Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetida qoshidagi namangan xizmat ko`rsatish va servis texnikomi
Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari
Download 35.89 Kb.
|
Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u
2.Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari
Respublikamiz aholisini axborot kutubxona resurslari bilan ta’minlashda Axborot kutubxona markazlari hamda Axborot resurs markazlari tashkil etlgan bo‘lib, ularning xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra, axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko‘ra universal hamda maxsus axborotkutubxona muassasalariga bo‘linadi. Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari bo‘yicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi. Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo‘yicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bolgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan o‘tkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi Har xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To'ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qiladi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi (turi) dan kelib chiqiladi. Masalan: universal kutubxonalar o‘z fondini keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallasa, ilmiy va maxsus kutubxonalar asosan ilmiy xodimlar, mutaxassislarga mo‘ljallab kitob olishga harakat qiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalar ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlar ini olsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Har xil turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladilar Kutubxona fondi o‘zining belgi va xususiyatlariga qaraganda alohida tizim sifatida ajralib turadi. Bu holatni bilish kutubxonachiga uni boshqa fondlardan ajratib olish imkoniyatini beradi. Masalan: muzey fondi, arxiv fondi. Agar belgi fondning tashki holatini ifodalasa, xususiyat uning sifatini, ichki holatini ifodalaydi. 1. Kutubxona fondi asosiy belgilaridan biri — undagi hujjatlardir. Kutubxonada fondga kiruvchi va kirmaydigan hujjatlar ham bo‘ladi. Masalan, inventar kitobi, qarorlar papkasi va hokazo. Kutubxona fondini tashkil qilishda unda qancha kitob bo‘lishini belgilash lozim. Bizda xilma-xil turdagi axborot-kutubxona muassasalarini tashkil qilishda birinchi (minimum) va oxirgi (maksimum) me’yorlar belgilanadi. Kutubxonaning xiliga qarab qancha nomda va nusxada kitob olish aniqlanadi. 2. Kutubxona fondining ikkinchi belgisi — fondni hajmi va kattaligini, undagi kitoblarning nomi va nusxasini hisobga oluvchi ko‘plikdan iborat. Fondlar katta-kichikligiga qarab: kichik, o‘rta va kattaga bo‘linadi. Agar kichik fond 2 ming bo‘lsa, kattasi 5 million bo‘lishi mumkin. Kutubxona fondidagi hujjatlar kimga tegishliligi, mazmuni, mavzusi, turi, xili, yoshiga qarab o‘ziga xos belgilariga ega. Yuqoridagi belgilar kutubxona fondining tarmog‘ini, xususiyatini belgilab beradi. 3. Kutubxona fondining uchinchi belgisi uning tarmoqlarga, ya’ni sohalarga oidligidir. Kutubxona fondini to‘ldirish uchun olinayotgan hujjatlar uning tarmoq belgilariga mos kelishi lozim, shundagina undan tegishli kitobxonlar foydalanadi, aksincha bo‘lsa, u hujjat o'qilmasligi mumkin. Kutubxona fondining tarkibi deganda uning tarmog‘ining kengligi (diapazoni) tushuniladi, ya’ni undagi fan tarmoqlariga oid olingan kitoblar, mavzusi, turlari, xillari, nashr qilingan yillari, fondning yoshi hisobga olinadi. Bundan tashqari kutubxona fondi to‘liqligi va uning tartib bilan joylashtirilganligi ham ahamiyatlidir Xulosa. Kutubxonachi avvalo kutubxonaning turi, tipi va modelini hisobga olib, uni kitob bilan butlashga harakat qilishi lozim. Butlash kitobxonning talabi, qiziqishi va kutubxonani vazifasiga mos keluvchi kitoblarni olish hamda doimo yangilab turish demakdir. Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‘lib, kutubxona faoliyati kitob olishdan boshlanadi. Download 35.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling