Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari
Download 485.75 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yollari oquvchi-yoshlar misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar.
- III-BOB. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari mavzusini
2. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Shu bilan birgalikda ma’naviy qashshoqlashuv axborot xurujiga va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan ma’naviy immunitetni zaiflashuviga olib keladi. Har qanday g‘oyaviy - mafkuraviy taxdidga qarshi turadigan ma’naviy immunitetni shakllanishi axloqiy tarbiyani kuchayishiga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda qonunga rioya qilish, hamda, tartib- intizomni о‘rnatish muhim rol о‘ynaydi. Qonunga rioya qilish, adolatni qaror toptirish odamlarda daxldorlik xissi bо‘lishini talab qiladi. Agar odamlarda loqaydlik kayfiyati kuchli
bо‘lsa, qonunga
rioya qilishni ta’minlash murakkablashadi. Odamlardagi befarklik hissini bartaraf qilish ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘liq. Ma’naviyati yuksak odamning irodasi kuchli bо‘lib, u adolatsizlikka befarq qarab tо‘ra olmaydi. U jamiyatda dahldorlik hissi bilan yashaydi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotiga tо‘siq bо‘ladigan adolatsizlikni bartaraf qilish odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotish demak. Odamlar о‘zlaridagi befarklikdan halos bо‘lib, daxlodorlik hissi bilan yashashlari uchun ma’naviyat yuksalishi lozim. Chunki ma’naviyat inson irodasini mustahkamlaydi iroda esa kuchli ma’naviy immunitetni shakllantiradi. Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri — odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotishdan iborat. Buning uchun befarklikni sabablarini topish lozim bо‘ladi. Xо‘sh befarqlikni sababi nimada? Befarklikni sababi nodonlik, egoizm va kolonial davr bulib xisoblanadi. Kolonial davr bu asosan sovetlardan keyingi makondagi davlatlarga taallukli. Chunki usha zamonlarda jamiyatda biror bir muammo paydo bulsa u muammoni markaz xal kilishi kerak bо‘lgan. Sovetlarga qadar muammoni podsho hal kilishi kerak bо‘lgan bо‘lsa, sovetlar zamonida Moskva hal qilishi kerak bо‘lar edi. Biz endi mustaqil davlat ekanligimizni anglab olishimiz va unutmasligimiz lozim. Befarklikni sabablaridan yana biri - egoizm ya’ni о‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qо‘yishdir. Agar odam о‘zida egoizmni jilovlay olsa befarqlikdan xalos bо‘lib daxldorlik hissi bilan yashaydi. Boshqacha qilib aytganda u о‘z manfatini jamiyat manfatiga xizmat qildira oladi. Faqat о‘z manfaatini о‘ylab yashaydigan, egoizmi kuchli bо‘lgan odam adolat bilan razolat urtasidagi kurashda befarq bulib yashaydi. Chunki u razolatni tazyikiga uchrab tinchligi buzilishidan qо‘rqadi. Befarqlikni sabablaridan yana biri nodonlik ekanligini tushinish uchun oldin nodonlik nima ekanligini anglab olish lozim. Nodonlik bu bilmaslik. Nimani bilmaslik? Befarklik oqibatida razolat g‘alaba qozonishini, kimningdir huquqlari paymol qilinishini va xuddi shunday holat ertaga о‘zi bilan takrorlanishi mumkinligini bilmaslik. Agar inson befarklik oqibatida kimningdir hukuqlari paymol qilinishini va ertaga shunday holat о‘zi bilan takrorlanishini bilsa, u xech kachon befark bulmaydi. Muammoning murakkabligi shundaki inson oliy ma’lumotli, hatto fan doktori, professor bо‘lishi mumkin, lekin, ayni bir paytda nodon bulishi xam mumkin. Nodon bulmaslik uchun axlokiy tarbiya negizida ma’naviyat yuksalgan bulishi lozim.
Axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch - bu avvalo jamoatchilik fikridir. Ammo axloq faqat jamoatchilik fikri bilan mavjud emas. Odamning tabiiy tuyg‘ulari va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy xatti- harakatga olib keladi. Axloqiy meyorlar yoki tamoyillar odam ongida buyruq shaklida paydo bо‘ladi va kishilarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi. Bunday buyruqlar «Tuhmat qilma», «Yolg‘on sо‘zlama», «О‘zgalar takdiriga befarq bо‘lma», «Boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber», «Zaif, nochor odamlarni qо‘llab-kuvvatla» va shu kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo ushbu buyruqlar qandaydir tashqi ta’sirdan emas, balkim insonning e’tiqodidan, ichki sabablar asosida kelib chiqishi lozim. Masalan, «Tuhmat qilma» degan buyrukda bir odam boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak. Agar odamlar о‘rtasida tuhmat, yolgon gapirish kо‘paya borsa, bunday jamiyat boshqarib bо‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan iborat bо‘lib qoladi va muqarrar halok bо‘ladi. Shu о‘rinda Muhammad payg‘ambar (a.v.s.)ning quyidagi hadislarini eslash lozim. Hadisda shunday deyiladi: «Shariatga qarshi borish, ota - onaga itoat qilmaslik va yolgon gapirish, tuhmat qilish gunohi azimdir» 1 . Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bо‘lib, о‘sha buyruqni bajarish uchun ijtimoiy zarurat borligini anglatadi. Ammo biz bu zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan kо‘zlangan maqsadni qabul qilamiz va ma’qullaymiz, unga yetish uchun harakat kilishga tayyorligimizni bildiramiz. Shunday qilib, axloqiy meyorlar odamning xatti-harakatini, faqat, obyektiv qoidalar bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat taraqqiy etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bо‘lgan qoidalarga bо‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, yangilikka intilishlik yoki qahramonona xatti-harakat yangi fikrni, ya’ni axloqiy mezonni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, Milliy istiqlol g‘oyasining inson
1 Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. T.4.Toshkent, 1992 yil. 80 bet. qalbiga singdirilishi unda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi maqsadida xizmat qiladigan mas’uliyatni shakllantirishi mumkin. Bu mas’uliyat fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda о‘tmish ajdodlari va kelajak avlod oldida javobgarlikni, burchni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Bunday burch esa odamlarni jamiyat manfaati yо‘lida fidokorona xatti-harakatlarga undaydigan ma’lum bir axloqiy meyorlarni yuzaga keltirib ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi. Demokratik davlatdan fuqarolik jamiyatiga о‘tish jarayonida tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy regulyator bо‘lgan axloq о‘z-о‘zidan shakllanmaydi. Biz doimo boy ma’naviy merosimizni, urf-odat, an’analarimizni zamon talablaridan kelib chiqib boyitib borishimiz lozim. Ana shunda biz fuqarolik jamiyati sharoitida yashay oladigan, yetuk fuqarolik munosabati shakllangan va yuksak ma’naviyatga ega bо‘lgan kishilarga ega bо‘lamiz. Bu esa ozod, obod va farovon jamiyat kurishning muhim omilidir. Zamonamiz mohiyati bо‘lgan fuqarolik jamiyatining shakllanishida va xalqimiz hayotini farovon qilishda yuksak ma’naviyat asosiy me’zon hisoblanadi. Yuksak ma’naviyatning shakllanishida esa axloqiy tarbiya asosiy omildir. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asaridagi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini odamlar ongiga va qalbiga singdirish bosh maqsadimiz bо‘lgan farovon jamiyatni kurishga xizmat qiladigan yuksak ma’naviyatni shakllantiruvchi manba bо‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. Chunki asarda ma’naviyatning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati tо‘liq yoritib berilgan. Buni ma’naviyatga berilgan tugal ta’rifdan ham kо‘rsak bо‘ladi: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon - e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» 1 . Ushbu ta’rifdagi ruxan poklanish va kalban ulgayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. T. 2008 y 19-bet. ulug‘ Tangri inson yuragida ikkita bо‘shliq yaratdi, shundan chap bо‘shligini ruhga о‘rin qilib yaratdi degan sо‘zlari bilan uyg‘unlashib ketganligi uni naqadar tugal va mukammalligini kо‘rsatib turibdi. Jamiyatda ma’naviy immunitetni mustahkamlaydigan axloqiy tarbiyani rolini yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -Jamiyatni ilm va ma’naviyat boshkargan taqdirdagina tartib, tarakkiyot va farovonlikni ta’minlash mumkin. Ma’naviyat jamiyat tarakkiyotini asosiy sharti bulgan ijtimoiy tartibni о‘rnatishda va har qanday tashqi tahdidga qarshi tura oladigan ma’naviy-immunitetni shakllanishida muxim axamiyatga ega. - Jamiyatda ma’naviyatni qadr topishi hokimiyat tizimida ma’naviyatni yuksalishiga bog‘liq. Hokimiyatni ma’naviy yuksalishi esa saylov jarayonida nomzod kо‘rsatishga ma’naviy salohiyat asosiy mezonlardan biri bо‘lishiga bog‘liq. Chunki ma’naviyatni qadrlash uchun о‘sha odamning о‘zida ma’naviyat yuksak bо‘lishi lozim. - Jamiyatda ma’naviy yuksalish О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarlaridagi g‘oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirilishiga bog‘liq. Bu borada davlat va fuqarolik jamiyati о‘rtasida ijtimoiy xamkorlik alohida axamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fukarolik jamiyatini shakllanish jarayonida odamlarning xuquqlari ortishi oqibatida xulqni erkinligi kengayishi va u esa о‘z navbatida tо‘g‘ri yо‘ldan og‘ish holatlarini keltirib chiqarishi ushbu jarayonda ijtimoiy ahlok negizida ma’naviyatni yuksalishini taqozo etadi. Bizning mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ma’naviyatni yuksaltirishga qodir, yetuk ma’naviy salohiyatga ega bо‘lgan xalq va lider mavjuddir. О‘tmishga sadoqat, hozirgi kunga kadr va kelajakka umid bilan karash xalkimiz ma’naviy immunitetini yengilmas kuchga aylanishini muhim omilidir.
3. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar.
Bugungi kunda Prezidentning ta’biri bilan aytganda “Mafkura poligonlari yadro poligolaridan ham kо‘proq kuchga ega” 15 . Shu bois mafkuravy tazyiq masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ma’lumki, sovuq urush tugagandan sо‘ng sobiq sovet mafkurasi barham topdi va о‘rnida g‘oyaviy bо‘shliq shakllanish havfi paydo bо‘ldi. Bu esa ma’naviy sohadagi ishlarni jonlantirishni talab etadi. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. Dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning о‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Biror-bir hudud yoki mamlakatda paydo bо‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning mafaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Shu ma’noda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” 1 , - deb ta’rif beradi Prezidentimiz. XX asrning 80-90 yillari va XXI asr bо‘sag‘asiga kelib dunyoning siyosiy manzarasi tubdan о‘zgardi, ikki qutbli dunyo barham topdi. Nisbiy muvozanat buzildi. Dunyodagi ikki qutbning biri bо‘lgan sotsialistik lager tarqalib ketdi. Uning eng katta va totalitar tuzum bо‘lgan asosiy davlati-sobiq ittifoq о‘tmishga aylandi. Bu davlatning о‘rnida mustaqil davlatlar yuzaga keldi. Bu davlatlar о‘z milliy davlatchilik an’analarini tikladi.
15 I.A.Karimov О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, О‘zbekiston, 1997. 12-bet. 1 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T., “Ma’naviyat”. 2008. 111-b. Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tomoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar orzusi bо‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali о‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajavuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstremizm kabi siyosiy, kuchlar va oqimlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy, bugungi g‘oyalar xalqlar boshiga sо‘ngsiz kulfatlar keltirib, insoniyatning tinchligi, osoyishtaligini buzib, odamlar ongiga turli balolar yog‘dirmoqda. Afg‘onistonda 25 yildan ortiq davom etayotgan birodar kushlik urushi, Bolqon mintaqasida mustahkam tinchlik о‘rnatishga haligacha erishilmagani ana shunday bugungi g‘oyalarning ta’siri oqibatidir. XX asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan о‘zini tо‘la ajratib olgan birorta davlat yо‘q deb tо‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bо‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan tо‘liq javob olishimiz mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim. Eng yomoni bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni, ayniqsa, yoshlarni о‘zi tug‘ilib о‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bо‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilgani bilan xavflidir.
Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar uning ta’siriga kо‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa kо‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga о‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning har bir mamlakatga о‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini о‘rganish lozim. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur о‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini “tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо‘yish” bilan barovar bо‘lar edi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari о‘tkazgan va о‘tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi.
kurashning bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalari sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bugungi zamonda mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kо‘proq kuchga ega” 1 dir. Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga bnrilayotgan bilimlar obyektiv, voqelikni tо‘liq va tо‘g‘ri aks ettirishi, jamiyat taraqqiyotiga, Vatan va halq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bо‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bо‘ladi. Ularni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga munosib zarba beradi. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bо‘lib, u о‘z mohiyatiga kо‘ra, yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularning yо‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini о‘z ichiga oladi.
1 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T., “Ma’naviyat” 2008. 113-b. Hozirgi davrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alariga bо‘linishi geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonnning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini xisobga olgan holda ham yer yuzining hududiy bо‘linishini ham bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga, axborot oqimining tezlashuvi davridamiz. Bunga shak-shubxa yо‘q. Ammo tarixda mavjud chegaralarni о‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son- sanoqsiz urushlar bо‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib yorganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kо‘proq bir davlat ichida, ikki davlat о‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bо‘lishi mumkin edi. Tо‘g‘ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki о‘rta asrlardan boshlab Yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari kо‘lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka о‘xshaydi. XX asrda rо‘y bergan ikkita jahon urushida о‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada о‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi о‘z maqsadlari yо‘lida о‘zgartirmoqchi bо‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimida bunday tahdidlarga qarshi kurashda quyidagi vazifalarni asosiy e’tiborni qaratish zarur: Birinchidan, Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan sodir etilayotgan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish hissi ba’zilarni tark etmayapdi. Uning zararli
oqibatlarini, kо‘zlangan maqsad-manfaatlarni, uni amalsha oshirish usul va vositalarini keng tahlil etib borish zarur. Ikkinchidan, milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni kо‘zlayotgan, xalifalikni tiklashga, uning tо‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar xamon uchraydi. Bu hol aynan millat sifatida о‘zligimizni anglashga yо‘l qо‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. О‘zbekiston dunyoviy kо‘p konfessiyali, kо‘p millatli davlat. Undagi taraqqiyot ijtimoiy hamkorlik, milliy totuvlikka bog‘liq ekanini ta’kidlash zarur. Uchinchidan, mafkuraviy profilaktika bilan bog‘liq ma’rifiy chora-tadbirlar tizimini yanada kuchaytirish talab etiladi Tо‘tinchidan, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish, uni tashkil etuvchi elementlarni yanada qaror toptirish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish ustida tinimsiz ishlash talab etiladi.
III-BOB. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari mavzusini о‘qitishda ilg‘or tajribalardan foydalanish. 1. Globallashuv sharotida mafkuraviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda milliy va xalqaro tajribalardan foydalanish yо‘llari. Download 485.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling