Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili -


Download 1.2 Mb.
bet28/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili - bolaning yosh xususiyatlari imkoniyatlarini hisobga olishni hamda, shu bilan bog‘liq ravishda, uning kuchiga yarashga topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi.
Tushunarlilikning asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy mashqlarni tobora murakkablashtirib borish hisoblanadi. Bola imkoniyatlari muayyan birlikdagi omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlik meyorlari bo‘yicha sinash, vrach tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.
Yakka yondashuv bolaning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tutadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, organizm jismoniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham turlicha).
Yakka yondashuvning maqsadi tug‘ma fazilatlarni rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo‘lganda, nerv tizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishdan iboratdir.
Ta’limning frontal, guruh va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili
Mazkur tamoyil ta’limning turli usullari qo‘llanilgandagi uyushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal usul qo‘yilgan bir vaqtda, ongli va axil ravishda bajarishni talab etadi; guruh usuli mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan rahbarligini talab etadi. Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish tamoyili
Bu tamoyilning sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va intensivligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir.
Mashqlarni yangilash jarayonida harakat malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyiydi.
Harakat faoliyati shakllarini murakkablashtirish bilan birga, bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshib boradi. Mazkur jismoniy fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlari nisbatan bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha tamoyillar mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda ayro holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling