Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.2 Mb.
bet107/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Kundalik hisobga olish. Tarbiyachi bolalarning kelib-ketishini xar kuni hisobga olib boradi, shuningdek, ularning sog‘liqlari to‘g‘risida ham shifokordan ma’lumot olib turadi. Jismoniy tarbiya mashgulotlari, harakatli o‘yinlar, yakka holda mustaqil mashg‘ulotlar va jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarning boshqa shakllari jarayonida kuzatishlar o‘tkazib, tarbiyachi miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlaydi va texnik ayrim elementlarni bajarishdagi nuqsonlarni yuzaga chiqaradi. Bu ma’lumotlarni jurnalga yozib borishi kerak, chunki ular harakat malakalari, jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasini kuzatib borish va qo‘llanilgan ta’lim metodlari samaradorligini belgilab olish imkonini beradi. Kunda hisobga olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning metodikasini o‘z vaqtida aniqlash, keyingi davrdagi ish rejasiga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish imkonini beradi.
Yakuniy hisobga olish. Yil oxirida bolalar sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi tekshiriladi. Olingan ma’lumotlar standart bilan taqqoslanadi. Kamchiliklar aniqlangach, ularning paydo bo‘lish sabablari izlab topilpdi, jismoniy mashqlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning mazmuni va metodikasini rejalashtirishni takomillashtirishga doir aniq takliflar ifodalab beriladi.
Yakuniy hisobga olish ma’lumotlarini tahlil qilish asosida jismoniy tarbiya bo‘yicha bolalar bilan olib borilgan ish to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi. Bu hisobotda ishning yutuqlari, kamchiliklari belgilanib, konkret takliflar kiritiladi.
Maktabga borayotgan xar bir bolaga xarakteristika tuzilib, unda sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanish darajasi, asosiy harakat (yugurish, sakrash, irg‘itish…) lar bo‘yicha jismoniy tayyorgarligining ko‘rsatkichlari qayd qilinadi, shuningdek bola chang‘ida harakatlana oladimi, konki, velosiped ucha oladimi, suza oladimi… lar ham yoziladi. Bundan tashqari, bola o‘z tengdoshlari bilan jismoniy mashq mashg‘ulotlariga birgalikda qatnasha olish malakalarini egallab olganligi to‘g‘risida ko‘rsatish lozimdir.
Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashg‘ulotlarga taqsimlab chiqishda ko‘proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat mashg‘ulot o‘tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga, har bir harakat malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham e’tibor berish kerak. Bunga murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va o‘yinlarni ko‘proq tanlash orqali erishiladi.
Mashg‘ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga muvofiqroq ravishda qo‘shib olib borishni ko‘zda tutish, shuningdek, bolalarning yuksak darajadagi faolligini ta’minlovchi uyushtirish usullarining qo‘llanishi ham katta ahamiyatga egadir.
Materialni takrorlash ham muhim rol o‘ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan oradan3-4 hafta o‘tgandan keyin ba’zan takrorlab turgan ma’qul. Har bir o‘rganiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-to‘rt) izchil bajariladigan mashg‘ulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Odatda mashg‘ulotlar uchun bolalarni o‘qitishning har xil bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar tanlanadi: topshiriqlarning biri ko‘pincha yangi mashqlarni o‘rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘ladi, boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Materialni tahminiy taqsimlash rejasida har bir yosh guruhi uchun faqat asosiy harakatlar bilan bog‘liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli o‘yinlar berilgan.
Mashg‘ulotlar uchun belgilangan umumrivojlantiruvchi mashqlarining mazmuni mashg‘ulotning asosiy maqsadiga bo‘ysundiriladi, u bolani asosiy mashqlarga tayyorlamog‘i lozim.
Yosh guruhlari uchun tuzilgan rejada haftasiga ikki marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu rejalashtirishda birmuncha o‘zgartirishlar bo‘lishi uchun kerakli erkinlikni ta’min etadi. Ikkinchi mashg‘ulot birinchi mashg‘ulotning mazmunini to‘la takrorlashi ham mumkin. Bolalar o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘rgangan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Ba’zan ikkinchi mashg‘ulotning mazmuni qisman o‘zgartiriladi: mashg‘ulotning kirish qismiga boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga o‘rgatish vaqtida bolalar jamoasiini uyushtirish uslubi o‘zgartiriladi. Boshqa mashg‘ulotdagi asosiy harakatlar qo‘shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari barcha guruhlarda haftasiga 2 marotaba bolaning fiziologik holatiga qarab hafta kunlariga bo‘linadi. Maktabgacha ta’lim muassasaslarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi mashg‘ulotlarni bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya tizimida - kun tartibi, an’anaviy mashg‘ulotlar, mujassam mashg‘ulotlar, chiniqtirish, jismoniy mashqlar, madaniy gigiyenik ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, davolovchi gimnastika, ritmika, sport o‘yinlari tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlarning kompleks shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi bolalarning jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, ular sog‘lig‘ining mustahkamlanishi, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, shaxsni har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va terminlarni ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladagan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish-gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (derazalar ochiq holda, yengil kiyim va poyabzalda) mashg‘ulotlar harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazilishi mumkin.
Mashg‘ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimning ish qobiliyati va bola organizmining har biri alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta-sekin osha borishi, so‘ng kuchaya borib, mashg‘ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngida asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat e’tiborni qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish yoki tashkiliy, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling