Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi


Download 1.2 Mb.
bet25/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

2.3.O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi

O‘zbekistonning jahon sahnasiga chiqishida, uni dunyo tanishida shu kunlarda sport asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Jahon miqyosida o‘tkazilayotgan turli xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar dunyo xalqlarining nigoxini O‘zbekistonga qaratmoqda. Albatta, bu salohiyatni saqlash, qolaversa, imkon qadar oshirish lozimligini hisobga oladigan bo‘lsak, sportchilarni tayyorlaydigan kadrlarni, zahiradagi o‘rinbosarlarni, ular uchun moddiy texnik bazani jahon talablari darajasida tayyorlash va kengaytirish, tibbiy-pedagogik nazoratni yo‘lga qo‘yish, milliy sport turlarini rivojlantirish, yirik sport inshootlarini bunyod etish nihoyatda dolzarb muammolardir.


O‘zbekiston sporti tarixida milliy Olimpiya qo‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1992 yil 21 yanvar O‘zbekiston Respublikasining “Milliy Olimpiya qo‘mitasi” tuzilgan. 1992 yil 3 martda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tarkibiga rasman a’zo bo‘lib kirdi. 1993 yil sentabrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi to‘la to‘kis tan olindi. U O‘zbekistonda Olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida Respublika vakillari ishtirokida ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug‘ullanmoqda. Olimpiya qo‘mitasining 127 a’zosi, 11 faxriy a’zosi bor.
Bu ishlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston sportchilari uchun olimpiada, Osiyo va jahon birinchiliklari musobaqalarida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratdi.
1993 yil 23 aprelda O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasining bosh ossombleyasi bo‘ldi. Qishki olimpiadada fristayl-akrobatik sakrashda vatandoshimiz L.Cheryazova oltin medal sohibasi bo‘ldi (1994 yil fevral).
Muz ustidagi sport raqsiga esa A.Steriadu va Y.Razgulayevlar ishtirok etishdi.
1991 yil Manila (Filippin) shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlarida Respublika shaxmat jamoasi a’zolari jahonda kuchli hisoblangan AQSH, Yugaslaviya, Angliya, Isroil jamoalarini ortga qoldirib Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.
1993 yil yanvar oyida Minks (Belarussiya) shahrida sambochi-kurashchilarimiz jamoasi jahon birinchiligida uchinchi faxrli o‘rinni egallashdi.
1993 yildan boshlab milliy kurash bo‘yicha Amur Temur, At-Termiziy, Bahoviddin NAQShbandPaxlavon Maxmud, Mirza Bobur xotirasiga bag‘ishlab xalqaro turnirlar o‘tkaziladigan bo‘ldi.
1994 yil may va iyun oylarida Tennis bo‘yicha “Prezident kubogi” bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Shu yili aprel va may oylarida Tennis bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li-stellit” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Turnir g‘olibi Gerald Mendl (Avstriya) bo‘ldi.
1995 yil 29 avgustda Toshkentdagi “Yunusobod” tennis kortida O‘zbekiston Respublikasi “Prezident kubogi” uchun ikkinchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi, 14 ta mamlakatdan vakillar tashrif buyurishdi.
1995 yil 3-8 sentabr kunlari Markaziy Osiyo Respublikalarining 1-sport o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining prezidenti Xuan Antonio Samaranch va boshqa ko‘pgina xalqaro sport tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
Respublikada «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» qonun qabul qilinishi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining tuzilishi va sport tashkilotlari hamda jamiyatlarning mustaqil o‘zini-o‘zi boshqarishga o‘tishi bu jarayonlarni
Qadimgi vaqtlardan beri xalq hayotining mazmuni, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, maishiy tomonlarini o‘zida mujassamlantirib kelgan narsa - bu xalq jismoniy tarbiyasidir, ya’ni milliy xalq o‘yinlari va milliy sport turlaridir. ilk zamonlarda ularning ko‘pi mol boqish, yovvoyi hayvon, qush va hayvonlarni ovlashga, dehqonchilik ishlari bilan bog‘liq edi. Xalq jismoniy tarbiyasi, tariximiz, boy madaniyatimiz, rang-barang xalq og‘zaki ijodimiz, an’analar, urf-odatlarimiz urug‘lari o‘sha davrlarda sepilgan. Tarixiy arxeologik va etnografik manbalarda xalq o‘yinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishi haqida tegishli va qiziqarli ma’lumotlar qoldirilgan. Sharqning buyuk allomalari Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu Lug‘atit turk”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, A.Navoiyning “Hamsa”, “Maxbub-ul-kulub”, Zayniddin Maxmud Vosifiyning “Badoye’ul vaqoye’”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, “Temurnoma”, Zahriddin Boburning “Boburnoma”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma” va boshqalar, shuningdek tarixiy romanlar, Oybekning “Navoiy”, “Bolalik”, povesti, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Mirmuxsinning “Temur Malik”, Raddiyfishning “Jaloliddin Rumiy” va shu kabi tarixiy ilmiy asarlarda xalq o‘yinlarining paydo bo‘lish tarixi va taraqqiyoti to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Biz xalqimizning juda ko‘p sonli an’analari, urf-odatlari, udumlari va marosimlarini boy berdik, qaysiki ularning barchasida xalq jismoniy tarbiya vositalari o‘zining ifodasini topgandi, lekin xalq o‘yinlari, milliy raqslari jismoniy mashqlari va milliy sport turlari butunlay yo‘qolib ketgan emas. Xalq uni o‘z farzandini e’zozlagani kabi avaylab-asrab, qalb ko‘rini berib bag‘rida saqlab keldi. Qanchalik ta’kidlashlar, ta’qiblar bo‘lmasin, u avloddan-avlodga uzatib kelindi.
Respublika jismoniy tarbiya va sport ommaviyligini ko‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy o‘yinlarini qayta tiklash, sog‘lom turmush tarzini shaqllantirish, zamonaviy sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va tanlash, ularning sport mahoratlarini oshirish ishlari bo‘yicha ilmiy-nazariy anjumanlar o‘tkazildi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling