Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Download 485.75 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yollari oquvchi-yoshlar misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
- Ta’lim berish shakllari
- Mavzu
- Mavzu : “
- O‘quv faoliyatining natijasi
- 1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari
- 2-MASALA BAYONI. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari
- 1-o‘quv to‘shiriq «Qanday» organayzerini to‘ldiring
Millatlar va milliy manfaatlar, milliy ehtiyojlar mavjud ekan, ularni nazar-pisand qilmaslikka aslo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Bir millatning manfaatlari boshqa millat va elatlarning manfaatlaridan ajratilmagan holda о‘rganilishi lozim. Milliy va umumilliy manfaatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratib yoki bir- biriga qarama-qarshi qо‘yib bо‘lmaydi. Umumilliy manfaatlar milliy manfaatlarga qaraganda ustuvor turadi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda milliy manfaat xalqaro munosabatlarda ikki ma’noda ishlatiladi: 1. Ma’lum bir davlat siyosatining maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi tadqiqot quroli sifatida. 2. U yoki bu davlat siyosatini oqlash uchun ishlatiladigan keng ma’nodagi siyosiy tafakkur tо‘g‘risidagi tushuncha sifatida. Har ikkala ma’noda ham milliy manfaat davlat siyosatining tashqi muhit bilan о‘zaro munosabati vositasi deb qaraladi. U faqat suveren davlatga xos va asosan tashqi siyosatga taalluqli: ichki rang-baranglik asosan davlat manfaati (jamiyat manfaati) deb hisoblanadi 16 . Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, islohotlarning samaradorligi va umuman mamlakatning ichki taraqqiyoti davlatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liqdir. Bu о‘rinda shuni ta’kidlab о‘tish muhimki, О‘zbekiston jahon xamjamiyatining mustaqil subyekti sifatida о‘zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini respublika rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan mustaqillik g‘oyalariga asoslangan milliy g‘oya ruhida olib boradi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda
16 Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati. – T., JIDU, 2005, - B. 72. О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat faoliyati sohasidagi milliy istiqlol g‘oyasi asoslarini о‘quvchilarga quyidagicha talqin etish lozim: Birinchidan, tashqi siyosatni teng huquqlilik va о‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida tashkil etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; Ikkinchidan, biron-bir davlatning ta’sir doirasiga tushib qolishga yо‘l qо‘ymaslik, jahondagi barcha mamlakatlar bilan о‘zaro munosabatlarni mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar о‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilash; Uchinchidan, ikki tomonlama va kо‘ptomonlama shartnomalar asosida о‘zaro foydali aloqalarni о‘rnatish; Tо‘rtinchidan, mamlakatning jahon xо‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotida keng ishtirok etishi uchun ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etish. Siyosiy masalalarini mustaqil hal qilish tajribasi amalda bо‘lmagan bir sharoitda О‘zbekiston Prezidenti mamlakat yetakchisi sifatida respublika tashqi siyosiy faoliyatini rivojlantirishning milliy-g‘oyaviy negizlarini belgilab berdi. Bu negizlar I.A.Karimovning “О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li” 17 kitobida о‘z aksini topdi va milliy- ma’naviy davlat konsepsiyasi darajasiga kо‘tarildi. Prezidentimiz I.A.Karimov zimmasiga yо‘q narsani yaratish mas’uliyati yuklangan edi. Aynan milliy g‘oya insonlarni milliy g‘ururli, or-nomusli, halol-pok, iymonli, e’tiqodli, sadoqatli, vatanparvar etishga chorlaydi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...xalqimizning asriy an’analari, urf-odatlari, tili va ruhiga asoslangan holda milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mushtaraklikda kelajakka ishonch, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, insonparvarlik, vijdonlilik, mardlik va chidamlilik adolat, bilimga va ma’rifatga intilish tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga yetkazish uchun xizmat qilmog‘i darkor. U davlat fuqarolarining buyuk maqsad yо‘lidagi ruhiy yaqinlashuviga hamkorlik etmog‘i lozim” 18 .
fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi asosida hayotda mafkuraviy jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdor. Bosh islohotchi sifatida davlat ijtimoiy-
17 Karimov I.A. О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li. – T.: О‘zbekiston. 1992 18 Abilov U. Milliy g‘oya: ma’naviy omillar. – T.: Ma’naviyat, 1999. – B. 5. siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatda milliy istiqlol g‘oyalarini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi. Buni xorij tajribasida ham yaqqol kо‘rish mumkinligiga о‘quvchilar e’tiborini qaratish zarur. Bu mamlakatlarda yuzaki qaragandagina, g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta e’tibor berilmaydigandek tuyuladi, xolos. Masalan, AQShni olaylik. Bu yerda har bir inson ongiga “Sen amerikaliksan, ozodsan”, “sening ozodligingga daxl qilishga xech kimning xaqi yо‘q”, degan g‘oya bolaligidan singdiriladi. Natijada bu mamlakat fuqarosi, dunyoning qayerida bо‘lmasin, “Men- amerikalikman” deb g‘ururlanadi va atrofdagilarni ham shu fikrga bо‘ysindiradi. Yoki Angliya va ingliz tili amal qiladigan davlatlardagi maktablarda “men” sо‘zini bosh harf bilan, “siz” sо‘zini esa, aksincha, kichik harf bilan yozishga о‘rgatiladi 19 . Shuning uchun Ismoil Gaspirali “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi kо‘pdir. Ulug‘ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan о‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz... Ovrupada nimani kо‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-xushli insonlardek “Bu nimadir? Oqibati nima bо‘ladi? Vijdon va xaqqoniyatga uyg‘unmi?” deya aql tarozisiga tortib olamiz”, – deb ta’kidlagan edi 20 . Bu da’vat bugungi murakkab bir sharoitda о‘z dolzarbligini yо‘qotgani yо‘q. Chunki ota-bobolarimiz о‘gitlarida о‘zlikni anglash, dunyoviylikka intilish, bosiqlik va bag‘rikenglik bizga meros qolgan. Bular esa о‘z navbatida ajdodlarimiz orzu qilgan mustaqillik, mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlashning asosiy omillaridir. Dunyoni termoyadro xavfidan qutqarish, xalqlar va davlatlar о‘rtasida mо‘tadil iqlimni vujudga keltirish, diniy ekstremizm, fanatizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, narkotik moddalarning tarqalishiga chek qо‘yish singari global muammolarni, mintaqaviy mojarolarni bartaraf etishda yuksak siyosiy madaniyatga erishish XXI asrning dolzarb masalalaridandir. Prezident I.A.Karimovning BMT 48-sessiyasida ushbu global muammolar yechimi yuzasidan bildirgan quyidagi mulohazalari e’tiborga molikdir: “Dunyo mojarolarini hal etishda sharqona munosabatlar ilmini egallash zarur”. Sharqona
19 G‘aniyev A. G‘arb olamidagi axloqiy muammolar. – T.: Voris, 2007, – B. 6. 20 B.Qosimov Milliy uyg‘onish. - T.: Ma’naviyat. 2002. – B. 33. munosabatlar esa asrlar davomida shakllangan va Prezidentimiz tomonidan asoslangan milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillarida о‘z aksini topgan. Ular quyidagilar: - insonparvarlik tamoyili; - milliy maxdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bо‘lish; - adolat, tinchlik, tenglik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini о‘zida ifoda ettirish; - jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bо‘lish; - insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish; Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bо‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yо‘lida hamkor va hamjihat bо‘lib yashashini anglatadi 21 . Diniy bag‘rikenglikning rivojlanishi va mustahkamlanishi barcha insonlarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy istiqlol g‘oyasining maqsadlarini amalga oshirish yо‘lida birlashtiradi. U nafaqat insonlarning ongidan, balki qalbidan о‘rin olishiga yordam beradi. Bu g‘oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun dunyo xalqlarining hamkorligini nazarda tutadi. Hamkorlik esa halollik va poklik, mehr-shafqat, yaxshilik, tinchlik va dо‘stlik kabi insoniy fazilatlarga tayanadi. Shuning uchun Prezidentmiz I.A.Karimovning “Insonning insoniyligini uyg‘otmoqchiman” degan fikrlari muhim ahamiyatga ega. Dars yakunida о‘quvchilar diqqatini quyidagi fikrlarga qaratish zarur: 1. Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish va О‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan kо‘p tomonlama siyosat yuritish davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartidir. 2. Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosatining asosida davlatlar mustaqilligi, respublikalardagi barcha xalqlarning manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi yotadi.
21 Milliy itsiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. 2001. – B. 168. 3. Jahonni, xususan, Markaziy Osiyoni mafkuraviy bо‘lib olishga urinishlarning asosida muayyan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy geosiyosiy manfaatlar yotadi. Xalqlarni ma’naviy-mafkuraviy tobe etishga bо‘lgan harakat – hozirgi davrning asosiy xususiyatidir; 4. Hozirgi globallashuv davrining xususiyatlari mafkuraviy jarayonlarning umuminsoniy, gumanistik bunyodkorlik yо‘nalishini kuchaytirish uchun mintaqadagi har bir davlatdan nafaqat о‘z ichki imkoniyatlaridan, balki tashqi omillardan ham oqilona foydalanishni taqozo etadi.
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli Mashg‘ulot vaqti-2 soat O‘quvchilar soni: 25 – 35 gacha Nazariy mashg‘ulot rejasi 1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari 2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari. 3.
G‘oyaviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari
xurujlarning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari va unga qarshi kurashda ta’lim tizimi oldidagi vazifalarni tushuntirib berish.
pedagogik vazifalar: O‘quvchilarga Jahon mafkuraviy manzarasini unda
kechayotgan turli
darajadagi xurujlar haqida tushuncha berish. Ma’naviy xurujlarning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari. Iqtisodiy globallashuv ta’sirini tushuntirib berish. O‘zbek xalqi ma’naviy-ruhiy qiyofasi takomillashuvi mafkuraviy tazyiqlarga qarshi kurashning muxim omili ekanligini tushuntirish.
O‘quv faoliyati natijalari: O‘quvchilar Jahon mafkuraviy manzarasini unda kechayotgan turli darajadagi xurujlar haqida xususida ma’lumotga ega bo‘lishadi; Ma’naviy xurujlarning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari. Iqtisodiy globallashuv ta’sirini tushunib etishadi. O‘zbek xalqi
ma’naviy-ruhiy qiyofasi takomillashuvi mafkuraviy tazyiqlarga qarshi
kurashning muxim omili ekanligi haqida tushuncha hosil qilishadi. Ta’lim berish usullari “piramida”, “Qanday”, “FSMU”, “Insert” texnologiyalardan foydalanish, muammoli usul, munozara, suhbat, aqliy hujum, tezkor-so‘rov Ta’lim berish shakllari Jamoaviy, guruhlarda ishlash;
Ma’ruza matni, o‘quv materiallari, marker, skotch, qog‘oz
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya
Og‘zaki nazorat: savol-javob
О‘ZBEKISTONNING BARQARORLIGI VA
HAVFSIZLIGIGA RAXNA SOLUVCHI TAHDIDLARGA QARSHI
MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH YО‘LLARI
Mavzu : “О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari” mavzusida nazariy mashg‘ulotning
1 bosqich. Kirish (10 daqiqa) 1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi,
o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova) Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi 1.4. Mashg‘ulotni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi Yozib oladi 2 bosqich. Asosiy
jarayon (40 daqiqa) 2.1. Mavzu rejasining birinchi punkti rejasi bo‘yicha ma’ruza qiladi (2-ilova) Ma’ruza bo‘yicha “piramida” usulidan foydalangan holda o‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Globallashuv nima? (3-ilova) 2.2. Mavzu rejasining ikkinchi punkti bo‘yicha ma’ruza qiladi (4- ilova). Ma’ruza bo‘yicha «Qanday” usulidan foydalangan xolda o‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Ma’naviy tahdidlarni tahmin etuvchi vositalar nima? (5-ilova) Yozadi, savolga javob beradi.
javob beradi.
Mavzuning uchinchi punkti e’lon qilinadi. (6-ilova) Mavzuda bayon etilgan masalalarni mustahkamlash «Kichik guruhlarda ishlash» orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. “FSMU” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (7-ilova). Bu texnika guruhlarda ijodiy ishlashga yordam beradi, qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar Guruhlarda ishlaydilar.
3 bosqich. Yakuniy
bosqich (30 daqiqa) 3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
Tinglaydilar 3.2. O‘quvchilarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi
Yozib oladi 3.3. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar beradi (8-ilova)
Javob yozadi 3.4 Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi va “Aqliy xujum” usulida jadvalga mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raydi (8-ilova). ”Insert” usulida jadvalni to‘ldiradi.
1-ilova
MAVZU: О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari .
1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari 2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari. 3. G‘oyaviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Jahon mafkuraviy manzarasini unda kechayotgan turli darajadagi xurujlar haqida tushuncha berish. Ma’naviy xurujlarning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari. Iqtisodiy globallashuv ta’sirini tushuntirib berish
O‘quv faoliyatining natijasi: O‘quvchilarga Jahon mafkuraviy manzarasini unda kechayotgan turli darajadagi xurujlar haqida bilimga ega bo‘lishadi.
2-ilova
Insoniyatning aql salohiyati o‘sib borgani sari uning ehtiyojlari ham oshib bormoqda. U bugun kechagiga qaraganda, ertaga esa undan-da ko‘proq yaxshi yashashga, moddiy-ma’naviy barkomollikka ershishga va farovon hayot kechirishga intilmoqda. Aslida bu insoniyat taraqqiyotining mazmuni, uning hayot kechirish qonuniyati va falsafasi hisoblanadi. Agar ana shu intilish bo‘lmaganda insonlarning boshqa mavjudodlardan farqi ham qolmagan bo‘lur edi. Shunday ekan uning intilish va harakatlarining nimasi yomon? Muammo, ana shu intilishlarda moddiy manfaatdorlikka bo‘lgan intilish bilan ma’naviyatni unga mos ravishda rivojlantirishga bo‘lgan zaruriyat o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolib borishida namoyon bo‘lmoqda. Buni yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar o‘zlarining ulkan intellektual salohiyatlari bilan fan, texnika va texnologiyaning eng zamonaviy turlarini yaratib, ular vositasida mintaqalarda mavjud bo‘lgan xom-ashyo resurslarini qo‘lga kiritishning eng jirkanch uslublaridan foydalanib, ana shu mintaqa xalqlarini avvalo moddiy jixatdan qaram qilish hamda bu omil vositasida ularni o‘ziga xos ma’naviyatini ham barbod qilish yo‘li bilan uning o‘rniga o‘zlarining ma’naviyatini ommaviylashtirishdek ma’naviy amaliyotida
namoyon
bo‘layotganligida ko‘rish mumkin.
3-ilova 1-o‘quv to‘shiriq «piramida» organayzerini to‘ldiring
Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari? 4-ilova 2-MASALA BAYONI. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.
Globallashuvning insonlar, millatlar, mamlakatlar va mintaqalarga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri bugunning o‘zida yaqqol namayon bo‘lmoqda. U iqtisodiyoti yuksak taraqqiy qilgan yirik mamlakatning yetakchiligini ta’minlashga, ularning kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlar resurslarni qo‘lga kiritish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Siyosat sohasida xuddi ana shu mamlakatlarning o‘zlarining demakratik qadriyatlarni ommalashtirishga xatto kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham millatlar, halqlar va mamlakatlar hayotiga joriy qilishdek mudxish amaliyotni qo‘llash imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Bu jarayonning milliy-ma’naviy hayotga, axloqiy qadriyatlar, urf-odat va an-analarning yemirilishiga o‘tkazayotgan ta’siri ayniqsa shiddat bilan rivojlanmoqda. Bu salbiy jarayonning bugungi oqibatlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh sekretari Kofe Anan shunday baholagan edi: “millionlab va millionlab fuqarolar o‘zlarining shaxsiy tajribalaridan shunga amin bo‘lmoqdalarki, globallashuv taqdirning mukofati emas, balki ularning moddiy farovonligini yoki ularning odatga aylanib qolgan turmush tarzini barbod qiluvchi kuchdir. Bu fikrning aytilganiga 9 yildan ortiq vaqt o‘tdi.
5-ilova 1-o‘quv to‘shiriq «Qanday» organayzerini to‘ldiring Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi.
Download 485.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling