Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim


Download 1.2 Mb.
bet96/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
a) mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o‘tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qaratish zarur. Boshni to‘g‘ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to‘g‘ri turishini, his etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
v) umumiy ta’sirdagi 2-3ta mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlar sanaladi. Ular yurak-qon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini faollashtiradi;
g) keyin esa qo‘l, mushaklar, yelka, gavda, oyoklar uchun mashqlar bajariladi. Bu vaqtda gavdaning har bir qismi birin-ketin qo‘shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshib boradi, ishga mushaklarning har xil guruhlari qo‘shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin mushaklarini mustahkamlaydi, umurtqa pogonasining harakatchanligini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
d) so‘ng kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo‘lgan 2-3ta mashqlar gavdaning barcha qismlari (qo‘l, qorin mushaklari va tana) bilan bajariladi. Faol mushak qizigandan so‘ng mushaklarning dam olishi uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
ye)undan keyin sakrash mashqlariga o‘tiladi. Ular oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Sakragandan so‘ng, albatta, mashqni kamaytirgan holda yurishga o‘tish lozim.1-2ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch holga qaytishiga imkon beradi;
j) mashqlar majmui gavdani to‘g‘ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.
Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo‘lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
1. Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badantarbiyadan mashqlarning xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashqlar sanaladi), ya’ni turli mushaklar guruhini jismoniy layoqatini yanada mustahkamlash, elementlar, harakatga keltiruvchi ko‘nikmani qo‘lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish maqsadida bajariluvchi mashqlar sanaladi.
2. Badantarbiya qo‘shimcha mashq va ko‘nikmani atrof-muhit bilan uzviy bog‘lovchi vositadir.
3. Erkin mashq ertalabki badantarbiya mashqlarining bir turi bo‘lib, chidamlilikni oshirish va rivojlantirishga yunaltiriladi.
4. Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling