Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va
Download 485.75 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yollari oquvchi-yoshlar misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA QARSHI KURASHDA
2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta’kidlab о‘tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о‘ta tor tushunish bо‘lur edi, ya’ni, bu о‘rinda sо‘z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо‘q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‘lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о‘rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir”. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо‘lgani yо‘q. Prezident I.A.Karimovning о‘zi ham eslab о‘tganidek, bizning ulug‘ ajdodlarimiz barchasi “о‘z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‘st-birodar bо‘lib yashashga” da’vat etib kelganlar. XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bо‘ldi. XX asr sо‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan о‘zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jо‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va kо‘lami jihatidan noyob о‘zgarishlar rо‘y bermoqda. Bu о‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur о‘ylab kо‘rishni, balki kо‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bо‘lgan kо‘p qoidalar, tamoyillar va g‘oyalarni tubdan qayta kо‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim bо‘lib bormoqda, unda о‘zi - о‘zidan qanoatlanishga va mahdudlikka о‘rin yо‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan о‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qо‘ymoqda» 1 .
tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bо‘lishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchiligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bо‘lib о‘tdi. Xavf- xatarlarga jiddiy razm soladigan bо‘lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yо‘qolmaganini, balki о‘zining shaklu shamoyilini о‘zgartirganini tushunib yetamiz 2 . Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni о‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan о‘z manfaati yо‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar» 1 .
Aslida, suverenitet davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi tо‘la mustaqillikni anglatadi. Aynan suverenitet muayyan davlat mustaqilligining birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa suverenitetning
1 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yо‘lida. T.: 6. - T.: «О‘zbekiston», 1998, 240- 241 - betlar. 2 AbbosxO‘jayev, Umarova N., QO‘chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. – Toshkent, «Akademiya», 2007. 14-15-betlar. 1 Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent, «O‘zbekiston», 2000, 3-bet. qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bо‘la olmasligini anglatadi. Chunki suverenitet davlatning boshqa davlatlarga tobe bо‘lmay, qaram bо‘lmay yashashini, о‘zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bо‘ysunmay, mustaqil hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat suverenitetining о‘rnatilishi mamlakatlar о‘rtasida tenglik qaror topishini shartlab qо‘yadi hamda mutelik, о‘zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta’zim-tavozega yо‘l qо‘ymaydi. Davlat suvereniteti mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zо‘ravonliklarni inkor etadi 2 . О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek, «О‘zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zо‘ravonlik о‘tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz» 2 . Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg‘a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma’naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yо‘llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne’mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga tо‘la, xalqi soddadil va mehnatkash О‘zbekistonni о‘z ta’sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himya qili shva mustahkamlash О‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan. Davlatlar suverenitetini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana kо‘plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan
2 AbbosxO‘jayev, Umarova N., QO‘chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. – Toshkent, «Akademiya», 2007. 16-bet. 2 Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat.//Xalq sO‘zi, 2005 yil 8 dekabr. bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g‘oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi. Hozirgi voqelikda milliy istiqlol g‘oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezoriyentatsiya, mafkuraviy qо‘poruvchilik harakatlarini qо‘llash orqali xalqimizda О‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obrо‘sizlantirishga, odamlarning о‘zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov «Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bо‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzg‘unchi kuch, hatto, fanatizm (о‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini kо‘rsatuvchi misollar kо‘p. Aynan fanatizm illatiga yо‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik tо‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bо‘ladilar» 1 , - deya alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, О‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi о‘rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar О‘zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan chiqqanligi bu о‘lka xalqi milliy xarakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qо‘shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq о‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, yengish va о‘zlarining soxta g‘oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar.
1 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bO‘sag‘asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‘zbekiston, 1997. 326 b. 37-b. Yoshlarni g‘oyaviy ta’sir kо‘rsatish yо‘li bilan о‘z saflariga tortish masalasi vahhobiylar harakatida hamma vaqt ham asosiy о‘rin olib keldi. Ularning qarashlariga kо‘ra, yoshlarning bir marta о‘qigan namozi keksalarning yetmish marta о‘qigan namozidan foydaliroqdir. Islom esa о‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy hayotning ma’naviy asosi bо‘lganligi sababli, yoshlar turli ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar va da’vatlarning, fan va texnika taraqqiyotining ta’siriga berilishi mumkin emas. XXI asrda ham g‘oyaviy tortishuvlar tо‘xtamayapti. Shu bois xalqimizning ertangi mafkuraviy birligini ta’minlash g‘oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga qо‘yilishini taqozo etdi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozim: 1.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun о‘zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, tо‘kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bо‘lishi kerak. 2.
Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. 3. Qarshi targ‘ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bо‘lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy о‘quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bо‘lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish kо‘zda tutiladi. 4.
Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bо‘layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
II-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA QARSHI KURASHDA MAFKURAVIY IMMUNITET. 1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyati. Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud. Ularni bartaraf qilish muammosi Prezidentimiz Islom Karimovning diqqat- e’tiborida bо‘lib kelmoqda. Yurtboshimizning konsepsiyasiga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin. Bular muhim qarash bо‘lib, hozirgi ma’naviy- mafkuraviy faoliyatimizda metodologiya vazifasini о‘tamoqda. Xо‘sh, fikrga qarshi fikr bilan qanday kurash olib bormoq kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, har bir kishida mustaqil fikrlash imkon qadar kengroq dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va ma’lumot darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega. «Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz fazandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida ma’fkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki, yoshlarimiz milliy о‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham, ularga о‘z ta’sirini о‘tkaza olmaydi» 9 . Insonda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur, bu birinchidan. Mafkuraviy immunitet shaxs ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga hizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va
9 Irgashev I. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.2005. 165-b qadriyatlar tizimidir 10 . Demak, insonda birinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish lozim. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun о‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. “Avesto”da: “Bilim – kо‘zning chirog‘i” deb uqtirilgan. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida inson mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bо‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam bir yoqlama g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “Fikrga qarshi faqat fikr tamoyilining mazmunidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «har bir inson hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ana shunday fikrlarni unib-о‘sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirish ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota- ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatida, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir» 11 .
oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi 12 . Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni bartaraf etish biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usuli va yо‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qо‘llaniladi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan, eski zamonlardan qolib ketayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq sо‘z yuritishimiz zarur. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch о‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qо‘rqituv, zо‘rlik yо‘li bilan boshqalarga
10 Quronov M. Ma’naviyat va yangilanayotgan jamiyat. Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi. – T., “Akademiya”, 2008, 11-bet. 11 Karimov I. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 94-b 12 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. –T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. 296-b
tiqishtirish 13 . Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma’naviy yо‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asosiy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Mamlakatda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urg‘u-aymoqchilik, ekologik muammolar, “ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bо‘layotir. Ayniqsa о‘rta asr xalifaligini qayta о‘rnatish g‘oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy
ekstremizm markazlari orqali moddiy-g‘oyaviy ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bо‘lib turibdi. О‘ziga xos ma’naviy tahdidlardan yana biri «ommaviy madaniyat» hodisasi hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» – bir guruh shaxslar tomonidan о‘ylab topilgan va ongli ravishda targ‘ib qilinadigan, biror millat madaniyatiga daxli bо‘lmagan g‘oyalar, odamlar va udumlar yig‘indisidan iboratdir. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida haqiqat va xolislikdan yiroq bо‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni kо‘zlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmasligi va hech kimning obrо‘siga obrо‘ qо‘shmasligini ta’kidlab о‘tar ekan, bu haqda shunday degan edi: “Kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan sо‘ng jamiyatda paydo bо‘lgan g‘oyaviy bо‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yot g‘oyaga qarshi biz о‘z olijanob g‘oyamizda maktablarimizda, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, oliy о‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bо‘lgan zararli intilishlarga, xuruj va
13 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. –T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. 297-b harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar erkin fikrlarini aytishga о‘rganishlari kerak. Biror shaxs insonda ezgulikka nisbatan yovuzlikning ustuvor bо‘lishini isbotlab bergan emas. Aksincha, insonning beg‘ubor bolalik davri uning ongida ezgulik tuyg‘usini shakllantiradi. Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak. Himoya tizimida bu ish milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz g‘oyalarni farqlay oladi, bu “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya”tamoyilining mazmunidir. Zero, milliy mafkuramizning maqsad va vazifalari quydagilar bilan belgilangan: 1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish. 2. Shu g‘oya atrofida uyushtirish. 3. G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. 4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish. 5. G‘oyaviy tarbiyalash. 6. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. 7. Harakat dasturlari bilan bog‘liq. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashga intilish hissi inson qalbida e’tiqod, odam qalbidagi dunyoqarash о‘z- о‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.Chunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgach, sayyoramizni bir necha marta yо‘q qilib yuborishga qodir bо‘lgan yadroviy bombalar zaxirasi tо‘planib qolgan paytda zо‘ravonlik va jaholatga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish hususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish kо‘nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz qalbida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bо‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ma’rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi. Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli fikr, g‘oya va ma’rifat bilan bartaraf etish masalasini ilgari surdi. Bu muhim va ahamiyatli konsepsiyadir. Chunki fikr, g‘oya va ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. Shu sababli Prezidentimiz ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqat qaratadi. Unga kо‘ra, ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy о‘zlikni saqlab qolish mumkin. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, о‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ma’naviyat nafaqat
xalqimizning kо‘pmingyillik tarixi, ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalariga bevosita ta’sir kо‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz mentaliteti ham ma’naviy qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi bevosita ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan. Xuddi shu jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga о‘ziga xos madaniyat va ma’rifat olib kirgan. Ma’naviyat о‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga, ham har bir shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib ta’sir kо‘rsatadi. Fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa, о‘z navbatida, jamiyatning umumiy holatini о‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini belgilaydi va yalpi taraqqiyotning yangidan-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” 14 . Albatta bunday omildan barqarorlikni ta’minlashda о‘rinli foydalanish talab etiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim-tarbiya tizimi oldiga qator vazifalarni qо‘yadi:
14 Karimov I. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 24-b Birinchidan, о‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, daxldorlik, vijdon uyg‘oqligi, fidoyilik, el-yurtga sodiqlik, davlat siyosatiga xayrixohlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga alohida e’tiborni kuchaytirish zarur. Ikkinchidan, о‘quvchi –yoshlarda ozd shaxs va erkin fuqaroning asosiy jihatlarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular atrofda bо‘layotgan turli voqealarga, g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan о‘z mustaqil fikrini bildirpa olishlari lozim. Ular mafkuraviy xurujlarning ta’siriga, sirtmog‘iga tushub qolmasliklarini ta’minlash davr talabidir. Uchinchidan, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni beqiyos. Chunki odamning kundalik hayotiy faoliyatining moddiy va ma’naviy asoslari bir- biriga uyg‘unlashib borishiga erishish talab etiladi. Bozor munosabatlariga о‘tish davrida jamiyat a’zolarining о‘z salohiyati va iste’dodini rо‘yobga chiqarish uchun ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhiti, ham qonuniy, ham amaliy shart-sharoitlar yaratib berdik. Tо‘rtinchidan, istiqlol tufayli о‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari: ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un rivojlanib borishini ta’minlashga keng e’tibor qaratish lozim.
Download 485.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling