Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Psixogimnastika mashg`ulotining yakuniy qismi


Download 265.21 Kb.
bet16/33
Sana15.11.2023
Hajmi265.21 Kb.
#1776118
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti

Psixogimnastika mashg`ulotining yakuniy qismi


Psixogimnastikaning yakuniy qismi guruh a`zolarida pantomima qismi davomida paydo bo`lgan, muhim ahamiyatga ega bo`lgan, ko`chli emotsiyalar, guruh jipslashuvining ortishi, ishonch va kat`iyliqning ortishi natijasida hosil bo`lgan tarang holatni ko`tarib tashlashni nazarda tutadi. Bu erda mijozlarga boshlang`ich qismdagi jipslashish hissini boshdan o`tkazishga yordam bergan mashqlardan foydalaniladi.
Korrektsiya ishining mustaqil metodi sifatida psixogimnastikani qo`llash 1979 yili G.Yunova tomonidan taklif qilindi. G.Yunovaning psixogimnastikasi J.Morenoning o`smirlar uchun psixodramasining o`zgargan shaklidir. G.Yunova metodikasidagi har bir mashg`ulot - ritmika, pantomima, guruhiy o`yin va raqslarni o`z ichiga olib 3 davrdaniborat:

  1. Tarang holatni chiqarib tashlash. Sotsiometriya ahamiyatiga ega bo`lgan yug`o`rish va yurishning turli variantlari orqali erishiladi; kimni sheriklikka tanlash, kim bilan bir komandada birga bo`lish vahokazo.

  2. Pantomimika davri. Bu davrda guruh a`zolari turli holatlarda, masalan, derazadan o`g`ri to`shgandagi, qo`lmakka (botqoqqa) qadam qo`yishga qo`rqkandagi holatni no`tqsiz tasvirlab berishlarilozim.

  3. Yakuniy davr. Guruh a`zolari bilan bir tan bir jon ekanlik xissini mustahkamlash. Unda turli ko`rinishdagi jamoaviy o`yin va raqslardanfoydalaniladi.

Rus olimasi M.I.Chistyakova kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangan psixogimnastika metodini taklif qildi. Shu nomli kitobida bolalarda turli psixik funktsiyalarni rivojlantiruvchi, o`zini-o`zi tinchlantirishga va turli xissiy holatlarini aytib bera olishga o`rgatuvchi, sistemaga solingan etyud va o`yinlar to`plamini taklif qiladi.
Qo`llanma katta maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo`ljallangan bo`lib, bir xaftada ikkitamashg`uloto`tkaziladigan, 3 oydavom
etadigan, ja`mi 20-ta mashg`ulotdan iborat. Mashg`ulotlar 25 daqiqadan 1 soat 30 daqiqagacha davom etadi. Mashg`ulotning davomiyligi bolalarning yoshi va hulq-atvori bilan bog`liqdir. Mashg`ulotlar aniq sxema asosida 4-ta bug`in yoki davrdan iborat.
Mimikali va pantomimikali etyudlar. Maqsad – jismoniy va psixik mamnunlik va norozilik hissi bilan bog`lik alohida emotsional holatlarni ifodali tasvirlash. Asosiy emotsiyalar va ba`zi ijtimoiy buyoqdor xislarni ifodalash modeli. Bolalar ifodali harakatlar elementlari bilan tanishadilar: mimika, ma`noli harakatlar, yurish, gavdani to`tish holati va hokazo.
Shaxsning aloxida xususiyatlari va emotsiyalarini ifodalashga yo`naltirilgan etyud va o`yinlar. Maqsad – badiiy kahramonlar ho`lqi u yoki bu xarakter xislatlari modelini tayyorlash, o`zlashtirilgan ijtimoiy bilimdonlikni o`zlashtirish, mustahkamlash va kengaytirish, bir vaqtning o`zida barcha ifodali xarakatlarning tarkibiy qismlariga bolalar diqqatini jalbkilish.
Guruh a`zolari yoki aynan bir bolaga qaratilgan anik bir yo`nalishdagi etyud va o`yinlar. Maqsad – bolaning alohida xarakter xislatlari, kayfiyatini korrektsiyalash, modellashtirishga qaratilgan (ishlab chiqilgan) standart holatlar treningi.
Mushaklarni psixologik mashq qildirish davri. Maqsad – emotsional tanglikni olib tashlash, istalgan kayfiyat va fe`l-atvorgaerishish.



      1. Download 265.21 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling