Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/64
Sana12.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#180091
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
kasbga yonaltirish ishiga rahbarlik qilish va uni rejalashtirish metodikasi

 

54 

duch keladilar, tarbiyaning yo‗llari va usullarini bilmaydilar. Ular odatda bolalarni 

tarbiyalashning  umumiy  yo‗l  va  usullaridan  foydalanadilar.  Usul  va  yo‗llarning 

mehnat  faoliyati  motivlarini  rivojlantirish  jihatdan  eng  samaralilarini  ajratish 

lozim. 

Bu usullar uch guruhga bo‗linadi: kasb-kor bilimlari berish usullari, kasb-

kor  yo‗nalishini  aniqlash  usullari,  o‗quvchilarni  kelgusidagi  mehnatga  amaliy 

ravishda tayyorlash usullari. 

Kasb-korlik  bilimlarini  berish  usullariga:  kasblar  bo‗yicha  tanishuv 

suhbatlari,  birgalikda  mehnatkashlar  haqidagi,  mehnat  faoliyatining  har  xil  turlari 

haqidagi,  turli  kasb  egalari  haqida  kitoblarni  o‗qish,  kinofilmlarni    ko‗rish  va 

muxokama  qilish;  bolalar  bilan  birga  ularning  ota-onalari  ishlaydigan  korxona, 

tashkilot,  jamoa  xo‗jaliklari,  fermalar  va  shu  kabilarni  kuzatish  ustaxonalariga 

borish va boshqa tadbirlar kiradi. 

Kasb-kor  yo‗nalishini  aniqlash  usullariga:  o‗quvchilarning  amaliy 

faoliyatini maqsadli kuzatish uslubi, muammoli vaziyatni vujudga keltirish uslubi, 

mehnatning  har  xil  turlarini  tajriba  uchun  tashkil  qilish  uslubi  va  xokazolardan 

iboratdir. Ana shu tadbirlar bolalarning qiziqishlari, moyilliklari va qobiliyatlarini 

aniqlashga xizmat qiladi. 

Nixoyat,  mehnatning  muayyan  sohasiga  ishlashga  amaliy  ravishda 

tayyorlash  uslublari.  Tanlangan  kasbga  oilada  amaliy  ravishda  tayyorlash  oila 

tarbiyasining zaif joyi bo‗lib qolmoqda. Kasblar bo‗yicha bilimlar berish va kasbga 

yo‗naltirishni  ozmi-ko‗pmi  amalga  oshirayotgan  ayrim  ota-onalar  bolalarga 

muayyan mehnatni amaliy ravishda o‗rgatishda yordamga muxtojdirlar. 

O‗quvchilaring  o‗z  kasblarini  aniqlab  olishlari  faqat  maktabning  ana  shu 

yo‗nalishda muntazam yo‗sinda olib boradigan muvaffaqatli ishlariga emas, balki 

oiladagi  tarbiyaga  ham  bog‗liqdir.  Lekin ota-onalarning  kasb tanlashga  ta‘siri har 

doim ijobiy bo‗lavermaydi. CHunki ularning ko‗pchiligi o‗z bolalarining qiziqishi, 

moyilligi,  qobiliyatlari  va  tanlagan  kasblarning  xususiyatlari  to‗g‗risida  etarli 

darajada  yaqqol  tasavvurga  ega  bo‗lmaydilar.  Ota-onalar  o‗z  bolalarida  hayotiy 

rejalarni  shakllantirishga  to‗g‗ri  yondasha  olmasliklari  sababli  xatoga  yo‗l 




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling