Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 485.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana14.05.2020
Hajmi485.75 Kb.
#105901
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yollari oquvchi-yoshlar misolida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 

UNIVERSITETI 

 

TARIX FAKULTETI

 

 

                                                           “Himoyaga ruxsat etilsin” 

                                 

                                                                                  Tarix fakulteti dekani 

 

 



 

                                          

______ t.f.n., dot. V.Ishquvvatov 

 

                       



                                                2016-yil    “___”         _________ 

 

5111600 – Milliy g‘oya, ma’nayiyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nаlishi  



 4-kurs H-401-guruh talabasi 

 

 



Xoliqov Yodgor Amonovichning 

 

“О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi 

tahdidlarga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  yо‘llari 

(о‘quvchi-yoshlar misolida)” mavzusidagi 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

                                                  Ilmiy rahbar: “Milliy g‘oya va ma’naviyat                       

    

asoslari” kafedirasi katta  o‘qituvchisi, s.f.n 



                                                                               _________X.S.Jumaniyozov                                            

 

                                                Taqrizchi:  “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari”  



                                                 kafedrasi   dotsenti  ______ f.f.n. X.Samatov 

                                          

 

“Himoyaga tavsiya etilsin” 

“Milliy 


g‘

oya va ma’naviyat asoslari” 

   kafedrasi mudiri  

_________f.f.n M. Sobirova 



 

Toshkent - 2016 

 


MUNDARIJA 

 

I-BOB. 



MUSTAQILLIKKA 

RAXNA 

SOLUVCHI 

MA’NAVIY 

TAXDIDLARNING  YUZBERISH  JARAYONLARINI  О‘RGANISHNING 

NAZARIY ASOSLARI 

1.  Globallashuv  jarayonida  mafkuraviy  tahdidlarni  о‘rganishning  konseptual 

asoslari 

2.  О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi  tahdidlar  va 

ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.   

 

III-BOB.  GLOBALLASHUV  SHAROITIDA  INSON  MA’NAVIYATIGA 



TAXDIDLAR 

VA 

UNGA 

QARSHI 

KURASHDA 

MAFKURAVIY 

IMMUNITET SHAKLLANTIRISH YО‘LLARI. 

1.  Fikrga  qarshi  fikr,  g‘oyaga  qarshi  g‘oya,  jaholatga  qarshi  ma’rifat  bilan 

kurashish  zaruriyati. 

2. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. 

3. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi   mafkuraviy tahdidlarni 

bartaraf etish borasidagi vazifalar. 

 

III-BOB.  О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi 

tahdidlarga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  yо‘llari  mavzusini 

о‘qitishda ilg‘or tajribalardan foydalanish. 

1.  Globallashuv  sharotida  mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni 

shakllantirishda milliy va xalqaro tajribalardan foydalanish yо‘llari. 

2. mavzuni о‘qitish yuzasidan dars ishlanmasi.  

XULOSA. 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YHATI 



 

 

Kirish 

 

О‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlab  о‘tganidek, 

«Jamiyatni  ma’naviy  yangilashdan  bosh  maqsad  –  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi, 

xalq  erkinligi  va  farovonligiga  erishish  va  komil  insonni  tarbiyalash,  ijtimoiy 

hamkorlik  va  millataro  totuvlik,  diniy  bag‘rikenglik  kabi  kо‘p-kо‘p  muhim 

masalalardan  iborat»

1

.  Bu  ulkan  vazifalarni  ma’naviyatimizni  milliylik  asosida 



boyitib borsakkina amalga oshirishimiz mumkin bо‘ladi. 

Islom  Karimov  о‘z  asarida  mamlakatimizda  milliy  ma’naviyatni  tiklash  va 

rivojlantirish  davlat  siyosatida  ustivor  vazifa  ekanligiga  e’tiborni  qaratib  quyidagi 

konseptual  g‘oyani  ilgari  suradi.  U  shunday  yozadi:  «Oldin  odamlarga  moddiy 

boylik  berish,  sо‘ngra  ma’naviyat  tо‘g‘risida  о‘ylash  kerak  deydiganlar  haq 

bо‘lmasa  kerak.  Ma’naviyat  –  insonning,  xalqning,  jamiyat,  davlatning  kuch-

qudratidir. U yо‘q joyda hech qachon baxt-saodat bо‘lmaydi...» 

Bugungi kunda nafaqat О‘zbekistondagi yoshlar ongida ma’naviy bо‘shliq 

vujudga  kelmasligi  uchun  ularning  qalbi  va  ongida  sog‘lom  hayot  tarzi,  milliy  va 

umummilliy  qadriyatlarga  hurmat-ehtirom  tuyg‘usini  bolalik  paytidan  boshlab 

shakllantirishimiz zarur

2



Shuni  unutmaslik  kerakki,  bugungi  kunda  inson  ma’naviyatiga  qarshi 

yо‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bо‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot 

olamidagi  globallashuv  shiddatidan  kuch  olib,  kо‘zga  kо‘rinmaydigan,  lekin 

zararini hech narsa bilan qoplab bо‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. 

 Birgina  sо‘ngi  о‘n  besh  yillik  ichida  О‘zbekistonimizning  Mustaqil 

taraqqiyotini kо‘ra olmayotgan vahhobiylar, diniy ekstremistik guruhlar beqarorlik 

urug‘ini  sepish,  xalqimizni  о‘zi  tanlagan  yо‘ldan  ozdirish,  jalg‘itish  uchun  ne-ne 

kuchlarni  ishga  solmadilar,  har  qanday  qabih  vositalardan  foydalandilar.  Shunday 

                                                             

1

Islom Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.Toshkent, 



«O‘zbekiston, 2000y, 23-24 betlar». 

2

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat, 115-bet. 



ekan  bunday  kuchlarning  ildizini  yо‘qotishga  mamlkatimizning  xushyor  kuchlari 

astoyidil kirishganliklari tabiiy tarixiy dolzarb zaruriyatdir. 

О‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

I.A.Karimovning 

“Yuksak 

ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “Ma’naviy tahdid deganda, 

avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin 

inson  bо‘lib  yashashiga  qarshi  qaratilgan,  uning  aynan  ruhiy  dunyosini  izdan 

chiqarish  maqsadini  kо‘zda  tutadigan  mafkuraviy,  g‘oyaviy  va  informatsion 

xurujlarni nazarda tutish lozim, deb о‘ylayman”

1



Shunday  ekan  tanlangan  mavzuning  dolzarbligi  quyidagi  omillar  bilan 



belgilanadi:  

-  Mafkuraviy    tahdid  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  jiddiy  xavf  ekanligini  ochib 

berish;  

-  Globallashuv  jarayonlari  va  ma’naviy  tahdidlarning  namoyon  bо‘lish 

xususiyatlarini yoritish; 

-  Mafkuraviy  tahdidlarni  oldini  olishda  ommaviy  axborot  vositalarining 

ahamiyatini tahlil qilish;  

Ma’naviy tahdid – о‘zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligini yoritish;  

-    ma’naviy  tahdidlarga  qarshi  immunitetni  shakllantirish  omillarini  tahlil 

qilish;  

-  Fikrga  qarshi  fikr,  g‘oyaga  qarshi  g‘oya,  jaholatga  qarshi  ma’rifat  bilan 

kurashish zaruriyati yoshlarga tushuntirish; 

-  Jamiyatimizdagi  turli  ma’naviy  tahdidlarga  qarshi  kurashish  immunitetini 

shakllantirishdan iborat.  

Mavzuning  о‘rganilganlik  darajasi.  О‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

Islom  Karimovning  har  chiqishida,  asarida  ma’naviy  tahdidlar,  unga  qarshi 

kurashish zaruriyati, bu boradagi vazifalar keng tahlil qilingan. Ushbu О‘zbekiston 

mustaqilligiga  havf  solayotgan  ma’naviy  tahdidlar  M.Quronovning  “Milliy 

tarbiya”,  S.Otamurtovning  “Globallashuv  va  milliy-ma’naviy  havfsizlik”

2



                                                             

1

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat, 2008, 13-14-betlar 



2

 Отумаротов С. Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik. Т.2013 



M.Lafasovning  “Diniy  ekstremizm:  tarixi  va  mohiyati”,  Х.Жуманиёзов, 

М.Собироваларнинг “Глобаллашув асослари”

3

 asarlarida keng yoritilgan. 



Bitiruv  malakaviy  ishning  maqsadi.    О‘zbekistonning  barqarorligi  va 

havfsizligiga  raxna  soluvchi  tahdidlar,  ularning  turlari  va  unga    qarshi  о‘quvchi-

yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llarini tahlil qilish.  

Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: 

Globallashuv va uning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirini yoritish;  



Mafkuraviy  tahdidlar  tushunchasi,  namoyon  bо‘lish  xususiyatlarini  taxlil 

qilish; 

Yoshlar  ma’naviyatiga  yot  ichki  tahdidlarva  ularga  qarshi  kurashish  chora-



tadbirlari;  

Yoshlar  ma’naviyatiga  yot  tahdidlarga  qarshi  g‘oyaviy  tarbiya  vositalarini 



kо‘rsatish; 

islom  ekstremizmi  va  aqidaparastligining  jahon  tinchligi,  barqarorlik  va 



taraqqiyotiga salbiy ta’siri kо‘rsatish; 

О‘zbekiston  mustaqilligiga  raxna  solayotgan  mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi 



kurashda ta’lim tizimi oldidagi vazifalarni kо‘rsatib berishdan iborat.  

Bitiruv  malakaviy  ishning  obyekti.    О‘zbekistonning  barqarorligi  va 

havfsizligiga  raxna  soluvchi  tahdidlar,  ularning  turlari  va  unga    qarshi  о‘quvchi-

yoshlar  misolida  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  yо‘llari,  bu  borada  olib 

borilayotgan  g‘oyaviy-ma’rifiy  jarayonlarni  tahlil  qilish  malakaviy  ishning 

obyektini tashkil etadi.  

Bitiruv  malakaviy  ishning  predmeti.    О‘zbekistonning  barqarorligi  va 

havfsizligiga  raxna  soluvchi  tahdidlar  va  unga    qarshi  о‘quvchi-yoshlar  misolida 

mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  borasidagi  vazifalar,  olib  borilayotgan 

ma’rifiy  siyosatning  yо‘nalishlari  bilan  bog‘liq  kо‘rsatmalar  malakaviy  ishning 

predmetini tashkil etadi.  

                                                             

3

 Жуманиёзов Х, Собирова  М. Нигманова У. Глобаллашув асослари. Т.2015 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu taqiqot ishida ilk bora yoshlahayotiga 

ta’sir etuvchi ichki va tashqi  ma’naviy tahdidlar, ularning tizimi, namoyon bо‘lish 

sohalari va ularni oldini olish chora-tadbirlari tо‘g‘risida tо‘lik ma’lumot berilgan. 

Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. Tadqiqotningnazariy asosi 

bо‘lib О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida mustaqillik 

davrida ilm-fanning ravnaqi haqida yoritilgan g‘oyalari,

 ilgari surilgan konseptual 



vazifalari  xizmat  qiladi.      Shuningdek  mazkur  soha  bilan  shug‘ullagan 

mamlakatimizdagi  yetakchi  olimlarning  asarlari,  monografiyalari  ham  tadqiqot 

uchun muhim nazariy, metodologik asos bо‘lib xizmat qildi. 

Tadqiqotning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.  Tadqiqot  ishi  materiallaridan 

О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi  tahdidlar  va  unga  

qarshi  о‘quvchi-yoshlar  misolida  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  borasida 

tadqiqot  olib  borishda,  shuningdek  ushbu  mavzu  yuzasidan  akademik  litsey  va 

kasb-hunar kollejlarida tegishli mavzularni yoritishda keng foydalanish mumkin.  

BMI  tuzilishi.  Mavzu  kirish,  ikkita  bob,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

rо‘yxatidan iborat. 



 

 

 

 

 

                                                             

1

 Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bO‘sag‘asida: xavfsizlikka, tahdid, barqarorlik shartlari va 



taraqqiyot kafolatlari. T.6. - T.: «O‘zbekiston», 1997;  Karimov I.A. Jamiyat  mafkurasi  xalqni - 

xalq,  millatni  -  millat  qilishga  xizmat  etsin.  T.7.-  T.:  «O‘zbekiston»,  1999;  Karimov  I.A. 

O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida sO‘zlagan nutqi. Xalq sO‘zi. 1998 yil 5 

may; Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -

T.: «O‘zbekiston», 2000; Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «O‘zbekiston», 

2000; Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. -

T.: «O‘zbekiston», 2000; Karimov I.A. Egali yurt erkini bermas. T.9. - T.: «O‘zbekiston», 2001; 

Karimov I.A. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga sO‘z boshi. T.9. 

-  T.:  «O‘zbekiston»,  2001.  Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat    -  yengilmas  kuch.  Toshkent, 

Ma’naviyat, 2008  va boshqalar.  



I-BOB. 

GLOBALLASHUV 

VA 

MA’NAVIY 

TAXDIDLARNING 

YUZBERISH 

JARAYONLARINI 

О‘RGANISHNING 

NAZARIY 

ASOSLARI 

1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual 

asoslari 

  Prezidentimiz  Islom  Karimov  «Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch»  

asarida  ta’kidlaganidek,  «bugun  biz  tez  sur’atlar  bilan  о‘zgarib  borayotgan, 

insoniyat  hozirga  qadar  boshidan  kechirgan  davrlardan  tubdan  farq  qiladigan  о‘ta 

shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz... Hozirgi paytda yer yuzining 

qaysi  chekkasida  qanday  bir  voqea  yuz  bermasin,  odamzod  bu  haqda  dunyoning 

boshqa  chekkasida  zudlik  bilan  xabar  topishi  hech  kimga  sir  emas..

4

.  Bugungi 



dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar millatlar va 

xalqlar  о‘z  о‘rniga  kо‘ra  turli  mavqega  ega.  Hozirgi  davr  dunyoda  g‘oyaviy 

qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan 

ham kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir.   

    Shunday  ekan,  ularning  о‘ziga  xos  manfaatlarini  ifodalaydigan  mafkuraviy 

ta’sir usullari bо‘lishi, shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida kо‘plab davlatlar mavjud 

bо‘lib,  ularda  turli  siyosiy  kuchlar,  partiyalar,  dinlar,  diniy  oqimlar,  mazhablar, 

guruh  va  qatlamlar  faoliyat  kо‘rsatmoqda.  Ular  о‘zaro  farqlanadigan,  ba’zan  bir-

biriga zid bо‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar о‘zga xalqlar, turli 

mintaqalar,  davlatlarning  aholisi  yoki  ijtimoiy  guruhlar  ongiga,  turmush  tarziga 

ta’sir 

о‘tkazish, 



ularni 

bо‘ysundirish 

uchun 

yо‘naltirilgan 



maqsadlarni 

shakllantiradi. Bundan kо‘zlangan asosiy muddao esa muayyaan joydagi  kishilarga 

iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy  va  diniy  qarashlarni  singdirish  orqali  о‘z  manfaatlarini 

ta’minlashga intilishdir. 

     Bunday  ta’sir  о‘tkazishning  tinch  yо‘li  kо‘zlangan  maqsadga  olib 

kelmaganda  boshqa  mamlakatlarning  ichki  ishlariga  aralashish  mavjud  vaziyatni 

ataylab keskinlashtirish, kuch  ishlatish  yо‘li bilan bо‘lsa ham  ijtimoiy beqarorlikni 

yuzaga  keltirishga  harakat  qilinadi.  Bugungi  dunyoning  mafkuraviy  manzarasiga 

                                                             

4

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 9-b  



nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik 

tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda.  

Mafkuraviy  jarayonlarning  globallashuvi  –  g‘oyaviy  ta’sir  о‘tkazish 

imkonyatlarining  kengayishi  oqibatida  Yer  yuzining  barcha  mintaqalarida 

mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. 

     «Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va 

uzoq qо‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday 

chambarchas  bog‘lanib  borayaptiki,  biron  mamlakatning  bu  jarayondan  chetda 

turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. 

 

   Shu ma’noda, globallashuv bu – avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada 



tezlashuvi demakdir»

5



  О‘zbekistonda  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarni  keskinlashtirishning  maqsadi, 

mafkuraviy  tajovuz  yovuz  kuchlar  va  har  xil  markazlar  tomonidan 

mamlakatimizga  nisbatan  ichkaridan  yoki  tashqaridan  turib  bevosita  amalga 

oshirilayotgan  g‘oyaviy  buzg‘unchilikning  maqsadi  “Bо‘lib  tashlab,  hukmronlik 

qilish”,  ya’ni  mamlakat  ichkarisida  parokandalikni  keltirib  chiqarish,  uning 

dunyodagi  obrо‘siga  putur  yetkazib,  mintaqa  davlatlarini  bir-biriga  qarama-qarshi 

qilib  qо‘yish,  separatizmni  keltirib  chiqarish  kabi  maqsadlarni  о‘z  oldiga  vazifa 

qilib olgan yovuz kuchlar ta’sirini anglamoq lozim buladi. 

     Agar  tarixga  nazar  solsak,  ilgari  kuchli  davlatlar  zaif  mamlakatlarni 

ochiqdan-ochiq  bosib  olib,  ularga  о‘z  hukmini  о‘tkazgan  bо‘lsa,  XX  asrning 

oxiriga  kelib,  bunday  siyosat  yangi  bir  shakl  kasb  etadi.  Hozirgi  vaqtda  qudratli 

davlatlar  va  muayyan  siyosiy  markazlar  о‘z  maqsadlariga  erishish  uchun  avvalo 

zabt  etmoqchi,  о‘z  ta’sir  doirasiga  olmoqchi  bо‘lgan  mamlakatlarning  aloqasi 

ongini о‘ziga qaram qilishga intiladi... «Mafkura dunyosida bо‘shliqqa yо‘l qо‘yib 

bо‘lmasligi, shunday holat yuz bergan taqdirda bо‘sh qolgan mafkura maydonidan 

bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar о‘rin egallashga urinishi 

shubhasiz».

6

    



                                                             

5

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 42-b 



6

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 12-b 



 Bugungi  kunda  mafkuraviy  poligonlarda  muayyan  guruhlar  va  davlatlar 

о‘zlarining  g‘arazli  manfaatlarini  ifoda  etayotgan  turli  tajovuzkor  g‘oyalarni 

sinovdan  о‘tkazmoqdalar.  Ularning  ortida  kishilarni,  eng  avvalo,  ma’naviy-

mafkuraviy  jihatdan  tobe  qilish,  pirovard  natijada  esa  butkul  qaram  qilib  olish 

maqsadi  yotadi.  Bu  katta-katta  hududlarni,  ayniqsa,  boy  tabiiy  resurslarga  ega 

bо‘lgan mintaqalarni egallab olishning eng qulay va kamxarajat usulidir. 

Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan xavflilik sabablari: 

1. Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо‘lsa, buni sezish, kо‘rish, oldini olish 

mumkin. 

2.  Mafkuraviy  tazyiqni,  uning  ta’siri  va  oqibatlarini  tezda  ilg‘ab  yetish 

nihoyatda qiyin. 

3.  Yoshlarning  ma’naviy  olamida  bо‘shliqqa  yо‘l  qо‘yish,  ularning  buzg‘unchi 

g‘oyalar,  diniy  ekstremizm,  axloqsizlik  g‘oyalari  ta’siriga  tushib  qolishiga  olib 

keladi. 


Prezidentimiz  Islom  Karimovning  “О‘zbekiston  XXI  asr  bо‘sag‘asida: 

xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”  asarida siyosiy 

barqarorlikni  ta’min  etadigan  islohotlar  va  bunyodkorlik  ishlarimizning  asosiy 

sharti ekanligi asoslab berilgan. Siyosiy barqarorlik bо‘lmasa, mamlakat о‘z oldiga 

qо‘ygan  tarixiy  vazifalarni  amalga  oshira  olmaydi.  Asarda  О‘zbekiston 

barqarorligiga tahdid soluvchi quyidagi xavf-xatarlar tilga olingan: 

Ichki xavf-xatarlar: 

1. Etnik,milliy, mintaqaviy va davlat ichidagi jangari separatizm (ayirmachilik). 

2. Ekologik va xavfsizlik muammolari. 

3.  Urug‘-aymoqchilikning  xudbinlik,  shaxsiy  manfaat,  alohida  guruhlarning 

mol -dunyoga ruju qо‘yishi bilan bog‘liq bо‘lgan xavf-xatar. 

4. Qarindoshlik, urg‘u-aymoqchilik manfaatlari doirasi kengaygani sari endi bir 

sulola  doirasidan  chiqib,  korparativ    mohiyat  kasb  etadi.  Bu  ichki  birlikka  ta’sir 

etib,  tanazzulga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday  separatizm  ijtimoiy  xavfliligi 

jihatdan mahalliychilik illati bilan qо‘shilib ketgan. 

                                                                                                                                                                                                    

 


5. Siyosiy- Ekstremizm, shu jumladan, diniy ekstremizm. 

6. Millatchilik. 

7. Milliy mahdudlik. 

8. KorrupsiY. 

9. Jinoyatchilik. 

10. Sotqinlik – egrotsentrizm. 

11. Axloqiy buzuqlik va zо‘ravonlik. 

12. Loqaydlik. 

Tashqi xavf-xatarlar: 

1. Terrorizm (ichki terrorizm, mintaqaviy terrorizm, xalqaro terrorizm). 

2. Narkobiznes. 

3.  Diniy  ekstremizm  (diniy  traditsionalizm,  diniy  fundamentalizm,  diniy 

modernizm: bular ham ichki, ham tashqi xavf-xatarlarga kiradi). 

4. Separatizm (ayirmachilik). 

5. Mintaqaviy fuqarolar urushlari (qо‘shni Afg‘onistondagi va h.k.). 

6.  Orol  muammosi  (jumladan  ichimlik  suvi).  Bu  tahdid  ham  ichki,  ham  tashqi 

xavf-xatarlarga kiradi. 

7.  О‘zbekistonning  jug‘rofiy  siyosiy  holati  jihatidan  endigina  xavfsizlik  tizimi 

yо‘lga qо‘yilayotgan mintaqadaligi, murakkabligi

7



    Tashqi  tahdidlar  –  О‘zbekistonga  davlat  tashqarisidan  kirib  keluvchi 

tahdidlar: xalqaro terrorizm, ekstremizm, fashizm, shovunizm va hokazo. 

Kо‘rinib  turibdiki,  hozirgi  davrda  tashqi  siyosatning  yangi  –  zamonaviy 

konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil 

bо‘lmasin,  uning  yaxlitligini,  bir  butunligini  tan  olish  tashqi  siyosatda  muayyan 

yutuqlarga  erishishlik  asosini  tashkil  qiladi.  Tashqi  siyosatni  takomillashtirish 

emas,  qat’iy    isloh  qilish  davr  talabi  ekanini  anglash  natijasida  xalqaro 

munosabatlarda quyidagi bir qator  ijobiy tendensiyalar kо‘zga tashlanmoqda. 

– Mafkuraviy ta’sirning yо‘qolib borishi. 

                                                             

7

 Karimoov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 



taraqqiyot kafolatlari. 24-96 b 

– Konfrontatsiya – о‘zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka о‘tib borish. 

– Xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish. 

– Xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi. 

– Xalqaro munosabatning kengayishi. 

 

Mamlakatning  hozirgi  rivojlanish  bosqichida  odamlarni  ma’naviy-mafkuraviy 



va  ijtimoiy-siyosiy  faollashtirish  asosiy  vazifalardan  biridir.  Bunda  ayniqsa, 

fuqarolarning ongi va qalbini ma’naviy tahdidlardan himoya qilish muhim dolzarb 

vazifalardan biri hisoblanadi. 

Ma’naviy tahdid insonning ongi, dunyoqarashi va axloqiga daxl qilishi mumkin 

bо‘lgan  xavf-xatardir.  Xavf  kо‘zga  kо‘rinmasa-da,  lekin  uning  keltiradigan  zarari 

yuqumli  kasalliklardan  kam  emas.  Shu  ma’noda  tarixiy  haqiqatni  anglamaydigan 

yoki  anglashni  istamaydigan  chet  eldagi  ba’zi  siyosatchi  va  arboblar  nafaqat 

siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql о‘rgatishga, azaliy 

hayot tarzimiz, ruhiy dunyoyimizga yot bо‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga 

urinmoqda”. Haqiqatan ham bunday urinishlar turli usullar va vositalar yordamida 

amalga oshirilmoqda. Ular orasida ma’naviy tahdidlarning kо‘lami pasaymayapti. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov    «Yuksak  ma’naviyat-yengilmas  kuch»  asarida 

ma’naviy  tahdid  iborasiga  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «Ma’naviy  tahdid  deganda, 

avvado,  tili,  dini,  e’tiqodidan  qatt’iy  nazar,  har  qaysi  odamning  tom  ma’nodagi 

erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan 

chiqarish  maqsadini  kо‘zda  tutadigan  mafkuraviy,  g‘oyaviy  va  informatsion 

xurujlarni nazarda tutish lozim»

81

Mafkuraviy tahdidlar «bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni 

avvalo  beg‘ubor  yoshlarimizning  qalbi  va  ongiga  singdirishga  qaratilganligi  bilan 

ayniqsa xatarlidir». 

Ma’naviy  tahdidlarni  bartaraf  qilib  borishga  doir  bir  qator  qarashlar  mavjud. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  ma’naviy  tahdidlarni  bartaraf  etish  muammosini 

ishlab chiqdi. Mazkur konsepsiyaga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr, 

g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin.  

                                                             

8

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 19-b 



Mazkur masala yuzasidan quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin: 

1.  Globallashuv  jarayonida  Markaziy  Osiyoda  mafkuraviy  muammolarni  hal 

etishda inson manfatini  qondirish bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab jarayon, uning iqtisodiy 

taraqqiyoti mustahkamlash uchun barcha urinishlari yangi muammolarni keltiradi;  

2.  Globallashuv  jarayonida  insonlar,  xalqlar,  jamiyat  va  zamonaviy  sivilizatsiyalar 

mafkuraga ehtiyoj sezadi; 

3. Ijobiy fikr va bunyodkor g‘oya, avvalo, yoshlarimiz ongiga singdirishga qaratilgan 

о‘quv,  ilmiy-uslubiy  va  tarbiyaviy  ishlarning  samaradorligini  ta’minlash  va  yanada 

takomillashtirish; 

4.  Markaziy  Osiyo  davlatlari  va  xalqlari  о‘rtasida  mustahkam  dо‘stligini 

mustahkamlashning  nechog‘lik  ahamiyatini  alohida  ta’kidlashimiz  lozim  va  bu 

mafkuraviy koitsepsiyaning asosiy tamoillarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 



Download 485.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling