Asosiy harakat turlari
1. Muvozanatni saqlash gimnastika skameykasi bo‘ylab bolaning ikki qadami oralig‘ida qo‘yilgan kubiklar ustidan ko‘llarni belga qo‘yib, tizzalarni baland ko‘targan holda xatlab o‘tib yurish (4 marta).
2.Yurish davomida yo‘nalishni o‘zgartirish. (4 metrga) 3 marta.
3.Narsa ustidan (kubiklardan) xatlab o‘tib yurish.
«To‘p kimda?» harakatli o‘yinini tashkil etish
Bolalar doira hosil qilishadi. O‘yin boshlovchisi saylanadi. U o‘rtada turadi. Qolganlar bir-birlariga zich turib qo‘llarini orqada tutadilar. Tarbiyachi kimgadir to‘p beradi (diametri 6-8 sm) bolalar orqadan doira bo‘ylab bir-birlariga to‘p uzatadilar. O‘yin boshlovchisi to‘p kimda ekanligini topishga harakat qiladi. U «Qo‘llar!» deb kimga murojaat qilgan bo‘lsa, o‘sha bola ikki qo‘lini oldinga uzatib turishi, ya’ni bu bilan qo‘lida to‘p yo‘qligini ko‘rsatishi kerak. O‘yin boshlovchisi topgan bo‘lsa, u to‘pni olib doiraga turadi, qo‘lida to‘p bo‘lgan bola esa endi o‘yin boshlovchisi bo‘lib qoladi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi.
III qism. Bolalar juft bo‘lib, kalonnada qo‘llarini baland ko‘tarib yuradilar va saflanadilar.
“Chori-chambar” nomli kam harakatli o‘yinini o‘tkazish.
O‘tilgan mashg‘ulotlar asosida savol-javob tashkil etiladi, rag‘batlantiriladi va saflanib xonaga kuzatiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya mashg‘ulot ishlanmalari 2 xil usulda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noan’anaviy jimsmoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 2-3 turda tashkil etish muhimdir yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan noan’anaviy mashg‘ulotga o‘xshamaydigan tarzda tashkil etiladi. Noan’anaviy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ertak asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan holda bolalarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan asosiy harakatni bajarishga mos keluvchi ertak tanlanib, “Bo‘g‘irsoq” “Echki bolalari” “Qizil shapkacha” va jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tamonidan asosiy harakatlarni o‘rgatish uchun o‘ylab topilgan ertaklar asosida tashkil etiladigan noan’anaviy jismoniy tarbiya mashg‘uloti deb hisoblaniladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini shakllantirishda yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda bolalarning yosh hususiyatidan kelib chiqqan holda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |