Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.2 Mb.
bet72/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar (davra, kolonna, sherenga) qayta saflanishlar (bittadan kolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga bo‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga, chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o‘yinlarda, bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda).
Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi.
Saflanish mashqlari bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi. Ular turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar (doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi mumkin.
Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha gruhi – asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik guruh- Saflanish va qayta saflanish. Bir – birining ketidan turish, doiraga ketma- ket saflanish.
O‘rta guruh- Mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo‘lib saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma- ket yurishdan juft-juft bo‘lib yurishga o‘tishga o‘rgatish, 3 guruhga saflanib turish.
Katta gurux-Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bo‘lib turish va undan so‘ng aylana bo‘ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bo‘linish va qayta saflanish, chap va o‘ngga qayta saflanish, chap va o‘ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.
Maktabga tayyorlov guruhi- mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish. Zvenoda bir qator turganda tekislanish. Bitta zvenodan yurib turib bir necha zvenoga, bitta aylanadan bir necha aylanaga bo‘linish va qayta saflanish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qator va ikki qatordan bo‘lib qayta saflanish. Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish. Yurib kelib hammaning baravariga to‘xtashini mashq qilish.
Mazkur yoshdagi bolalar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlarini o‘tkazish vaqtida aniq topshiriqlar va taqlidiy harakatlar mayda buyum va o‘yinchoqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kichik guruhlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan foydalanadigan buyumlar soni shug‘ullanayotgan bolalarning soniga barobar bo‘lishi kerak, aks holda, biror bolaga bayroqcha yoki koptokcha yetmay qolsa, bola qattiq xafa bo‘ladi va mashg‘ulotga qiziqmay qo‘yadi, yoki jahli chiqib predmetni o‘rtog‘ini qo‘lidan tortib olishga urinadi.
Predmetlar bilan bajariladigan mashqlarning eng soddasi bayroqchalar yordamida bajariladigan mashqlardir. Xilma-xil va rang-barang bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar bolalarni o‘ziga jalb qiladi va ularga quvonch bag‘ishlaydi. Kichkintoylar bilan mashq o‘tkazish uchun sariq, yashil, va ko‘k singari asosiy rangdagi bayroqchalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bayroqchalardan tashqari shiqildoqlar, kichkina chambaraklar, kubiklar, o‘yinchoqlar, tayoqchalar bilan ham bajaradilar.
Bu yoshdagi bolalarning o‘rtacha hajmdagi (18-20 sm) koptok bilan harakat qilishlari qulay bo‘ladi. Koptok bilan bajariladigan mashg‘ulotlarning boshlanish qismida o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda bu mashqlardan keyin koptokni irg‘itish, ilib olish, yumalatish, nishonga tushurish mashqini tashkil etish qulay bo‘ladi va hokazo. Bunday hollarda mashg‘ulotning yakuniy qismida koptok bilan bajariladigan harakatli o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg‘ulotda bir necha mashqni qo‘shib o‘tkazilishi bolalar harakatini boyitadi, mashg‘ulotni o‘tkazish va tashkil etishni yengillashtiradi, uning zichligini oshiradi.
Bu yosh guruhda qo‘l, oyoq, gavda muskullarini mustahkamlovchi, buyumsiz bajariladigan mashqlar hajmi biroz ko‘paytiriladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarganda bolalar erkin va chuqur nafas olishlari, mashq harakatlarini to‘g‘ri nafas olishlari bilan qo‘shib olib borishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga qay vaqtda nafas olib, qachon nafas chiqarish qulay ekanligini aytib turadi. Masalan, oldinga engashish va undan keyin rostlanish harakati bo‘lsa, u holda nafas chiqarish engashish vaqtida, nafas olish esa rostlanish, ya’ni bolaning ko‘krak qafasi kengaygan vaqtida amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir. Bola­larga qachon to‘g‘ri nafas olib, qachon to‘g‘ri nafas chiqarish kerakligini yana bir marta mashg‘ulot jarayonida aniqlab olish uchun bolalarga ayrim tovushlarni va tovush turkumini talaffuz qilishni yoki “uf”, “uh”, “pastga” singari so‘zlarni aytish tak­lif qilinishi mumkin.
Mashg‘ulotlarda ko‘pincha umumrivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar o‘tkaziladi. Bu mashqlarning har biri 4-6 martadan takrorlanadi.
O‘rta guruhda 5-6 umumrivojlantiruvchi xususiyatga ega mashqlar tanlanadi, ularning har biri 4-6 martadan takrorla­nadi.
O‘rta guruhda inventarsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar hajmi ortib boradi. Lekin, baribir bu mashqlarning kattagina qismi inventarlar bilan bajariladigan harakatlarga asoslangan bo‘ladi. Ilgari, sanab o‘tilgan jihozlardan tashqari, bun­day mashqlarni bajarishda ko‘pgina kichkina koptoklar, arqon- chalar, tayoqchalar, chambaraklar va ichi to‘ldirilgan to‘plar qo‘llaniladi.
O‘rta guruhdagi bolalar zarur jihozlarni mutlaqo mustaqil ravishda olib keladilar. Har bir bola davradan chiqib shoshilmasdan chambarakni, koptokni va boshqa shunga o‘xshagan zarur narsalarni oladida, yana o‘z joyiga borib turadi. Bunday vaqtlarda jihozlarni bir kichik jamoa bolalari, keyin esa ikkinchi ki­chik jamoa bolalari olishi qulaydir.
Ikkinchi yarim yillikda jihozlarni tarqatish ishiga kichik jamoa boshliqlari ham jalb qilinadi. Mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin, bolalar kolonna bo‘lib saflanib turadilarda va buyumlarni joy-joyiga qo‘yib o‘tadilar.
Tayoqlar va chambaraklar bilan bajariladigan mashqlar o‘rta guruhda asosan ikkinchi yarim yillikda, bolalar mustaqil saflanishni ancha bilib olganlaridan, hamda qo‘llarining asosiy holati va harakatini yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘tkaziladi. Tayoq bilan bajariladi­gan mashqlar ichida eng ahamiyatlilari qo‘l-oyoqni yozish uchun uzatib, kerib qilinadigan harakatlar hisoblanadi. O‘rta gu­ruhda polda yotgan tayoqlardan hatlab o‘tish va aylanib o‘tish mashqlaridan foydalanmaslik kerak.
Yurish vaqtida bolalar chambarakni o‘ng yoki chap qo‘llarida osiltirib yoki yelkalariga osib ko‘taradilar. Chambarakni, shu­ningdek, bir qo‘llab yuqoriga ko‘targan holda olib yurish ham mumkin. O‘rta guruhda tarbiyachi bolalardan chambarak va tayoqning holatlari hamda harakat yo‘nalishlarida yuksak daraja- dagi aniqlikka erishishni talab qilmaydi.
O‘rta guruhda uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar keng tarqalgan. Uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachi ko‘pincha og‘zaki izohlash va ko‘rsatma berib turish usulidan foydalanadi.
Oddiy koptoklardan tashqari og‘irligi 1 kgdan ortiq bo‘lmagan to‘ldirma to‘plardan foydalanish ham mumkin. Bunday mashqlar turli muskul guruhlarini qamrab oladigan bo‘lishi lozim. O‘rta guruhda to‘ldirma to‘plarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, yumalatish tashish, gavdani turli tomonga engashtirish va burish tavsiya etiladi. To‘ldirma to‘plarni bir-biriga irg‘itish, o‘ynash o‘rta guruhda qo‘llanilmaydi.
Tarbiyachi bolalarning nafas olishini kuzatib boradi, nafasni to‘la chiqarish zarurligini eslatib, buni qay vaqtda amalga oshirilishini aytib turadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni reja-konspektini tuzishda quyidagi talablarga amal qilish kerak:

  1. Mashqlarni tanlashda bolalar yoshini, ruhiy xususiyatlarini hisobga olish kerak.

  2. Mashqlarni tanlashda ko‘proq bolalarni qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllanishiga qaratilgan mashqlar bo‘lishi kerak.

  3. Kichik va o‘rta guruh bolalariga mashqlar tanlashda ular taqlidiy xarakterga ega bo‘lishi lozim.

  4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar tanlashda bolalar gavdasining hamma qismlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi ke­rak: qo‘l va yelka-o‘mrov, oyoq va gavda muskullarini mustahkamlovchi mashqlar.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling