Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi
Download 1.2 Mb.
|
БЖТ 22-23 умк (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda chet mamlakatlarda jismoniy madaniyat.
2.2.Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi
Xorijiy davlatlarda K.Gaulgofer va M.Shtrayxerning Avstriya tabiiy maktab gimnastikasi metodi xorijiy mamlakatlar, Boltiq bo‘yi davlatlari, Polsha,Avstriya va Germaniya maktablarida keng tarqatildi. B u gimnastika metodi birinchi jahon urushidan keyin Avstriya va boshqa bir qancha mamlakatlarda maktab ta’limi sohasida o‘tkazilgan islohatlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan edi. Bu tizimda maktab yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlarga o‘rgatishning ilmiy jihatdan asoslangan ta’lim-tarbiyaviy usullari yo‘q edi. Avstriya maktab gimnastikasi asoschilari jismoniy tarbiyaga faqat bola organizmiga jismoniy ta’sir etishning vositasi emas, balki yoshlarni sinfiy garmoniya ruhida tarbiyalashga qaratilgan intellektual va axloqiy tarbiyaning muhim elementi ham deb qaradilar. Bu metodning chet mamlakatlarda keng yoilishi bejiz emas. Burjua sport raxbarlari jismoniy tarbiya- bu faqat sog‘lomlashtirish vositasi yoki harbiy tayyorgarlik vositasigina emas, balki yoshlar idealogik jihatdan tarbiyalashning ham muhim vositasi ekanini yaxshi anglar edilar. Gaulfoger va Shtrayxer maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiya darsini batafsil ishlab chiqdilar. Ular darsni uch qismga bo‘lib, ularga quyidagi mashqlar guruhlarini kiritdilar: Birinchi guruh-jonlantirish mashqlari (tez yurish, yugurish, irgish, bilan bajariladigan o‘yinlar, nafas mashqlar): Ikkinchi guruh-gavda uchun asosiy mashqlar, muvozanat saqlash, kuch va chaqqonlik mashqlari (yugurish, yurish va sakrash): Uchinchi guruh-tinchlantirish mashqlari (yugurmasdan bajariladigan o‘yinlar, sekin yurish). Shuningdek, ular ekskursiya, ochiq xavoda o‘ynaladigan o‘yinlar, suzish, changi va chanada yurish, uyda gimnastika mashqlari bajarish (10 daqiqa davomida) hamda sinf mashg‘ulotlari paytida badantarbiya daqiqalari o‘tkazishni taqlif etdilar. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda chet mamlakatlarda jismoniy madaniyat. Urushdan keyingi yillardagi yangi tarixiy vaziyat jahon xalqlari madaniyatiga, jumladan jismoniy madaniyat, sport ishlarini tashkil etishga va ularning mazmunga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina mamlakatlarda jismoniy madaniyat va sportdan keng xalq ommasi baxramand bo‘la boshladi, ular mehnatkashlarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, ularning sog‘ligini mustahkamlash va tinchlik uchun faol kurashchilar tarbiyalab yetishtirishning muhim vositalaridan biriga aylandi. Jismoniy madaniyat va sport mustamlaka qarashligidan ozod bo‘lgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko‘pgina mamlakatlarni xalqlari turmushiga kirib kela boshladi. Bolgariya xalq Respublikasi xukumatining mamlakatda ommaviy jismoniy madaniyat harakatini barpo qilish sohasidagi dastlabki tadbirlaridan biri-1944 yilda tuzilgan muvaqqat Markaziy Sport kengashi edi. Muvaqqat Markaziy Sport kengashi bilan birga Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzurida jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha direksiyaning tuzilishi Bolgariya jismoniy madaniyat va sportining yuksalishida muhim voqea bo‘ldi. Direksiya va uning viloyat hamda tumanlardagi mahalliy organlari jismoniy madaniyat va sport sohasidagi davlat siyosatini amalga oshira boshladi. Direksiya Markaziy Sport kengashi bilan birgalikda jismoniy madaniyat harakatini demokratlashtirishga, o‘quv-mashq ishlarini ilmiy asosda ko‘rishga harakat qildi. U jismoniy madaniyat va sport sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, sport turlaribo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va jismoniy madaniyat harakatining moddiy-texnik bazasini vujudga keltirish ishlarini boshlab berdi. Bolgariya jismoniy madaniyat instituti har yili 300 ga yaqin oliy ma’lumotli mutaxassis tayyorlab chiqaradi. Jismoniy madaniyat texnikumi o‘rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini ilmiy jihatdan asoslash masalalari bilan jismoniy madaniyat va maktab gigiyenasi markaziy ilmiy tekshirish instituti shug‘ullanadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar sog‘ligini tibbiy nazoratning 50 tadan ortiq kabinet kuzatib turadi. Bolgar basketbolchilari, boschilari, voleybolchilari, gimnastikachilari, futbolchilari, shohmotchilari, shtangachilari va sportning boshqa turlari bo‘yicha jahonda hozirgi kunda yetakchi o‘rin tutadilar. Bolgariya sport tashkilotlari 30 ta xalqaro sport federatsiyalarining a’zosidir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling