Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Jismoniy mashqlarni bir yilga taqsimlashning reja-jadvali


Download 1.2 Mb.
bet105/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Jismoniy mashqlarni bir yilga taqsimlashning reja-jadvali




Oylar




Mashqlarning
nomlari

Sentabr

Oktabr

Noyabr

Dekabr

va boshqlar







Haftalar




1

2

3

4

1

2

3

4

1

2

3

4











































«Mashqlarni nomlari» grafasiga barcha jismoniy mashqlar, mazkur yosh gruhi uchun bir yilga mo‘ljallangan harakatli o‘yinlar ham yoziladi.
Rejalashtirish va shu rejadan foydalanishning qulay bo‘lishi uchun ularni muayyan izchillikda: avvalo saf mashqlari, asosiy harakatlarning barcha turlarini, harakatli o‘yinlar harakat nomlari bilan, so‘ngra sport mashqlari, sport harakatlari kiritilgan o‘yinlarni yozish maqsadga muvofiqdir.
Dasturga muvofiq tarbiyachi o‘z yosh guruhi uchun har bir oyning haftalariga mo‘ljallab mashqlarni taqsimlaydi. Bunda mashqlar ishning qanday shakllarida foydalanilishini ko‘rsatadi.
Buning uchun shartli belgilardan foydalanishga to‘g‘ri keladi: M1 – birinchi jismoniy tarbiya mashg‘uloti, M2 – mashg‘ulot, E – ertalabki gimnastika, Es – ertalabki sayr, Kun s – kunduzgi sayr, Kech s kechki sayr, G m – gruhchalardagi mashg‘ulot, YA m – yakka tarzdagi mashg‘ulotlar, M m – mustaqil mashg‘ulotlar.
Jismoniy mashqlarni taqsimlashda bolalar bog‘chasidagi sharoit (bino, maydoncha hajmi), jismoniy tarbiya jihozlari, atributlar, iqlim-meteorologik omillar hisobga olinishi lozim.
Rejalashtirishning to‘g‘riligi tarbiyachilarning nazariy tayyorgarligiga, jismoniy mashqlarning texnikasini, bolalarda harakat malakalarini shakllantirish qonuniyatlarini, ta’lim bosqichlarini, ayrim harakatlarga o‘rgatish tizimini bilishlariga, shuningdek bolalar bilan ishlay olish tajribasiga bog‘liqdir.
Tarbiyachi avval o‘rganishga ko‘p vaqt talab etiladigan murakkabroq xarakatlar (sakrash, otish…) ni shuningdek har bir mashg‘ulot tarkibiga kiradigan (yurish, chopish) mashqlarini taqsimlaydi. U butun yil davomi bo‘yicha ma’lum bir harakatga o‘rgatish jismoniy tarbiya mashg‘ulotining nechtasida amalga oshirilishini, malakalarni mustahkamlash va takrorlash sonini belgilaydi; gruhchalarda va sayrlarda yakka holda mashg‘ulotlar o‘tkazilishini belgilaydi.
Bola organizmiga har taraflama ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jismoniy mashqlarning har-xil turlarini kiritib borish lozim. Jismoniy mashqlarni taqsimlashning yillik reja-grafigini tuzish ishiga ijodiy yondashishga to‘g‘ri keladi: zarur vaziyatda tarbiyachi taklif qilingan reja shaklini takomillashtiradi.
Tuzilgan rejaga ish jarayonida asosli sabablarga ko‘ra o‘zgartirish kiritish va to‘g‘rilash zarur bo‘lib qolsa, yo‘l qo‘yiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling