib, taqdim etilgan bilimlarni qabul qiladilar. Mustaqil qayta ishlashlari, anglashlari, shu asosda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qiladi. Mustaqil ishning asosiy vazifasi yuqori bilimli shaxsni shakllantirishdir, chunki faqatgina mustaqil intellektual va ma’naviy faoliyat jarayonidagina inson rivojlanadi. Tarix ta’limida talaba va o‘quvchilarning mustaqil faoliyati: turli yondashuvlar tahlili mustaqil faoliyat tuzilishi “Mustaqillik” tushunchasi va uning vazifalari tarix fanidagi hodisalar ularni nafaqat ta’riflash va tushuntirishni, balki inson manfaatlarida bu hodisalarni, ularni o‘zlashtirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Shunday qilib, tarix fani yoki tarixiy hodisani o‘rganishda biz, eng avvalo, u bilan tanishishimiz, uni yaxlit ko‘rib chiqishimiz kerak. Uning har bir qismlari vazifasiga ko‘ra o‘zaro aloqadorligini aniqlash, keyin esa ta’rif berish kerak.Xulosa qilib aytganda, auditoriyada bajarilmaydigan mustaqil ishni kutubxonada, axborot resurs markazida bajarish mumkin. Mustaqil ishlar arxeologik qidiruvlar, arxiv hujjatlarini o‘rganish, badiiy siyosiy adabiyotlarni tahlitl qilishdan iborat ham bo‘lish mumkin. Shu bilan birga, konspekt tayyorlash, referat ustida ishlash ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bu faoliyatlarning barchasi mustaqillikni talab qiladi. Shuning uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida bu jarayonlarni olib borish maqsadga muvofiq emas. Mustaqil ishlash va mustaqil ta’lim talaba tomonidan doimiy aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantiradi, talabalarni vaqtni tejab ishlatishga o‘rgatadi. Moddiy manbalar ♦ Mehnat qurollari ♦ Harbiy qurol-yaroqlar ♦ Tanga pullar ♦ Uy-joylar, qabrlar ♦ Idish-tovoqlar, devoriy tasvirlar ♦ Qal’alar, shaharlar va boshqalar Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII–VII asrlardagi hayoti-ni o‘r ga nishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba hisoblana-di. Maz kur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki dav lat tuzilmalarining sha kllanish jarayonlari o‘z ifodasini topgan. Yozmamanbalar ♦ Yozuv belgilari. ♦ Toshga, daraxt po‘stlog‘iga, teriga, qog‘oz ga yo zil gan ma’lumotlar. ♦ Xalqlar hayoti, yuz bergan voqea va hodisa lar haqida yozilgan kitoblar. ♦ Davlat boshliqlarining yozma shakldagi far monlar ♦Yer, qimmatbaho narsalarni in’om qilish, me ros qoldirish,sotib olish bo‘yicha rasmiy lash tirilgan hujjatlar. Xitoy yozma manbalaridan «Tarixiy guvohliklar» (mil.avv. I asr), «Ulug‘ xon xonadoni tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xon xonado-ni tari xi» (milodiy V asr), «Vey xonadoni tarixi» (milodiy VI asr), «Shimo liy podshohliklar (Beyshi) tarixi» (milodiy VII asr) va bosh qa-lar da Turkiston tarixi haqida ma’ lumotlar bor. Shuningdek, arman, vizantiyalik mualliflarning asarlarida ham vatanimiz tarixi haqida ma’lumotlar uchraydi.Vatanimiz tarixini o‘rganishda turkiy, fors, arab manbalarining aha mi yati katta. Qadimgi turk yozuvi to‘g‘risida S.E. Malov-ning «Пaмятники древнетюркскoй письменнoсти» (M.: 1951) va «Ени сейскaя письменнoсть тюркoв. Текст и перевoды» (M-L.: 1951), A. Sag dul layevning «Qadimgi O‘z be kiston ilk yozma man larda» (T.: 1996) asarlarida qimmatli ma’lumot lar bor. Turkiy xalqlar, jum la dan o‘zbek xalqining etnik tarixini o‘rganish da Abulg‘oziyning «Sha ja rayi turk» (T.: 1992), L.N. Gumilevning «Древние тюрки» (M. 1960), A.Yu. Yakubovskiyning «К вoпрoсу oбэтнo генезе уз бек с кoгo нaрoдa» (T.: 1941) asarlaridan foydalanish mumkin. O‘zbek xalqining O‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtiso-diy, ma’naviy-madaniy hayotini o‘rganishda Abu Nasr Forobiy-ning «Fo zil odam lar shahri» (T.: 1993), Abu Rayhon Beruniyning «Qadim gi xalqlar dan qolgan yod gorliklar» (T.: 1968), Yusuf Xos Hojibning «Qutad g‘u bilik» (T.: 1960), M. Qoshg‘ariyning «Devo-nu lug‘otit-turk». Uch jildlik (T.: 1960–1963), Abu Tohirxojaning «Samariya» (T.: 1991), Narshaxiyning «Buxoro tarixi» (T.: 1991), Nizomul mulk ning «Siyosat noma yoki siyar ul-muluk» (T.: 1997), Amir Temurning «Temur tuzuklari» (T.: 1991), Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» (T.: 1994) va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba bo‘lib xiz mat qiladi.Vatanimiz tarixini o‘rganishda o‘z davrida hokimiyat tepasida tur gan sulolalar tarixini yoritishga bag‘ishlangan bir qator kitob-lar – Shahobiddin an-Nasaviyning «Sulton Jaloliddin Manguberdi ha yo ti tafsiloti» (T.: «O‘zbekiston». 1999), Nizomi ddin Shomiyning «Zafar noma» (T.: «O‘zbekiston». 1996), Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafar noma» (T.: «Sharq». 1997), Ibn Arabshohning «Amir Temur tari xi. Ikki jildlik» (T.: «Mehnat», 1992), Hofiz Tanish al-Buxoriy-ning «Ab dul lanoma» (T.: 1999), Mulla Muhammad Solihning «Shay bo niy no ma» (T.: 1989), Bayoniyning «Shajarayi Xorazm-shohiy» (T.: 1991) va boshqalar qimmatli manba sifatida diq qatgasazovordir.Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O‘zbe -kiston tari xini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston fan-lar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qo‘lyoz ma larfondi dunyodagi eng yirik qo‘lyozmalar xazinalaridan hisob lanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq tosh bosma kitoblar va 10 ming dan ortiq Sharq tillarida yozilgan huj-jat lar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muhim qo‘lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar xori jiy mam lakat-lar dagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlan moqda. Ana shu qo‘l-yozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi o‘zbek tiliga tarjima qilini shi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to‘laroq, xo li sona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qo ra» dog‘larning bar ham topishiga ko‘maklashadi. Tariximiz to‘g‘risida to‘la tasavvur hosil qilish uchun O‘zbe kiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, o‘lkani o‘r-ga nish va bosh qa muzeylar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahri sabz, Qarshi, Urganch, Toshkent va boshqa shaharlar, ulardagi tarixiy yod gorliklarni borib ko‘ rmoq zarur.Ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar bilan ta nishar ekanmiz, ularda xalqning mehnati, fikr-o‘ylari, orzu-umid-lari, his-tuyg‘ulari mujassamlashganini qalban his etamiz, anglab yetamiz. Ana shunda bu tarix iy yodgorliklarning chiroyli ko‘ri nishi- dan huzurlanibgina qolmasdan, ajdodlarimizga, xalqimizga, millati-mizga nisbatan mehr-muhabbatimiz o‘rtadi, qalbimizda iftixor tuy-g‘u lari kuchayadi.3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bi lim ber ish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’ na viy jihatdan komil inson etib shakllantirishga xizmat qiladi. Vatani miz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy ma da niy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylabasrash ga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ib rat olishga imkon bera-di. Odam lar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bug ungi avlod kim larning avlodi, Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish palla ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuzumdan erkin, de mokratik tuzumga o‘tish davri boshlandi. O‘tish davrida eski ideal lar, g‘oya lar, odatdagi tafakkur va axloq me’yorlari o‘zgaradi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar paydo bo‘ ladi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg‘o nadi, ziddiyatlar keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarix-ning borishini bilish mumkin emas», – deb talvasaga tushsa, boshqalar eskirgan, rad etilgan «haqiqat»ga yopishib olib, tarix g‘il diragini orqa ga qaytarishni orzu qiladi, urinadi. Tarixiy tajriba va sa boq lar esa dunyoda nimalar o‘zgardi, nima uchun o‘zgardi, qanday qarash lar -dan tezroq xalos bo‘lish kerak, degan savollarga javob topish ga, yangi jamiyat qurishning muqobil yo‘llarini mushohada qi lib, eng to‘g‘ri-sini topishga, xatoga yo‘l qo‘ymaslikka undaydi. Bun da tarix to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi kompas bo‘lib xizmat qiladi.Davlat mustaqilligini o‘z qo‘liga olgan ozod, hur O‘zbekistonda Va tan, istiq lol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo‘lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yana da qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan hol-da yetka zish zamonamizning dol zarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli, ayni paytda, sharafli vazi faning qay darajada ado eti-lishi bugun gi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma’naviy bar-kamol ligiga bog‘liq. «Biron bir jamiyat, – deb ta’ kidlaydi Prezident Islom Karimov, – ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongi da ma’na-viy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mus tahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma’naviyat va ma’ rifatdir. Ma’naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi mu him omil hisoblanadi. «Ma’naviyat, – deb yozadi Islom Karimov, – o‘z xalqi ning tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tu shu nib yetishga suyan gandagina qudratli kuchga aylanadi» , «...tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini ba - land ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... r.Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, ajdodla-ri tari xini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o‘tmishda mustamla-kachilar, totalitar tuzum muta saddilari ko‘pgina xalqlarni, jumla-dan, o‘zbek xalqini o‘z ta rixi dan judo qilish, ularni o‘z o‘tmishiga loqaydlik bilan qa ray di gan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurt-larga aylantirish siyo satini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘ yil di, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o‘qitish va o‘rgatishga izn ber-ilmadi.Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o‘z o‘rnini topdi,bar cha o‘q uv maskanlarida talaba-o‘quvchilarga Vatan tarixini o‘qi-tish dav lat siyosati darajasiga ko‘tarildi, Vatan tarixini o‘qitish yo‘l-ga qo‘yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisi-ga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning «o‘zlik-ni ang lash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir!» degan hikmatli so‘zlari va ko‘r sat ma lari dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.Tarix fani olam yagona va yaxlit, O‘zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bo‘ladigan voqea, hodisalar umumiy va o‘zaro bog‘ la nishda, uzluksiz harakatda ekanligi xususida to‘g‘ri tasavvur, tushun cha larni shakl lantiradi.O‘z o‘tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning iro da-si kuch li bo‘ ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlay-di. O‘t mishni bil gan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi za mon ni yaxshi tush unadi, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etadi. Muxtasar qilib aytganda, Vatan tarixi talabalarda xalqning o‘t-mishi, ho zirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tu -shun chani shakllantiradi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarni tarixiy jara-yon larning oddiy kuzatuvchisi bo‘lib qolishdan saqlaydi, ularni olg‘a intilishga, taraqqiyotga ko‘maklashishga undaydi.O‘zbekiston tarixi talabalarga bugungi kunda mamla kati mizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohi yati va nati-jalarini milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, de mo k ratik-fuqa-rolik jamiyatini qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqti so diyoti ni shakllantirish jarayonlarini o‘rgatadi. Bu, o‘z navbatida, yosh larda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, ja mi yatda o‘z o‘r nini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashadi. Xalqimiz ning buyukligi, kuchi uning boy ma’naviy meros-ga ega ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimizning ma’naviy poydevori juda qadi miy va mustahkam. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan yuz-lab jahonga mashhur olim-u ulamolar, me’mor-u binokorlar, naq-qosh lar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramon-lari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim mas kanlari faoliyati talaba-o‘quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog‘idir. Kelajak sari intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’-na viy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va ma shaq qatli mehnat, har qanday to‘siqlarni yengish, ilmga va ziyo ga in ti lish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o‘qitish or qali yoshlarga singdiriladi.Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko‘pgina xalq, elatlar bi lan ahil, hamjihat bo‘lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e’ti-qodlar erkinligi va inoqligi bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bu mus-taqil O‘zbekistonda yashovchi turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatlar o‘rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodar likni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir.Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o‘z bek xalq davlat chiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kel gan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-qoidalar tajribasi O‘zbe kiston mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demok ratik jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir. Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egal lash talabalarda halollik, odillik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat, meh-nat sevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakl lan tirish ga ko‘ma klashadi.Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuri-tish, o‘z qo biliya tini to‘laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatla-rini shakl lan tiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zim-masiga olish kabi yuksak ma’ naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g‘oya bilan qurollantiradi. Shu bois, Vatan tarixini har tomonlama, chu-qur o‘rga nish muhim aha miyatga molik vazifadir. Mamlakati miz da mus taqillik sharofati tufay li bog‘ chalardan tortib oliy o‘quv yurtlariga cha bo‘lgan ta’lim-tar biya tizimlarida O‘zbe kiston tarixi fanini o‘qitishga davlat siyosati daraja siga ko‘tarilgan vazi fa sifatida katta e’tibor berilmoqda, g‘amxo‘rlik qilinmoqda. «Tarix mil latning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk aj dodlarimizning ishlari va jasoratlari tarix iy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqa rolik ongini shakllan tirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda». 1.2 Eng qadimgi yozma manbalarda ajdodlarimiz haqidagi ilk ma’lumotlarMa’lumki, tarix xalqimizning shajarasi, naslu nasabimizning muqaddas ildizidir. Bu buyuk shajarani haqqoniy va xolisona o’rganmay turib, milliy o’zlikni anglab bo’lmaydi. Milliy taraqqiyot haqida so’z borar ekan, o’zbek davlatchiligi tarixini eng qadimgi (antik) davrlardan boshlab o’rganish, o’zbek xalqining etnik tarkibi va shakllanishi hamda nomlanishi jarayonini mukammal tarixiy jihatdan yoritish olimlarimiz oldidagi hozirgi asosiy vazifalardan biri sanaladi1.Ushbu muhim masalani yoritishda, aniqrog’i, o’zbeklar tarixini belgilashda unga dunyoviy jarayonlar bilan bir butunlikda qarash lozim bo’ladi, boshqacha qilib aytganda, ham mahalliy, ham xorijiy yozma manbalar ma’lumotlariga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, xususan, qadimgi grek-yunon, hind, xitoy, arab, fors, umumturkiy va boshqa xalqlarning tarixiy yozma manbalari alohida o’rin egallaydi. Zero, jamiyatning qadimiy tarixi umumiylik xarakterga ega, shu bois ularda ajdodlarimiz ildizlari haqida ham muhim ma’lumotlar uchraydi. Tarixiy manbalar guvoh berishicha, Markaziy Osiyo xalqlari avlodlarining o’tmishi, dastlabki ildizi miloddan avvalgi urug’ va qabilalarga borib bog’lanadi. Bu davrda urug’ va qabilalar etnik jihatdan har xil bo’lsa-da, ular aralash holda, bir birlashmada yashashgan. Shu bois eng qadimgi (mil. avvalgi) davrlardagi urug’ va qabilalar faqat turkiy yoki eronzabon xalqlarning avlodlarigagina xos bo’lmay, balki ular o’tmish davrlarda Markaziy Osiyoda yashagan ba’zi bir yevropa xalqlarining ham ajdodlari hisoblanadilar. Xuddi ana shu xususda ba’zi olimlar noto’g’ri qarashlari bilan bu masalani o’rganishda ziddiyatlar keltirib chiqarishmoqda. Olimlarning asosiy guruhi qadimgi Turkiston o’lkasida (hozirgi O’zbekiston hududida ham) turkiy elatlar, jumladan, o’zbek xalqi azal-azaldan tub aholi sifatida yashab kelganini ta’kidlashsa-da, ba’zan bu fikrga qarshi chiqib, mazkur hududda yashagan qadimgi elatlar eroniy qabilalar bo’lgan, boshqa xalqlar, xususan, turkiylar “kelgindi xalq”, ular milodiy davrning boshlarida, aniqrog’i, VI asrda O’rta Osiyoga kirib kelganlar”, degan fikrni isbotlashga urinadiganlar ham uchraydi.Jumladan, tarixnavis Bobojon G’afurovning tojik xalqi tarixiga doir qator ishlarida shu kabi fikrlar aytilgan edi. Ularda qadimgi Turkiston o’lkasining tarixi boshdan-oyoq faqat bitta xalqning mulki tarzida talqin qilingan, ya’ni hamma masalalar bir millatning taraqqiyot bosqichlari nuqtai-nazaridan yoritilgan. Oqibatda Turkiston o’lkasida, jumladan, hozirgi O’zbekiston hududida ro’y bergan tarixiy jarayonlarda boshqa xalqlar, xususan, o’zbek xalqi ham ishtirok etmagandek, ularga dahli yo’qdek taassurot yuzaga kelgan. Olimning barcha izlanishlarda yuqorida qayd etilgan fikrlar, hukm va xulosalar yetakchilik qilgan1.Bu kabi dalil va isbotsiz aytilgan fikrlar X.G. Ko’ro’g’lining “O’rta Osiyo, Eron va Ozarboyjon xalqlari eposining o’zaro aloqalari” nomli tadqiqotida ham keng o’rin olgan (Moskva, 1983 yil). Unda O’rta Osiyo va Kavkazdagi turkiy elatlar “kelgindilar” sifatida faqat milodiy IV asrdagina paydo bo’lgan, degan fikr o’rin olgan.Qayd etilgan asossiz fikrlarga ba’zi olimlarimiz o’z ishlarida e’tiroz bildirishgan edi. Ayniqsa, Ortiqboy Abdullayev, Shukur Xolmirzayevlar (Turkiston hududida har doim asosiy o’rin egallab kelgan yetakchi xalqlarning tarixini soxtalashtirib yoki kamsitib, inkor qilingan yuqoridagidek qarashlarga o’zbek olimlarining o’z vaqtida jiddiy e’tibor berishmaganligi va tanqidiy yondashib, o’z fikr - mulohazalarini bildirishmaganligidan afsuslanib) respublikamiz jurnallarida chop ettirgan maqolalarida ishonchli dalillar orqali B.G’afurov va X.G.Ko’ro’g’lining “mohiyat-e’tibori bilan xato bo’lgan fikrlar” ini haqli ravishda tanqid qilgan edilar....2. XX asrning 80 yillaridan boshlab O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezi va etnik tarixini o’rganish sohasida ijtimoiy-gumanitar fanlarda g’arazli siyosiy o’yin boshlandi. Bunda keyingi yillarda“paneronizm” g’oyasi tarafdorlari milliy avtoxtonizm masalasini g’ayri ilmiy nuqtai nazarda talqin etib, mintaqada milliy adovat keltirib chiqaruvchi qator asarlar chop ettirdilar va anjumanlarda chiqishlar qildilar. Masalan, AQSh Indiana universitetining professori Yu.Bregel, Tojikiston FAsi akademiklari, tarixnavis olimlardan R. Masov, A.Ya. Vishnevskiy, N.Ne’matov, Yu.Yakubov, S.Polyakov, B.A.Litvinskiy, S.N. Petrovalarning ishlarida paneronizm nazariyasi keng o’rin oldi.3 So’nggi davrlarda bularning tadqiqotlari va anjumanlardagi chiqishlarida aytilgan g’ayri ilmiy fikrlar akademik A. Asqarov, K.Shoniyozovlarning asarlarida o’rinli fosh etildi va hozirgi dunyo ilm-fanida mavjud ilmiy-nazariy qarashlar asosida milliy avtoxtonizm masalasini tarix fanida xolisona yoritish masalasi bo’yicha to’g’ri yo’nalish belgilandi. Chunonchi, ularning asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining hayot yo’li, yashash tarzi va o’rni bir xilda kechganligi, ibtidoiy davrdan hozirgacha o’tmish tarixi bir, umumiy xarakterga egaligi, ularning etnogenezi, etnik taraqqiyotini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo’lmasligini ilmiy jihatdan, ishonarli dalillar asosida yoritib berildi. Bu masala ko’pgina xorijiy olimlar asarlarida ham xolisona yoritilgan.A.Yakubovskiy o’zining “O’zbek xalqining etnogenezi masalasiga doir” nomli risolasida yozishicha, turkiy xalqlarning bir qismi qadim davrlardan O’rta Osiyoning markaziy qismlarida miloddan avvalgi III-II asrlarda sug’dlar bilan aralash yashab kelganlar, ular bir-birlari bilan qiz berib, qiz olib qarindoshlashib ketishgan, muomalada bir-birlarini tushunishgan, tashqi va ichki nizolarni hamjihatlikda hal etganlar. Hatto, sug’dlar o’zlari yashagan hududlarida zulmkor, adolatsiz bo’lgan hukmdorlarga qarshi turklar bilan birgalashib kurashganlar. Olim bu haqda kuyidagicha yozgan: “agar VI asrdan ilgari Buxoro va Samarqand hududlarida sug’dlar qatorida o’troq turkiy xalqlar yashamaganda edi, avvalo, ular (sug’dlar) turkiy tilni tushunmaganlarida, turk shahzodasi Aboni hududlariga kirishga qo’ymagan va unga ergashib, o’z mahalliy hokimlarini haydab chiqarmagan bo’lar edilar”1.Demak, o’tmish ajdodlarimiz sug’dlar, tojiklar bilan ancha qadimdan bir-birlarining tillarini bilishgan va inoq yashashgan, ularning ilk tarixlari ham birga kechishgan. Antik davrdagi ajdodlarimiz haqida fikr yuritganimizda ham xuddi shunday xulosaga kelish lozimdir. Aks holda qo’pol xatolikka yo’l qo’yishimiz mumkin. Zero, masalaga bunday yondashuv, boshqa xalqlarni kamsitishga yo’l qo’ymaydi.Xolisona fikr bildirilganda, Markaziy Osiyoda yashagan o’tmish qabila-elatlar yuqorida qayd etganimizdek, faqat birgina xalqqa tegishli bo’lmay, balki hozirgi afg’on, turkman, o’zbek, tojik, qozoq, qirg’iz, uyg’ur va boshqa xalqlarga ham tegishlidir. Bu xalqlar miloddan avval ham, hozir ham aralash yashab kelganlar va ularning antropologik tuzilishi ham, urf-odati ham, an’anaviy marosimlari ham, umuman, yashash tarzi bir xil, hatto, bir-birlarining tillarini tushunadilar, qardoshlashib (qiz berib qiz olib chatishib) ketganlar. Shuning uchun ularning kadimgi tarixi ham umumiy xarakterga ega. Uni (xususan, tojik va o’zbek tarixini va o’tmish avlodlarini) ajratib qarash juda katta xatolikka olib keladi. To’g’ri, bu tarixda har bir xalq o’zining qadimiy o’tmishi aks etishini etiborga olishi va uni o’rganishi mumkin. Lekin bu qadimiy tarix ildizlarini tamoman bir xalqqa qarashli deb bo’lib o’rganish va xulosalash noto’g’ridir. “Tarix-era, bir millat yoki bir qancha millat orasidagi mashhur vaqtdir”deb tarixga baho bergan ekan Aburayhon Beruniy o’zining “Qonuni Ma’sudiy” asarida. Bu“mashhur vaqt”uzluksiz davom etganidek, o’tmish tariximizni ham davomiy va yaxlit holda (parchalamasdan) o’rganishimiz lozim1.... Shuning uchun xalqimizning ilk tarixini o’rganish uchun o’tmishdagi tarixni umumiylik xususiyatga egaligini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz shart. Aytilganlardan ma’lum bo’ladiki, har bir etnosning yoki xalqning shakllanish jarayonini o’rganishga kirishar ekanmiz, avval o’sha etnos (xalq)ning etnogenez va etnik tarixlari qachondan boshlanganligini aniqlash lozim bo’ladi. Shuning uchun ham akademik A.Asqarov biror bir xalqning tarixini o’rganishda uning etnogenetik va etnik taraqqiyoti davrlarini ilmiy asosda tadqiq etish lozim deb biladi. Ta’kidlanganidek, etnogenez bu elat, xalqning shakllanguniga qadar bo’lgan tarixiy jarayondir. Bu jarayon davomida etnosga (xalqqa) xos belgilar birin-ketin shakllana boradi. Shundan so’ng ikkinchi bosqich, etnik (etnosga xos) tarix, ya’ni ma’lum bir xalq tarixi boshlanadi. BOB. ILK DAVLATLARDA YOZMA MANBALAR. QADIMGI AHOLI.2.1 Oʻzbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlariOʻzbekistonda Tarix fani. Tarix fani asrlar davomida qoʻlyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yoʻlining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yoʻlni bosib oʻtdi. Oʻzbekistonning eng qadimgi Tarixi haqida moddiy madaniyat yodgorliyutri va arxeologik topilmalar maʼlumot beradi. Mil. av. 1mingyillikkaoidyozma manbalar, zardushtiylarning muqadsas Avesto kitobida, axomaniylar davri kitobalarida (Bihistun, Naqshi Rustam va b.) Turon va Movarounnahrning tabiati, xalklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekistonning qadimgi Tarixi haqida Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda maʼlumotlarni uchratish mumkin. Asrlar davomida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy xayoti Tarixi haqidagi maʼlumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan yozilgan qoʻlyozma manbalar shaklida jamlana bordi. Oʻrta asrlar tarixnavisligida sulolaviy Tarixga bagʻishlangan Bayhaqiyning «Tarixi Bayhaqiy», Nasaviynnng «Siyrat asSulton Jalol adDin Mankburni», Nizomiddinning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Fazlulloh ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Hofiz Tanish alBuxoriyning «Abdullanoma», Muhammad Yusuf munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad Amin Buxoriynmng «Ubaydullanoma» kabi asarlari yaratildi.Yaʼkubiyning K«itob albuldon» («Mamlakatlar xaqida kitob»), Tabariyning «Tarixi Tabariy», Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»; maʼlum bir xudud tarixiga oid — mintaqaviy uslubdagi Narshaxiynpng «Tarixi Buxoro», Nasafiynshsh «Kitob alqand fi tarixi Samarqand» («Samarkand tarixi haqida qanddek kitob») kabi nodir qoʻlyozma manbalarda Oʻrta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashgʻulotlari, karvon yoʻllari, urushlar, gʻalayonlar, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy hayotiga doyr turli maʼlumotlar bayon etilgan.Oʻrta asrlar tarixshunosligida Amir Temur va temuriylar davri Tarixi, ayniqsa, mufassal yoritilgan.6 Usha davrda yaratilgan «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»; Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlaʼ us saʼdayn va majmaʼ ulbahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish oʻrni»); Mirxondnnng «Ravzat ussafo» asarlarida Amir Temur va temuriylar saltanatining tashkil topishi, ichki va tashki siyosati, mamlakatning ijtimoiyiktisodiy va madaniy hayotiga oid muhim maʼlumotlar keltirilgan.Oʻrta asrlarda davlat ishlari, boshqaruv tizimi haqida maʼlumot beruvchi Forobiynmng «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig», Nizomulmulkniit «Siyosatnoma», Xondamiriing «Dastur alvuzaro», Muhammad Boqirxonning «Muvazayi Jahongiriy» asarlari yaratildi.Oʻrta Osiyoda 3 ta mustaqil — Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelishi bilan, 17—19-a. larda ularning Tarix iga bagʻishlab alohidaalohida asarlar yaratildi. Uziga xos uslub va anʼanalarga ega boʻlgan tarixnavislik maktablari shakllandi. Buxoro va Xiva xonliklari Tarixi Abulgʻozsh Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima», Muhammad Amin Buxoriy, Muxammad Sharif, Mirzo Shams Buxoriy, Munis, Ogaxiy, Bayoniy asarlarida keng yoritilgan. Muhammad Solih Toshkandiy, Muxammad Hakim, Avaz Muhammad, Niyoz Muhammad, Mulla Olim Maxdumhoji asarlarida Koʻqon xonligi Tarixi bayon etildi. Rossiya tomonidan Oʻrta Osiyo yerlarining bosib olinishi arafasidagi voqealar, janglar tafsilotlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosati, 19-a. ning 2yarmi — 20-a. boshlarida Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy, Mirzo Salimbeklarning Buxoro Tarix iga oid asarlarida keltiriladi. Ushbu asarlarda oʻrta asr tarixnavisligi anʼanalariga koʻra, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy hayot, tashqi aloqalarga oid maʼlumotlar garchi muayyan bir tartibda berilmagan boʻlsada, jamiyat hayotining turli yoʻnalishlari boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni koʻramiz. Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi. 19-a. ning 2yarmidan boshlab Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirigʻini bajarish uchun oʻlkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari oʻz memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalkdari Tarixi, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid maʼlumotlarni toʻplab, yozib qoldirdilar (mas., N. Muravyevning «Puteshestviye v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 gg.», 1822; G. Meyendorfning «Puteshestviye iz Orenburga v Buxaru v 1820 godu», 1826; N. Xanikovning «Opisaniye Buxarskogo xanstva», 1843; N. I. Veselovskiyning «Ocherki istorikogeograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve s drevneyshix vremyon do nastoyahego», 1877; M. Terentyevning 3 jildli «Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii», 1906; D. Logofetning «Buxarskoye xanstvo pod russkim protektoratom», 1911; va b.).Oʻrta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari Tarix sohasidagi i. t. lar koʻlami va mavzusiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati oʻzining bir yoqlamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi. Chor maʼmuriyati i. t. ishlari uning manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutib, maʼlum miqdorda mablagʻ ajratdi. Ayni paytda ilgʻor rus olimlari, sharqshunostarixchilarning fan manfaatlari uchun Oʻrta Osiyo tarixi tadqiqotlarini amalga oshirish tendensiyasini ham kuzatish mumkin. 1895-y. da Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil etildi, u Oktyabr toʻntarishigacha faoliyat koʻrsatdi, tarix, arxeologiya, numizmatika, etn. masalalarini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshdi. Mahalliy millat vakillaridan sharqshunos havaskorlar, sharq qoʻlyozmalarini toʻplovchilar, qad. yodgorliklarni oʻrganuvchilar yetishib chikdi: Abu Said Mahzum, Mirzo Abdurahmon, Akrom polvon Asqarov va b. Toshkent davlat kutubxonasining tashkil etilishi (1870), oʻlkashunoslar va olimlar faoliyatida muhim turtki boʻldi. Ushbu kutubxona fondidan bibliograf V. I. Mejov tomonidan tuzilgan Oʻrta Osiyo va Turkiston T. iga oid maqolalar, asarlar, gaz. va jurnali materiallari toʻplangan «Turkiston toʻplami» (594 jilddan iborat) muhim joy oldi. Oʻzbekistonni tarixiymadaniy jihatdan oʻrganishga Peterburg untining sharq fakulteti maʼlum hissa qoʻshdi. Bu davrga kelib mahalliy tadqiqotchilar guruhi shakllandi. V. L. Vyatkin Samarqand yodgorliklarini oʻrganish jarayonida Ulugʻbek rasadxonasini ochdi. V. V. Bartold qad. qoʻlyozmalar maʼlumotlaridan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tarixi haqida asarlar yaratdi («Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya», 1898—1900; «Svedeniya ob Aralskom more i nizovyax Amudari s drevneyshix vremyon do XVII veka», 1902; «K istorii orosheniya Turkestana» va b.).20-a. ning boshida milliy davriy matbuot «Sadoi Fartna», «Sadoi Turkiston», «Oyna», «Najot», «Hurriyat» sahifalarida Oʻzbekiston Tarixi muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda Tarix fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida Tarix muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda Tarix fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U «Tarix va jugʻrofiya», «Turkiston tarixi», «Sart soʻzi majhuldir» kabi asarlarida faqatgina Vatan T. ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari Tarix ini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir», degan xitobi Tarix tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston Tarix ini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir. Barchamizga ayonki, ma’naviy barkamol odamlar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. SHuningdek, insonning insonligi uning pok va halolligi, fidoiyligi bilan o’lchanadi. SHuning uchun tariximizga nazar tashlasak, ota-bobolarimiz hamisha halol bo’lishga, fidoiylik ko’rsatishga da’vat etib kelishgan. Halol bilan haromni farqlash to’g’risida nasihat qilishgan. SHuning uchun Turkiston hududida, xususan O’zbekistonda uzoq o’tmishdan boshlab, ayniqsa ta’lim-tarbiya uchun mo’ljallangan kitoblarda ilmi odob, husni odob yo’nalishlariga alohida e’tibor qilingan. Diniy yo’nalishlarda esa bolalarni yoshligidan boshlab, barcha insoniy fazilatlarni ma’nosini o’zida mujassamlashtirgan hadislarni o’qitish, o’rgatish, yodlatishga harakat qilingan. Demak, shunday xulosa qilishimiz mumkinki, tarix - bu buyuk ustoz, tarix - bu tarbiyachi, tarix - bu hayotiy saboqlar yig’indisi. Tarixni o’rganish - bu beminnat o’qituvchiga shog’ird bo’lishdir. SHuning uchun ham yana bir bor ishonch bilan aytamizki, barkamol insonni yetishishida O’zbekiston tarixi fanining bilishni ahamiyati, o’rni ulkandir. Markaziy Osiyoning qulay geografik sharoiti ibtidoiy davrning dastlabki bosqichlaridanoq kishilar diqqat e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Hozirgi O’zbekistonning Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo bo’ylaridan, Farg’ona vodiysi va uning tog’ yon bag’irlari hududlaridan, Ohangaron va CHirchiq daryolari atrofidan shuningdek Janubiy Qozog’istonning, Qirg’iziston va Janubiy Turkmanistonning tog’ va tog’ oldi tumanlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha davrlariga oid yodgorliklari topilgan. O’rta tosh davriga mansub ibtidoiy kishilar manzilgohlari Markaziy Osiyoning ko’p joylarida uchraydi. Demak, aholi bu paytlarda yurtimizda keng tarqalgan bo’lib, kishilar turmushida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo’la boshlagan. Endi ular ibtidoiy tudadan urug’chilik jamoasiga o’ta boshlaydilar. Ana shu davrda o’lkamizda hozirgi zamon odamlariga o’xshash kromanonlar paydo bo’ldi. Ular tinimsiz mehnat natijasida aqliy va jismoniy jihatdan rivojlandilar va biologik xususiyatlari o’zgarib bordi. Mehnat qurollari takomillashadi, nutq madaniyati o’sib, fikrlash ancha oshadi. Olov sun’iy tarzda yaratiladi, ovchilik ancha rivojlanib keng hududlarga tarqaladi.7 Qadimshunos olimlar U.Islomov, A.Askarov, A.Sagdullaev o’z tadqiqotlarida mintaqamiz tarixining eng asosiy sanalari to’g’risida to’xtalib, quyidagi muhim voqealarga diqqatni tortadilar. O’zbekiston hududida odamzodning paydo bo’lganidan 1 million yilga yaqin vaqt o’tgan. Eng qadimgi ajdojlarimizning izlari Farg’ona viloyati So’x tumani Selungur g’oridan topilgan. Olimlar uni «Fergantrop» ya’ni Farg’ona odami deb atadilar. Surxandaryo viloyati Boysun tumani Teshiktosh goridan neandertal odam bolasining qabri topilgan. U bundan yuz ming yil burun yashagan deb taxmin qilinadi». Mezolit davri Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug’i (matriarxat) davri boshlandi. Ona urug’i yuqori paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlarida hukmronlik qilgan. SHu davrlarning ilk bosqichida yevropali, negrsimon va mo’g’ulsimon irqlar shakllandi. Bu jarayonda har bir urug’ va irq tarkalgan mintaqalarning tabiiy-geografik sharoitlari o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bundan 35-12 ming yil muqaddam yurtimizda tarixiy san’at vujudga kela boshladi. O’q-yoy mezolit davrining dastlabki bosqichida ixtiro etilgan. Demak bu kashfiyot 12-10 ming yil burun paydo bo’lgan va insoniyat tarixida katta o’rin tutgan. Bu davrda bir joyda yashagan bir nеcha urug’lar birlashib qabilani tashkil qilganlar. Qabiladagilar bir tilda gaplashganlar, o’z urf-odatlariga ega bo’lganlar. O’rta Osiyodagi qabilalar хo’jalikni ikki yo’nalishda rivojlantirib borganlar. Janubda yashagan qabilalar madaniy o’simliklarni o’stirishga o’ta boshlaganlar. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l hududlarida yashagan qabilalar esa ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Eramizdan avvalgi 6-4 ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti yangi tosh asriga ya’ni nеolit davriga kiradi. Bu davrda qabilalar rivojlanadi, juft oila ajralib chiqadi. Хayvonlarni o’rgatish yaхshilanadi. 1930 yilda O’zbеkiton hududidagi Urganch yaqinidagi Amudaryo sohilida nеolit davrida yashagan odamning manzilgohi topilgan. Bunday manzilgohlardan yana 18 tasi ochilib ularning hammasini (ularni kashfiyotchisi akadеmik S.P.Tolstov) Kaltaminor madaniyati dеb atalgan. Uning ma’nosi shundan iboratki, qabilalar uy-joylarini qamish va yog’ochlardan qurganlar, ovqatlanishda sopol idishdan foydalanilganlar, sopol idishlar sirtini qizil bo’yoq bilan bo’yaganlar. Katta bir uyda (17-24 mеtrli) butun bir jamoa taхminan 100-200 kishi yashaganlar. Juft oila ajralib chiqqan bo’lsada, lеkin uning alohida хo’jalik o’chog’i bo’lmagan. Kaltaminor madaniyati ovchilar va baliqchilar madaniyatidir. Mеtalldan qachon foydalanila boshlangan?. O’rta Osiyo hududida yashagan qabilalar mеtalldan birinchi marta eramizdan avvalgi 4-ming yillikda foydalanishni bilib olganlar. Avval хo’jalikda misni qo’llay boshlaganlar. Mis sof mеtall sifatida uncha qattiq va mustahkam emas. SHuning uchun ham misdan uncha mustahkam bo’lmagan qurollar va bеzaklar tayyorlash uchun foydalanganlar. SHu sababli dastlabki davrda misdan foydalanish ishlab-chiqarish kuchlari taraqqiyotining kеskin burilishiga ta’sir etolmagan. Bu davrda yashagan qabilalar tosh qurollarsiz yasholmaganlar. SHuning uchun mеtallni qo’llashning bu dastlabki davri enеolit ya’ni mis-tosh asri dеb ataladi. Bu davrda dехqonchilikda va chorvachilikda bir muncha malaka хosil qilganlar. YAshash uchun zarur bo’lgan o’simliklardan sun’iy o’stirishga o’ta boshlaganlar, ba’zi хayvonlarni qo’lda boqish odat tusiga kira borgan edi. Dехqonchilik va chorvachilik qachon kеlib chiqqan?. Ibtidoiy dехqonlar va chorvachilikning o’troq jamoalari asta sеkin mеhnat qurollarining takomillashtirib mеtallar, mis, qalay, kumush, oltin eritish, quyish ulardan foydalanish yo’llarini o’rganganlar. Ishlab-chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida eramizdan avvalgi 3-ming yillikda bronza davri boshlanadi. Bronza, mis va qalay aralashmasidan iborat. U misga qaraganda afzalliklarga ega. U ishlov bеrish uchun juda qulay va turli mеhnat qurollari tayyorlashga juda bop. Bronza qurollarining tarqalishi o’sha davr jamiyatining хo’jalik ijtimoiy va madaniy hayotining hamma sohalarida muhim siljishlarni tug’diradi. Mis, bronza ish qurollaridan foydalanish natijasida dastlabki mеhnat taqsimoti sodir bo’ladi: dехqonchilikdan chorvachilik ajrab chiqadi. Suv nisbatan sеrob bo’lgan Amudaryo quyi oqimi, Farg’ona va Zarafshon vodiylarida yashagan qabilalar dехqonchilikka, iqlimi quruq bo’lgan Qashqadaryo, Surхandaryo, Buхoro noхiyasidagilar chorvachilikka iхtisoslashdilar. Bronza davrining хo’jalik sohasida eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dеqonchilikning kеng yoyilishi va miloddan avvalgi 2-ming yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dеhqonchilikdan ajralib chiqishidir. Dеmak хo’jalikning bu ikki tarmog’i eramizgacha 3-2-ming yillikda vujudga kеladi. Yirik ijtimoiy mеhnat taqsimoti sodir bo’lishi mеhnat qilishni og’irlashtiradi. Jismoniy kuchli bo’lgan erkaklarning ijtimoiy turmushdagi roli ortib boradi. Rivojlanib borayotgan dехqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta oila jamoalarida erkaklar mavqеining oshib borishi matriarхatning еmirilishiga va ota хuquqini-patriarхatni qaror topishiga olib kеladi. SHunday qilib ona urug’i o’rniga ota urug’i vujudga kеladi. Bronza davridan boshlab urug’chilik otaga qarab olib boriladigan bo’ldi. Jamoalarning mol mulklarini qo’riqlash eхtiyojini harbiy qabila ittifoqini vujudga kеltiradi. Tеmirdan qachon foydalana boshlandi? Odamlar tеmirdan buyum yasashni o’rganganlaridan kеyin haqiqiy mеtall-asri boshlandi. O’rta Osiyoda tеmir eramizdan avval I ming yillik boshida tarqaladi. Ishlab chiqarishda tеmir qurollardan foydalanish dехqonchilik va hunarmandchilikdagi tехnika taraqqiyotida muhim rolь o’ynaydi. Tеmirning paydo bo’lishi bilan undan qilichlargina yasabgina qolmay, balki, omoch, bеlkurak va boshqa mеhnat qurollari ham yasay boshladilar. Omoch va bеlkurakning paydo bo’lishi suv taqsimlagich shaхobchalari bo’lgan uzunligi bir chaqirimdan uzoqroq sug’orish anхorlari qurish imkoniyatini tug’dirdi. Eramizgacha 1 ming yillikda O’rta Osiyoda ko’pgina mintaqalarda damba va tug’onlar paydo bo’lib,ular suvni dala va ekinzorlarga kеragicha taqsimlash imkonini bеrgan. Hunarmandlar tеmirdan pichoqlar, o’roqlar va boshqa qurollarni yasashni o’rgandilar. Qulolchilik charхi, naqsh bilan bеzatilgan ganch va suvoq paydo bo’ladi. Tеmirchilik bosqoni, qo’l tеgirmoni vujudga kеladi, mеtallga ishlov bеrish rivojlanadi. Tеmirdan qilingan ish qurollarining takomillashuvi natijasida dехqonchilikni katta ko’lamda rivojlantirish uchun chеksiz imkoniyat tug’ildi, mеhnat unumdorligi oshdi, ibtidoiy odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o’zgarishlarga olib kеldi. Bu o’zgarishlar tufayli mulkiy tеngsizlik kеlib chiqadi. 2.2 Zardushdiylikning vujudga kelishi. " Avesto" - Vatanimiz tarixini oʻrganishda muhim manba.Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Аvesto» - vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manba. Akademik YA. G’ulomovning 1959 yilda nashr etilgan «Xorazmning sug’orilish tarixi» asaridan ayonki, bu hududda qadim davrlardayok murakkab sug’orish tizimlari va shahobchalari (kanallar, to’g’onlar, chig’irlar) bo’lgan, ular aniq hisob-kitob asosida barpo etilgan. Demak sug’orma dehqonchilikning muhim asoslari o’sha paytlardayok mavjud bo’lgan. Muallif aniq dalillarga tayangan holda bu o’lka inson tsivilizatsiyasining dastlabki o’choqlaridan biridir, degan asosli xulosaga kelgan edi. Darhaqiqat vaqtlar o’tishi bilan odamlarning hayotiy kuzatuvchanlik qobiliyatlari asta-sekin yuksalib bordi. Natijada esa xayotga, mehnat jarayonlariga munosabatlar o’zgarib, ijobiy tomonga yuksalib bordi. Bu holatlar o’z natijasini bera boshladi va ular sekin-asta hunarmandchilikni, dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu, albatta xo’jalikning ilg’or unumdor shakli edi. SHu boisdan tarixchi olimlar bu jarayonni tsivilizatsiya tomon qo’yilgan muhim odim, deb hisoblaydilar. Dehqonchilik va chorvachilikning Markaziy Osiyoda bundan 7-6 ming yil avval ilk asoslari paydo bo’lgan. «Zamonbobo va Capazm» madaniyati dalolat beradiki, Zarafshon vohasi yurtimizdagi qadimiy dehqonchilik mintaqalaridan biri hisoblangan. U eneolit davriga to’g’ri keladi. Qadimgi dehqonchilik O’zbekiston janubi hamda Xorazm vohasida mavjud bo’lgan. SHu davrda odamlar o’troq yashashga o’ta boshladilar, natijada sug’orma dehqonchilik vujudga kela boshlagan. CHust madaniyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, Farg’ona vodiysida ham o’troq dehqonchilik mavjud bo’lgan va ko’plab katta kichik qishloqlar yaratilgan. Toshkent vohasida, Xususan Ohangaron atrofida ham qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelganlar. YAngi tosh davrida ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirish, ip yigirish, kanop va zig’irdan mato to’qish, yog’och va qamishdan qayiq yasashni o’rgandilar. O’lkamizda bundan 6 ming yil muqaddam kulolchilik rivojlana boshladi. Paxsa binokorligi paydo bo’lganiga 5 ming yildan oshdi. Eneolit davrida temirdan foydalanish kashf etildi, odamlar o’z mehnat qurollarini yasash uchun har xil mustahkam toshlar qidirib tabiiy misga duch keldilar va undan turli buyumlar yasadilar. Keyinchalik misni olovda eritib ishlatishni kashf qildilar. Markaziy Osiyoda ochiq ruda konlari va ular atrofidagi temir eritish ustaxonalari mavjud bo’lgan. Xususan, sof misdan qurollar yasaganlar. Ungacha ibtidoiy odamlar uzoq davrlar davomida faqat tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan qurollardan foydalanayotgan edilar. Qadimgi «temirchilar» keyinrok qalayni misga qorishtirib jez (bronza) olishni o’rganganlar. Jezdan foydalanish mehnat qurollarining turini ko’paytirish imkoniyatini yaratdi. Maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari paydo bo’ldi. O’tmishimizda yuz bergan yirik ijtimoiy o’zgarishlardan biri dehqonchilikni chorvachilikdan ajralib chiqishi bo’ldi. Bu insoniyat tarixida birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Bu o’ta muhim voqea O’zbekiston hududida bronza davrida, ya’ni bundan 4 ming yil muqaddam yuz bergan. Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi kishilik jamiyatida ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bo’ldi. Sodir bo’lgan bu jarayonlar kishilarni ijtimoiy tabaqalanishga, turli guruh va sinflarga bo’linishiga olib keldi. Bundan 3,5 ming yil burun paxtachilik va ipakchilik paydo bo’ldi. Dehqonchilikdagi bu yangi turlarni vujudga kelishi inson tsivilizatsiyasida katta ahamiyatga ega edi. U xususan hunarmandchilik yangi turlarining vujudga kelishida sezilarli turtki bo’ldi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim)dagi nutqida bunday degan edi:-«o’zingiz o’ylang, miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayok uzunligi 60-70 kilometr, eni 35-40 metr bo’lgan kanallardan iborat murakkab va ulkan sun’iy sug’orish tizimlarini yaratib, dehqonchilik qilgan ko’hna Xorazm ahli zakovati va matonatiga qoyil qolmay bo’lmaydi. Sun’iy sug’orishni paydo bo’lishi tsivilizatsiyaning muhim odimlaridandir, chunki uning vujudga kelishi aniq hisob - kitobni, tadbirning maqsadga muvofiqligini anglashni, yetarli mablag’ va mehnatni katta tashkilotchilikni, odamlarni shu ishga safarbar qilishni taqozo etadi. Bu jamoalar tomonidan tashkiliy ravishda rahnamo, ya’ni hokimiyat nazoratida ko’pchilik manfaatini ko’zlab qilingan katta tadbirdir.Qisqasi ana shunday keng ko’lamdagi ijtimoiy rivojlanish asosida Markaziy Osiyoda dastlabki tsivilizatsiya shakllandi.Ma’lumki qadim o’tmishda shaharlar, qal’alarning vujudga kelishi tsivilizatsiyaning yaqqol bir ko’rininshi bo’lgan. Qadimshunoslarni keyingi yillardagi izlanishlari natijasida mintaqamizda o’nlab noma’lum shaharlar xarobalari ochildi. Ular Turkmaniston hududidagi Elkantepa va YOrqal’a, Farg’onada Dalvarzin, Surxondaryoda, Qiziltepa, Xorazmda Ko’zaliqir, Qashqadaryoda yerqo’rg’on va boshqa manzilgohlardir. Arxeolog V.Masson o’sha davr shahar xarobalarini tahlil qilib ularda bir birlariga yaqinlik bo’lgan ilk shaharlarga xos madaniyat saviyasi yuqori darajada bo’lgan deb yozadi. Mutaxassislarning takidlashicha O’zbekiston qadimgi SHarq shahar tsivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kirgan. Unga Sopolli tepa va Jarqo’ton topilmalari ham misol bo’ladi.Mintaqamizda agrar taraqqiyot asosida shaharlarni paydo bo’lishi jamiyatni ijtimoiy tabaqalanishi va sinflarga bo’linishi dastlabki davlat uyushmalarini vujudga kelishiga olib keldi. Qadimshunos olimlar A.Sagdullaev, T.SHirinovlar fikricha yurtimizda davlatchilik miloddan avvalgi 2 ming yillikning oxirlarida paydo bo’la boshlagan. Odamlar qadimda urug’, qabila, so’ng elat bo’lib yashaganliklari ma’lum. Ularning o’z ma’murlari, yo’lboshchilari, rahbarlari bo’lgan. Bevosita davlatchilik esa uch boskichdan iborat degan taxminlar bor. Avval qal’a, yirik manzilgohlar, shaharlar birlashmasi (polislar), keyin podsholiklar–kichik davlatlar, so’ng ularning konfederatsiyasimon birlashmalari vujudga kelgan. «Avesto» kitobidagi ma’lumotlar, shuningdek yunon, hind, xitoy manbalaridagi geografik nomlar ham shundan dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda esa davlati va «Qadimgi Baqtriya» podsholigi tashkil topdi.Xullas, davlatchilik asoslarining shakllanishi ham dastlabki tsivilizatsiyaning muhim belgilaridan biridir.TSivilizatsiya xususida so’z yuritar ekanmiz, qadimgi san’at, madaniyat haqida ham to’xtalish tabiiydir. Kaltaminor, Hisor, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning nodir namunalari topilgan. O’lkamizning tog’li hududlarida esa qoyatosh rasmlarini uchratamiz. Ularning ayrimlari oxra bo’yoqlari bilan, boshqalari esa toshga urib, o’yib chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir. Faqat O’zbekiston hududida 100 dan ortiq qoyatosh rasmlar mavjud, ular mazmunan boy bo’lib, nozik did bilan chizilgan. Ularning ko’pchiligi ibtidoiy hayvonlar, ov manzaralarini aks ettiradi. Bu san’at namunalarining aksariyati ham neolit davriga to’g’ri keladi.O’tmishda yashagan ajdodlarimiz yoki qadimgi odamlar hayotida e’tikod, sig’inish, cho’qintirish holatlari ham ongning rivojlanib borish jarayoniga bog’liq bo’lgan, tabiatdagi bo’lib turadigan turli hodisalarlar, keskin iklimlarga to aqli, ongi yetib, tushungunga qadar nimadan qo’rqsa, shunga sig’inish bo’lavergan. Miloddan avvalgi 7-6 asrlarga kelib hududimizda zardushtiylik diniga payg’ambar Zardusht tomonidan asos solingan va bu dinning muqaddas «Avesto» kitobi yuzaga kelgan, bu nafaqat diniy kitob, balki beqiyos tarixiy manba hamdir.8 Hududimizda miloddan avvalgi 1 ming yillardayoq bahor-Navro’z bayrami sekin-asta nishonlanib, keng tus ola boshlagan.Miloddan avvalgi V-IV asrlarga kelib esa yozuvlarning ilk ko’rinishlari vujudga kela boshladi. yozuvlar hududimizda eng dastlabki davlat, shaharlar bo’lmish qadimgi Xorazmda, So’g’dda paydo bo’lib, Xorazm, Baqtriya, Sak, So’g’d yozuvlari deb ataladi.Xulosa qilib aytganda, yuqorida bildirilgan fikrlardan yaqqol namoyon bo’lib turibdiki, qadim Turkiston hududi insoniyat taraqqiyotining muhim o’choqlaridan biridir. XULOSAOʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, OʻzSSR (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. 1924-yildan 1936-yilgacha Oʻzbekiston Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Узбекская Советская Социалистическая Республика) deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Oʻzbekistoni deb yuritiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, demografik jarayonlar va urbanizatsiyani, bashariyat tafakkuri hamda xalqimizning oʻsayotgan siyosiy dunyoqarashi, ongi va madaniyati, umumxalq manfaati chuqur oʻylangan holda amalga oshirilmoqda. Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik sanasini nishonlaymiz. Tarix uchun oʻttiz yil arzimas, albatta, lekin bu jamiyat taraqqiyoti uchun ancha salmoqli muddat hisoblanadi. Shu yillar davomida nimalarga erishdik, qanday yutuqlarni qoʻlga kiritdik, degan savollar hammani qiziqtiradi. Jamiyat taraqqiyoti hamma vaqt ham bir tekisda rivojlanmaydi, chunki u oʻz yoʻlida qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga boy boʻladi, lekin ana shu ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni mustahkam iroda va matonat bilan yengib, oʻzining taraqqiyot yoʻlini toʻgʻri tanlab olishda mamlakat yetakchilarining roli va oʻrni katta boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga bergan javobida taʼkidlaganidek, “Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yoʻlimiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli boʻlmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qatʼiyatimiz baʼzan yetsa, baʼzida yetmagan holatlar ham boʻldi”.Agar yetakchi burilish pallasini his qila olmasa, jamiyat turgʻunlikda qolib ketadi. Shuning uchun ham tarixchilar shaxsning tarixdagi rolini alohida eʼtirof etib, uni alohida ilmiy mavzu sifatida oʻrganadi. Shu maʼnoda xalqimiz yetakchi masalasida shukrona aytib kelmoqda. Har qanday yutuqning garovi — bu tinchlikdir. Shunday ekan, jamiyatimizning barqaror rivojlanishida millat yetakchisining xizmatlari katta, buni xalqimiz qadrlaydi. Download 53.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling