Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 94.95 Kb.
|
Фотима
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TILLAR FAKULTETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI 5111200-O’zbek tili va adabiyoti 3-kurs 307-guruh talabasi Komilova Fotimaning “Anbar Otin asarlarida sharq ayollarining taqdiri masalasi” mavzusidagi KURS ISHI Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar: Kafedra mudiri: PhD G.F.Atabayeva PhD F.Burxanova “___” ___ 2022 y. “___” ___ 2022 y. Toshkent-2022 MUNDARIJAKIRISH 2 I-BOB. ANBAR OTIN IJODIYOTIDA XALQ TURMUSH TARZI VA SHARQ AYOLLARI MASALASI 6 1.1. O‘zbek adabiyotshunosligida Anbar Otin Ijodining o‘rganishi. 6 1.3 “Qarolar falsafasi” risolasida shoira dunyoqarashing muhim tomonlari 13 II BOB. ANBAR OTIN G‘AZALLARIDA BIR-BIRIGA QARAMA-QARSHI MOTIVLARNING QO‘LLANISHI 22 2.1 Anbar Otin g‘azallaring umumiy mohiyati. 22 2.2 Mumtoz adabiyotda g‘azal janrining o‘rni 31 XULOSA 39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 52 KIRISHAdabiyot xalqning yuragi, elning ma‘naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Shavkat Mirziyoyev. Biz sizlarning har biringizni o‘zbek adabiyoti va madaniyatining mohir bilimdoni va jonkuyar targ‘ibotchisi, O‘zbekistonning chinakam do‘sti, ma’naviyat sohasidagi ishonchli hamkorimiz deb bilamiz va sizlarning oliyjanob faoliyatingizni yuksak baholaymiz.Fursatdan foydalanib, milliy adabiyotimizni o‘z yurtingizda va xalqaro maydonda beg‘araz targ‘ib va tashviq etib kelayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik izhor etishni o‘zimning sharafli burchim, deb bilaman.G‘oyat muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega.Bundan yigirma yetti yil oldin xalqimizning xohish-irodasi va azmu qarori bilan qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik biz uchun jahon xalqlarining erkin va ozod oilasiga teng huquqli a’zo bo‘lib kirish, dunyo hamjamiyati bilan barcha sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar sohada samarali hamkorlik o‘rnatish imkonini yaratib berdi.Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz.Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega.Ayniqsa, hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan, biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar, global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish, shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda, dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan ham yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan e’tiborga molik ishlar, xususan, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini izchil rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm va ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani haqida sizlar konferensiya ishi davomida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lasiz, deb o‘ylayman.Bu haqda gapirganda, bir fikrga alohida urg‘u berishni o‘rinli, deb bilaman.Biz O‘zbekistonda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik”1 degan chuqur ma’noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g‘oyat jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz.Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo‘lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo‘yicha o‘ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta’kidlash lozim. Shavkat Mirziyoyev (2017 yil 3-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida adiblar xiyoboniga tashrif chog‘idagi nutqidan) Download 94.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling