Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy-pedagogik nazoratni olib borish
Download 1.2 Mb.
|
БЖТ 22-23 умк (2)
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy-pedagogik nazoratni olib borish
Jismoniy tarbiya bo‘yicha shifokor nazorati – bu tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi turli yoshdagi kishilarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishini tibbiy bilimlarining maxsus soxasidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar jismoniy tarbiyasi jarayonida shifokor nazoratining asosiy vazifasi ularning sog‘lig‘ini mustaxkamlash, jismoniy va nerv-psixik rivojlanishini takomillashtirishga ko‘maklashishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shifokor nazorati quyidagilarni: 1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolalarning sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarini shifokor tomonidan tekshirilishi va baxolanishi. 2. Jismoniy tarbiyaning turli xil shakllarini o‘tkazishni medik-pedagogik kuzatish, jismoniy mashqlarning mazmuni, o‘tkazish metodikasini bola yoshi va funksional imkoniyatlariga muvofiqligi va organizmga ta’siri nazorat qilinadi. 3. Jismoniy mashqlar, ertalabki gimnastika, xarakatli o‘yinlar, sport mashqlari, chiniqtiruvchi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni, jismoniy tarbiya jixozlari, inventarlari, shuningdek, shug‘ullanuvchilarning kiyimlari va oyoq kiyimlarining gigiyenik xolati ustidan sanitariya nazorati o‘rnatishni. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari, ota-onalar va bolalar o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy ishlari uyushtirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy nazoratini tashkil etish shifokor, xamshira, mudira va tarbiyachilarning xamkorlikda ishlashini talab etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ustidan amalga oshiriladigan shifokor nazorati tibbiy xizmat yagona tizimning ajralmas tarkibiy kismidir. Shifokor nazorati — bu jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi turli yoshdagi bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishi (jismoniy tayyorgarlagi)ni o‘rganadigan tibbiy bilimlarning maxsus sohasidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi jarayonida shifokor nazoratining asosiy vazifasi ularning sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy va asab-ruxiy rivojlanishini takomillashtirishga ko‘maklashishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tibbiy nazorat kuyidagilarni: 1) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolalarning sog‘ligi, - jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarining shifokor tomonidan tekshirilishi va baholanishini; 2) jismoniy tarbiyaning turli xil shakllarini o‘tkazish tibbiy-pedagogik kuzatish, jismoniy mashqlarning mazmuni, o‘tkazish metodikasini bola yoshi va funksional imkoniyatlariga muvofiqligi xamda organizmiga ta’sirini nazorat kdlishni; 3) jismoniy mashklar, ertalabki gimnastika, harakatli o‘yinlar, sport mashqlari, chinqtiruvchi tadbirlar o‘gkaziladigan joylarni, jismoniy tarbiya jixozlari, anjomlari,shuningdek, shug‘ullanuvchilarning kiyimlari va oyok kiyimlarining gigiyenik holati ustidan sanitariya nazorati o‘rnatishni; 4) maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari, ota-onalar va bolalar o‘rtasida sanitariya-ta’limiy ishlari uyushtirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida tibbiy nazoratni tashkil etish shifokor, tibbiyot xamshirasi, mudira va tarbiyachilarning xamkorlikda ishlashini takozo etadi. Bolalarning sog‘ligi, jismoniy rivojlanishi xamda funksional imkoniyatlari xolatining shifokor tomonidan tekshirilishi va baholanishi. Ishning bu qismi maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarning sog‘ligi, yoki bolalar shifokorining xar yilgi jismoniy rivojlanishi tibbiy ko‘riklarda shifokor tomonidan chukur va funksional o‘rganilayotganda amalga oshiriladi. Agar belgilangan muddatda, shuningdek, tekshirish va zarur bo‘lganda bolalar salomatligini baholanishi shifokor mutaxassisar tomonidan ko‘rib chikiladi. Sog‘liqni baholash kompleks tarzda: tibbiy ko‘rik ma’lumotlari, asab-ruxiy va jismoniy rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, bola kasallanishini hisobga olish asosida o‘tkaziladi. Tekshirishda avvalo, bolaning jismoniy rivojlanishi aniklanadi. Buning uchun antropometrik ko‘rsatkichlar: gavda uzunligi, gavda og‘irligi, ko‘krak kafasi aylanasi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda esa boshni ham xisobga oladi Jismoniy rivojlanishni baxolash ana shu asosiy ko‘rsatkichla dinamikasiga asoslanadi. Amalda bolaning jismoniy rivojlanishi tekshirish chog‘ida baxolanadi. Bu baxo jismoniy rivojlanish tavsifini maxalliy standartlar orkali gavdaning o‘lchoviga nisbatan o‘z ichiga oladi. Bolaning asab-ruxiy rivojlanishining umumiy darajasi ayrim ruxiy funksiyalarning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadi. Bu esa markaziy asab tizimining etilish darajasini aks ettiradi. Bola hayotining birinchi yilida rivojlanishning barcha belgilarini shifokor nshugaydi. Hayotining ikkinchi, uchinchi va keyingi yosh davrlarida asab-ruxiy rivojlanishining darajasini baholashda shifokor bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachisi, tibbiy xamshira va ota-onalar xam ishtirok etadilar. Ular kun davomida bolani kuzatishlari, uning oiladagi, tengdoshlari jamoasidagi xulk;-atvori xaqida xabar beradilar. Asab-ruhiy rivojlanish darajasini tekshirish paytida erishilgan tugri va etarli darajada mukammal baxoni shifokor beradi. Bunday baxo asab-ruhiy jarayonining xar xil tomonlarini tavsiflab beradigan kator ko‘rsatkichlarii aniqlash asosida berilishi mumkin. Bolaning asab-ruhiy rivojlanishini baholash: «Yoshiga muvofiq», «Yoshiga nisbatan orkada», «Yoshiga nisbatan ilgari ketgan» va boshkr mezonlarga qarab amalga oshiriladi. Bolani ko‘rishda teri va ko‘rinadigan shilliq pardalarning xolati, ularning rangi, shamollaganligi, terining quruklashgan yoki yuqori namliligi kayd kilinadi. Semirish meyorda, ortiqcha yoki yetarli emas, deb belgilanadi. Yumshok, mushak tuqimalarining holati to‘g‘ri, meyordagidek yoki pasaygan deb belgilanadi. Mushak tizimi mushaklarining rivojlanish darajasi, mushak tonusi va kuchi bilan tavsiflanadi. Mushak tizimining rivojlanishi elka kamari, gavda, oyok, mushaklari chegarasi tasvirdan kurb anqlanadi va yaxshi, o‘rtacha hamda bush, deb baxolanadi. Ilk yoshdaga bolalarning mushak kuchi fakat bola harakatiga qarshi turgan kuchni, shuningdek, ushlab ko‘rishdagi mushak to‘qimasi egiluvchanligi ( tarangligi, yumshoqligi, bo‘shangligi) ni taxminan aniqlash orqali o‘lchanadi. 2,5—3 yoshli bolalarda mushak kuchini maxsus dinamometr yordami bilan o‘lchash mumkin bo‘ladi. Bola dinomometrni qo‘l kaftiga oladi, qo‘lini bir tomonga cho‘zib, bor kuchi bilan qisadi. Bu vaktda dinomometr asbobida bolaning kaft kuchi ko‘rsatkich natijasi yaqqol ko‘rinadi. Gavdaning rostlovchi-to‘g‘rilovchi mushak kuchlarini o‘lchash 3—4 yoshli bolalarda o‘tkaziladi. Birok, uning ko‘rsatkichlari past bo‘ladi, chunki bu kichik yoshdagi bolalarning kuchini ishlata bilmasligi bilan bog‘liqdir. 5—6 yoshdan boshlab, yildan-yilga o‘tgan sayin ko‘rsatkichlarning bir tekis o‘sib borishi qayd qilinadi. Ikki qo‘ldagi kuchlarni o‘lchash uchun qimirlamagan dinamometrda o‘lchashni 2—3 marta takrorlab, eng yukori natijalarni yozib olish kerak bo‘ladi. 3—4 yoshli bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tayogganda o‘pkaning tiriklik sig‘imini spirometriya metodi bilan aniqlanadi. Anik, ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bolalarni dastlab chuqur nafas olish va yetarli darajada nafas chiqarishga o‘rgatish zarur. Bola bunda uch marta xarakat qiladi va eng yaxshisi yozib olinadi. O‘pkaning tariklik sig‘imi, ko‘krak qafasi, diafragma, qorin devori mushaklari kuchini aks etgiradi. Uning dinamikada aniklashgan ko‘rsatkichlari rivojlanishining yosh darajasi va jismoniy tarbiya vositalari ta’sirini anshdxashga yordam beradi. Bolalarning jismoniy rivojlanishini yanada aniqrok baholash va jismoniy mashqlarni to‘g‘ri tanlash uchun shifokor har bir bola xarakatlarining rivojlanish tavsifiga ega bo‘lishi zarur. Bir yoshli bola harakatlari rivojlanishini tekshirishni xar oyda, imkoniyati boricha, tavqim (kalendar) bo‘yicha bolaning tug‘ilgan kunida o‘tkazgan ma’kul. Xarakatlarni tekshirish va ularning rivojlanish darajasini baxolashda ma’lum yoshdagi bolalar uchun tavsifli bo‘lgan ko‘rsatkichlardan boshlashga to‘g‘ri keladi. Agar bola xarakatlari rivojlanishi yosh meyorlaridan ortib ketsa, unda keying yosh guruxi ko‘rsatkichlariga o‘tishi kerak bo‘ladi. Bola xarakatlari meyorga yetmagan vaziyaglarda unga kuyiladigan talablarni kamaytirish va avvalgi yosh guruxi ko‘rsatkichlarini belgilashga tugri keladi.Bolalarni tekshirishda reflekslar xolati va xarakatlar rivojlanishini bir xil metodika bilan belgilash juda muhimdir. Bu eng aniq ma’lumotlar olish va ularni dinamikada taqqoslash imkonini beradi. Bolalar xayotining birinchi yilida xarakatlar rivojini shifokorning o‘zi tekshiradi. Tekshirish chog‘ida bolalar to‘liq, erkin holatda bo‘lishi lozim. Bunda bola faol va tetik xolatda bo‘lishi muhimdir. Agar u yig‘lab turgan bo‘lsa, tegishli xarakatlarni bajarishdan bosh tortadi. Bunday vaziyatda teshirishni to‘tatish va bolada ijobiy emotsional holat paydo bo‘lgandagina tekshirishni takrorlash mumkin. Bolada mavjud u yoki bu malakani xamma vakt yuzaga chiqarib bo‘lmasligini esdan chiqarmaslik kerak: bunga ko‘p sabablarga — harakatni bajarishni xoxlamaslik, chalg‘ib turish va boshkalarga bog‘likdir. Shuning uchun gurux tarbiyachilari kundalik ishlarida bolalarda paydo bulayotgan yangi harakatlar yoki ularni bajarishga urinishlarni yozib borishlari, xar bir bolaga muayyan xarakatlarni rivojlantirish uchun individual sharoitlar yaratishlari, shifokorga bu harakatni gimnastika mashg‘ulotlari va massajlar majmuasiga kiritish zarurligi haqida maslahat berishlari zarur. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling