Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


“Qarolar falsafasi” risolasida shoira dunyoqarashing muhim tomonlari


Download 94.95 Kb.
bet4/7
Sana02.02.2023
Hajmi94.95 Kb.
#1146741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Фотима

1.3 “Qarolar falsafasi” risolasida shoira dunyoqarashing muhim tomonlari

Badiiy adabiyot har bir inson ma’naviy dunyosini bebaho insoniy fazilatlar, go‘zal tuyg’ular, o’lmas milliy qadriyatlar bilan boyitadi. O‘zbek adabiyoti ham o‘zining bitmas-tuganmas xazinasiga ega. Bu xazinasini rang- barang javohirlar ila to‘ldirgan ijodkorlarimizni e’tirof etmoqlik baxtdir. Xususan, bizning Qo‘qon adabiy muhitimiz ma’naviy merosimizning salmoqli o‘rnini egallaydi. Qo‘qon adabiy muhitining vujudga kelishida juda ko’plab ijodkorlarimiz o‘zining beqiyos hissalarni qo‘shganlar. Gulhaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Amiriy kabi qalam ahllari o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘zining betakror ijodlari bilan boyitganlar. Bular orasida ayol shoiralar ham alohida o’rin egallaydi. Nodira, Uvaysiy, Dilshodi Barno, Anbar otin kabi shoiralar ham Amiriy asos solgan Qo‘qon adabiy muhitining iste’dodli vakillaridandir.


Bu ayol shoiralarimiz orasida ijod yo‘nalishining o‘zgachaligi bilan ajralib turgan
ijodkor bu- Anbar Otindir. Anbar Otin Farmonqul qizi Qo‘qonda kambag‘al kosib
oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonqul asli marg‘ilonlik bo‘lib, shoira Uvaysiyning jiyani
bo‘lgan. Onasi Ashurbibi Qo‘qonlik bir kosibning qizi bo‘lgan. Bo‘lajak shoira 7 yoshidan boshlab o‘z mahallasidagi Dilshodi Barno maktabida ta’lim olib, ilmning sir-
sinoatlaridan bahra olgan. Adabiyot atalmish bo‘stonda hech bir ijodkor yo‘qki , Navoiy
hazratlari ijodini sevmagan, ta’sirlanmagan bo‘lsa11. Anbar otin ham Navoiy va Uvaysiyni o‘ziga ustoz deb bilgan.Keyinchalik o‘zi ham maktabdorlik qilgani uchun
ham’’ Otin’’ nomini olgan. U o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. U uzoq umr ko‘rmagan.1870-1910-yillarda yashagan. U umrining ko’p qismini to’shakda mixlangan holda o’tkazgan. “Bir yig‘inda haqni aytib , baloga qolib zinadan quvlanganimda ayog‘im chiqib yotib qoldim’’-deb yozadi. Anbar Otinning adabiy merosi: devoni 1905-yilda yozilgan bo‘lib, unga 41 g’azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 mustazod va shoiraning she’riy tarjimai holi vasnaviy shaklda kiritilgan. Risolalari “Mushoira”, “ Qarolar falsafasi risolasi.’’
Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal kashfiyot bu “Qarolar falsafasi risolasi’’dir. Anbar Otin adabiyot tarixida ilk bor falsafiy-publisistik yo‘nalishda ijod qildi. Bu asarda shoira qora so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka keng urg‘u beradi.
Biz bilamizki, qora rang ko‘proq motamni ifodalaydi, shuning uchun qora rang ko‘proq salbiy ma’noda izohlanadi [ qora niyat, qora kuchlar]. Lekin adabiyotimiz tarixiga nazar solsak, hazrat Navoiy ijodida ham juda ko’p o‘rinlarda qora rang muhim ro‘l o‘ynaydi. Biz buni taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulov tadqiqotlarida kuzatishimiz mumkin. Xususan, “Qora rang-muborak rang” maqolasida shunday yozadi. Alisher Navoiy “Sab’ayi sayyor “ dostonida “Farrux va Axiy sarguzashtlari” ni aks ettiruvchi mashhur hikoyat o‘rin olgan.Ushbu hikoyaning so‘nggida esa ushbu misralarni o‘qiymiz.
Qaro rang elga toju darakdur,
Kim qaro rang ichradur muborakdur.
“Qora rang elning boshiga toj bo’ldi. Kim shu rangda kiyinsa muborak boldi”. Adabiyotshunos olimimiz shunday talqin qiladi: “Qora rang-yoshlik ramzi, kimning boshi qora bo’lsa, unga bu muboraklikdir. Negaki, yoshlik elning “toju torak” demak”. Mana yuqoridan ko’rinib turibdiki, qora rang faqat motam emas, balki muboraklik ramzidir12. Ushbu qarashlar bilan hamohanglikni Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” risolasida kuzatamiz. Umuman Anbar Otin ijodida Navoiy qarashlari yaqqol seziladi. Sababi, biz aytib o‘tdik Anbar Otin Alisher Navoiyni o‘z ustozi deb hisoblagan.
“Qarolar falsafasi” risolasida shunday satrlar bor: “Aksar janub va sharq xalqlari monandi Arab, Eron, Afg‘on, Seylon, Hind va Kashmir xalqlari qaro yuz, oqko‘ngil
xaloyiq erurlar. Ul xaloyiq aslzoda oq tanlar kabi andon, a’zoi badan, qo‘l oyoq, til, ko’z,
aql-xush, g‘ayrat va tafakkurga moyildurlar.
Mana shu o‘rinda bir hoji ona bilan suhbat yodimga tushdi. Hoji onamiz haj ziyoratiga borganlarida oldilariga bir qop-qora habash terlab-pishib kelib ‘’tirganini, o‘zini esa biroz ijirg‘anganini, keyin esa bu qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lganini aytgan edi. Chunki, bir necha vaqtlar o‘tgach boyagi “qop-qora” lekin, ko‘ngli oq, dili bilan tili bir, iymoni mustahkam bu habash inson “Qur’onu Karim” oyatlarini shunday tilovat bilan o‘qiganki, atrofdagi barcha, hoji onamiz ham ko‘zidan yoshlari sel bo’lib oqqanini so’zlab berdilar. Bu kabi holatlar hayotimizda talaygina.
Haqiqatdan ham Anbar Otin bu asarida o‘zining dunyoqarashini batafsil ko‘rsatib bergan.Asarning 2-faslida farqi qarolar taqdirini ko‘rsatadi. Biz musulmon ayollarida sochni 2 qismga ajratish odat bo’lgan. o‘rtadagi yo‘l esa farq deyilgan. Farqi qarolar – bu ayollar. Ayollar avvalo onadir. Shoiramiz ushbu faslda mana shu mukarram zot- ona haqida teran fikrlaydi. To‘qqiz oy farzandini ko‘ksida ko‘targan, m,ing azob bilan uni dunyoga keltirgan zot ham qaro soch, qaro ko’z, qaro xollidir13. Bu asarni o‘rganishda, o‘rgatishda juda ham e’tiborli bo‘lmog‘imiz, har bir so‘zni teran tahlil qilib o‘quvchiga yetkazmog‘imiz zarur.
Buyuk shoir Nizomiy ta’kidiga ko‘ra, dunyodagi biror bir rang qoralikdan yaxshi
emas. Hattoki, “ Das siyohi shukuh dorad moh “ –“Oy ham qorong‘ulikda shukuhlidir”.
Qora rangli ijobiy sifatli narsalar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish jarayonida ushbularni hisobga olsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Qora qozon-taom beradi.
Qora qumg’on-choy uzatadi.
Qora qo’chqor, qora ot- eng oliy zotli hayvonlar.
Qora qalam-bilim beradi.
Qora soch- yoshlik ramzi Qora qosh, qora ko’z- go‘zallik ramzi.
Anbar Otinning risolasini o‘qir ekanmiz, bizni mudom o‘ylashga, fikrlashga
chorlaydi. Hozir XI sinf adabiyot darsligida xuddi shu “Qarolar falsafasi risolasi “ dan
boblar berilgan. Biz pedagoglar mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarga ushbu
asar orqali to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmog‘imiz, asaning tarbiyaviy ahamiyatini singdirmog‘imiz
lozim. “Qarolar falsafasi” asari 1910 yil yozilgan. Nomidan ko‘ringandek risola ( asar avtograf qo‘lyozmada 43bet) falsafiy ruhga ega. Uni shoira “ Qarolar falsafasi” deb atagan. Uning “Qarolar falsafasi” deyilishiga sabab zulm va zulmat dunyosida yashagan va bu dunyo jabr sitamlari ostida ezilib umr kechirgan xalq falfasasi bo‘lgani uchun ma’joziy ma’noda uni shoira shunday atagan. “Qarolar falsafasi” risolasida shoira dunyorashining muhim tomonlari aks etadi. Siyosiy-ijtimoiy, falsafiy masalalaridan tortib, adabiy-ijodiy masalar ustida bahs ochiladi va bu tog‘risida shoira qarashlari chuqur va orginal mulohazalari bayon qilinadi. Risola mazmuni bilan jiddiy tanishib chiqish shuni ko‘rsatadiki, uning muallifi hech shubxasiz qudratli-tabiiy iqtidorga ega bo‘lgan zo‘r murafakkir bo‘lgan. Shunisi diqqatga sazovorki, katta tahsil ko‘rmagan lekin o‘z tabiiy iste’dodi bilan murakkab tarixiy davrdagi hayotiyv hodisalarni juda to‘g‘ri va chuqur tushungan bu mutafakkir eng ilg‘or pazitsiyalarda turadi, davrining muhim va murakkab muammolarini ijtimoiy fikr nuqtai nazaridan turib xal qilib beradi14.Anbar otinning “Qoralar falsafasi” asari faqat adabiyot tarixi jihatidan emas, balki ijtimoiy fikr , san’at estetik tafakkur taraqqiyoti tarixi nuqtai nazaridan ham favqulotda muhim ahamiyatli asardir. “Qoralar falsafasi” risolas kichik muqadima va 4 fasldan tashkil topadi. Birinchi fasl qaro narsalar – qaro baxt, qaro niyat, qaro tusli xalqlar ta’rif tavsiyasiga bag‘ishlanadi.Shoira tushunchasida, bu “kajrafdor falak” (“teskari aylanuvchi falak”) zamonani, butun dunyoni, undagi hamma narsalarni zulmat chodraga burkab olgandir. Qorong‘ulik bosgan bu borliqda qaro baxt, qaro niyat va qaro fikr javlon uradi. Qaro tunda qaro baxt hukmronlik qilgani shuki, mehnatkash xalq zulumga va jabru-jafoga mahkumdirlar. Shoira qaro tanliklar haqida to‘xtab, irqiy tushunchalarni rad etadi. Qaro tanli bo‘lish qaro baxt nishonasi emas, odamlarbadanlarining tusidan qat’iy nazar huquqlarida tengdirlar deb tasdiqlaydi muallif. Ikkinchi faslda- onalik sharafi haqida so‘z boradi. Qaro farq (farq- onalar boshidagi sochlarni ikkiga ajratib turadigan chiziq yo‘li ma’nosida ishlatilgan) egasi bo‘lmish bu zot tabarruk va mo‘tabardir. “Aflotun va Arastuni, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bekni, Jomiyni, Sadjiyni, Navoiyni, Firdavsiyni, Bedil va Xayyomni, Nodira va Uvaysiyni…” “yorug‘ dunyoga keltirgan va tarbiyalab ulg‘aytirgan jafokash va mehribon insondir. Shunday ulug‘ zot qaro zulmat xukmronlik qilgan shu zamonda Sharaf-e’tibor topmagan. Ularga bo‘lgan e’tibor “chumoliga bo‘lgan e’tibordin ham kamroqdir”. Uchinchi faslda baxti qarolik nima, degan masala bayon qilinadi. Haqiqiy baxti qarolar shunday kishilarki, ular boylik orttirish uchun ming turli xiyla-nayrang ishlatadilar, qabih yo‘llarga kiradilar, mehnat ahli hisobiga yashab, ular lanatga o‘rab umr o‘tkazadilar. Bunday haqiqiy baxti qarolar shoiralar ichida ham bor. Din nomidan “nasihat” qiluvchi shoirlar, laganbardorlik bilan hokimlarga xizmat qiluvchi adabiyot baxti qaro adabiyotidir. Bu faslda shoira ilgari surgan yana bir muhim fikr shuki, insonlarga baxti qarolar zulmi ostida yotishi kerak emas, ular uchun “najot yo‘lini” axtarish lozimdir15. Najot yo‘lini esa tadbirkor ruslar bilan aloqada bovlish, ular bilan hamkorlik qilish bilan qovlga kiritish mumkin. Shoira masalaning bu nuqtasiga alohida e’tibot berib, o‘z fikrini quidagicha ta’kidlab uqrirasi: “…ichkari rus muzofotlarida ulug‘ rahmonlar maxfiy harakar qilib, xaloyiqqa najot yo’llarini fahmlatmoqqa qodir ekanlar…mazkur ruslar bilan mustahkam aloqa qilmoq lozim bo‘lur” ko‘rinib turibdiki, shoira bu yerda najot yo‘lini ozodlik yo‘lini topish uchun Rossiyada revolutsion harakatga boshchilik qilayotgan ulug‘ rahnamolar bilan birlashishga, ular bilan aloqa bog‘lab birgalikda harakat qilishga chaqiradi16. To‘rtinchi faslda qaro zulmatni parchalash kerakligi to‘g‘risidagi go‘yani ilgari suradi. Bu to‘rtinchi fasl risolada bayon qilingan butun fikrlarning mantiqiy xulosasi bo‘lib, hayotni qoplab olgan qaro zulmat haqidagi mulohazalar, uni parchalab tashlash zarurligi haqidagi revolutsion chaqiriqlar bilan yakunlanadi. Bu yerda alohida diqqatga sazovor nuqta shundaki, shoira zulmatni parchalash uchun keskin kurash olib bormoq zolimlarga qarshi muboriza qilmoq kerak deydi. Bu bilan shoira Anbar otin 1905 yildan keying davrning eng ilg‘or ijtimoiy fikrlari darajasiga ko‘tarilgan va ongli ravishda mustahkam revalutsion pozitsiyada turgan shoira sifatida turadi. Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal adabiy kashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at va jasoratn ing, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zal namunasidir. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanib qolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqida boy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq va madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. U inson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Qora so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, Anbar Otin mahalliy va rus hukumati vakillarining birgalashib uylarini tortib olgani, oqibatda katta oilaning kichik hovlichada qamalib qolgani haqida ham she’riy misralar bitgan. Muhimi, u «ikki yoqlik zulmni» ko‘plardan oldin ko‘ra bilgan va atrofidagilarni uni bartaraf etish uchun chorlagan edi. Anbar Otin uzoq umr ko‘rmagan bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini to‘shakda mixlangan holda o‘tkazgan. Ammo u kuchli iqtidor bilan birgalikda mustahkam irodaga ham ega edi: «Falak i jomakabud1 dastidin yuz dodki, – deb yozadi u. – bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi». «Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal adabiy kashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at va jasoratn ing, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zal namunasidir. Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayi siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanib qolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqida boy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq va madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. U inson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli jihatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Qora so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, shoira ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi. Ijtimoiy adolatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Anbar Otinning ayollar, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari bugun ham o‘zining ijtimoiy hamda badiiy-estetik dolzarbligini yo‘qotgan emas. shoira ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi. Ijtimoiy adolatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Anbar Otinning ayollar, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari bugun ham o‘zining ijtimoiy hamda badiiy-estetik dolzarbligini yo‘qotgan emas. Tanqidiy – badiiy shakldagi bu yo‘nalish “Qarolar falsafasi” risolasida falsafiy – taxliliy shakl kasb etadi.
“Qarolar falsafasi” asari asosan bir – birining ziddi bo‘lmish ikki muammmo – ijtimoiy adolat va ijtimoiy zulm tushunchalariga bag’ishlangan. Risola ko’p o’rinlarda falsafiy - majoziy talqinlardan iborat. Chunonchi, risola davomida ayniqsa, uning birinchi faslida qora va oq ranglarining majoziy hamda botiniy mohiyati o‘ziga xos ta’sirida ifodalanadi. Qora mehnati tufayli dunyoni yashnatayotgan insonlar qalbining oqligi, oq tana – yu oq bilak kimsalar qilayotgan ishlarining qoraligi tanqidlanadi va ular shu orqali axloqiy mazmun kasb etadi. Anbar otin shunday deb yozadi: “Ul qaro halq oftob so‘zanida mehnat qilib, o‘zlari har qancha kuyganlari holda, xosillarini hamtovoqlariga tufxa qilurlar17. Misol andoqdurki, qozon bovujud qoradur, o‘zi o‘tda kuyib qora g‘ulgoni holda ovqat pishirib odamlarni to‘ydirur.
Ul zamonda odam axloqiy ul darajada eturki, xurusi mijoz gala xotunlik rusumini tark etar va har er bitta xotin ila farogatvor kun kechirgay …
Ul vaqt qizlar ilmi dunyoviy taxsiliga muyassar bulur, urfon taxtida qaror topib, ellar va urug‘lar safiga doxil bo‘lurlar, alar xayratga va mehnatda erlarga hamfo va var bulub, obru topib, xurmat va iqromga sazovor bulurlar”.
Anbar otin adolatli podsho muammosiga alohida to‘xtalib, o‘sha davr uchun nihoyatda orginal, kutilmagan va xozirgi zamonda ham ahamiyatini yo‘qotmagan fikrlarni bildiradi. U, dastavval “urus keldi” deganda hamma ma’rifat axli, endi halqning, ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy xayoti yaxshi tomonga o‘zgaradi deb kutganini, lekin bu ishonch oqlanmaganini, aksincha, urush podshox musulmonlarga zarrachayinki xalovat bermaganini aytadi. Ba’zi bir ruslar xukmronligini oqlaganlarga qarshi shunday deydi: “Agar urus shoxi darhaqiqat odil bo’lsa, va aning xoxishi qaram halqlar ham urus misoli ozod bo’lsun va barcha xaloyiq urus birla barobar bulub ruhgor kechirsun desa, amorat va xukmronlik qonunini din qonunlaridan mustasno keltursin”. Boshqa bir o‘rinda faylasuf – shoira: “Davlat ishini dini islomdin yiroq tuting…”, degan fikrni bildiradi.
Qarshi birlashmoq, qo‘lda qurol bilan chiqmoq. Bu yo‘lni shoira shunday ifodalaydi:
“albatta, aqlu – idrok va jamoatga taqya qilib, barcha shayx sufiylardan yiroq va barcha tarsu vaxmdin emin bo’lib, zolimlarga qarshi muboriza qilmoq, yakkalikdan xazar qilmoq, bu tadbirlar ila zulmni nobud etib, zulmaini bartaraf qilmoq zarurdir”.
Albatta, Anbar otinning barcha axloqiy qarashlarini mutloq to‘g‘ri deb qabul qilish nojoiz. Chunonchi, u sufiylik tariqatlarining hammasini mohiyatan reakstion, degan fikrni ilgari suradi va sufiylarni mustamlakachi amaldorlar ra’yiga qaraydigan rasmiy din peshvolari bilan chalkashtirib yuboradi. Lekin, shunga qaramasdan, Anbar otinning asarlari, ayniqsa, “Qarolar falsafasi” risolasi xozirgi kunda ham ijtimoiy – axloqiy ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Bundan tashqari, Anbar otin shoira va faylasuf olima sifatida ham, shaxs sifatida ham kishini xayratga soladigan darajada matonatli, pokiza inson, yuksak axloq egasi bo‘lgan. U umrini Turkiston xalqlari ma’naviyatini yuksaltirishga ba‘ishladi, nogiron bo‘lishiga qaramay, adolatning paxlavoni bo’lib kurashdi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimizga bu tom ma’nodagi qaxramon ayol orzu qilgan kunlar keldi, Anbar otinning olimona va shoirona bashorati amalga oshdi.


Download 94.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling