Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 94.95 Kb.
bet2/7
Sana02.02.2023
Hajmi94.95 Kb.
#1146741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Фотима

Mavzuning dolzarbligi. Ko‘p аsrlik tаriхgа egа mаdаniy vа аdаbiy mеrоsimizgа munоsаbаt istiqlоl tufаyli tubdаn o‘zgаrdi. Хаlqimiz tаriхi, dini vа аdаbiyoti, mа’nаviy qаdriyatigа e’tibоr kuchаyib, ulаrning mаvqеyini tiklаsh, хаlqa аsl hоlidа yеtkаzish imkоniyati pаydо bo‘ldi. Bu esа bоshqа sоhаlаr qаtоri аdаbiyotshunоslikdа hаm tеrаn ilmiy izlаnishlаr оlib bоrish, аdаbiy mеrоsgа yangichа nuqtayi nazardan yondashish zаrurаtini ko‘rsаtdi. O‘tmishdа yashаb ijоd etgаn shоir vа аdiblаr mеrоsini хоlisоnа o‘rgаnish vа munоsib bаhоlаsh hаr qаchоngidаn dоlzаrb vаzifаga аylаndi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mustаqilligimizning dаstlаbki kunlаridаnоq аdаbiyot аhligа hаr tоmоnlаmа yordаm ko‘rsаtish, ijоd erkinligini tа’minlаsh, аjdоdlаrimiz tоmоnidаn ko‘p аsrlаr mоbаynidа yoritib kеlingаn mаdаniy mеrоsni tiklаsh, tоm ma’nоdа tаhlil vа tаlqin etish bоrаsidа dаvlаt siyosаti dаrаjаsidа sаmаrаli ishlаrgа e’tibоr qаrаtdi. “Аgаr biz O‘zbеkistоnni dunyogа tаrаnnum etmоqchi bo‘lsаk, uning qаdimiy tаriхi vа yorug‘ kеlаjаgini ulug‘lаmоqchi, uni аvlоdlаr хоtirаsidааbаdiy sаqlаmоqchi bo‘lsаk, аvvаlambоr, buyuk yozuvchilаrning ijоdini chuqur o‘rgаnish, buyuk shоir,buyuk ijоdkоrlаrni tаyyorlаshimiz kеrаk. Shu bilan bir qatorda o‘zbek adabiyotining katta qismini tashkil etgan va tom ma’noda insonning bevosita estetik qarashlarini shakllantirishga xizmat qiladigan mumtoz asar na’munalarini o’rganish, tadqiqotlar olib borish lozim. Ayniqsa mumtoz adabiyotning nafis ayol vakillari ijodiniga zo‘r qiziqish bilan e’tibor berish lozim. Mumtoz adabiyotning, Turkiston ma’rifatparvarlarining yirik namoyondasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar otindir (1870). Uning Axloqiy qarashlari lirik – falsafiy she’rlarida va “Qarolar falsafasi” (1898) risolasida o‘z aksini topgan. Anbar otin ham, inson axloqiy darajasini aql, ilm – ma’rifat bilan bog‘laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog’iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariyat va tariqat namoyondalari aynib ketganligi, boylardan insof ko‘tarilganligi haqidagi fikrlar mardona ilgari suriladi. “Muqimiyga” “Mingboshi kal Omin xajviy”, “Olimjon xoji ta’rifi” kabi she’rlarida ana shu yo‘nalishini ko’rish mumkin. Tanqidiy – badiiy shakldagi bu yo’nalish “Qarolar falsafasi”2 risolasida falsafiy – taxliliy shakl kasb etadi.. Shuning uchun ham mumtoz adabiyot durdonalari va Anbar Otin ijodi haqida tatqiqot olib borish juda dolzarb deb hisoblaymiz.
Mavzuning organilish darajasi.Ta’kidlab ovtish joizki Anbar Otin hayoti va ijodi haqida adabiyotshunoslik va tanqidchilikda qator ishlar qilingan. Ayol ijodkorlar orasida Anbar Otin Nodiradan keyingi davrning yorqin adabiy siymosidir. Uning asarlarida milliy ongni uyg‘otish, jamiyatni taraqqiyotga undash, o‘z xalqini boshqa xalqlar bilan solishtirgan holda ilg‘or davlatlarga tenglashishga davat g‘oyalari yoniq soz bilan tashviq qilingan.Anbar Otinning hayoti va ijodiga bo‘lgan e’tibor o‘zbek adabiyotida 1960-yillardan boshlandi. Shoira ijodiyotini o‘rganish, to‘plash, nashr etish ishlari bilan professor A.Qayumov va F.Husainovalar shug‘ullanganlar. Ularning sayi harakatlari bilan 1963-yilda shoira she’rlari topildi va majmua holiga keltirilib, “Anbar Otin She’rlar” nomi bilan chop etildi. Shoira ijodini ommalashtirish maqsadida ushbu tadqiqotchilarning 1964-yilda shoira hayoti va ijodini yorituvchi “Demokrat shoira Anbar Otin” nomli risolasi bosilib chiqdi.1970-yili shoira asarlarining to‘ldirilgan nashri chop etildi. Adabiyotshunosligimizda shoira ijodi bo‘yicha izlanishlar izchil amalga oshirildi. 1966-yilda arab alifbosiga bag‘ishlangan “Yakka baytlar”i topildi. 1977-yilda esa adabiyotshunos M.Qodirova uning 17 she’rini o‘zbekcha tarjimasi bilan nashr ettiradi. 1991-yilda A.Jalolov “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti”3 nomli kitobida Anbar Otin ijodining tahliliga keng o‘rin ajratdi.

Download 94.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling