Maqsad: Bolalarga o`z kayfiyatini ranglar orqali aks ettirishni o`rgatish.
Material: Guash`, akvarel`, oq qog`oz.
Pedagog bolalarga ranglarni ixtiyoriy tarzda tanlashni taklif qiladi (rangli dog`, chiziqlar tortiladi).
Izoh: qora va siyohranglar bolalarda tushkunlik, xavotir alomatlari borligidan dalolat beradi.
2 - mashq. Rasm solish orqali xavotir xolatini aniqlash
Maqsad: bolalarning qiziqishlarini, havaslarini, temperament xususiyatlarini, tuyg`u-kechirmalarini va ichki dunyosini tushunish.
Material: rangli qalamlar, oqqog`ozlar.
Pedagog bolalarga har hil mavzularda rasm solishni tavsiya etadi: «Maktabda»,
«Ko`chada», «Oilada», «Men qo`rqinch to`sh ko`raman», «Men kunduzi nimadan qo`rqaman», «Mendagi eng yomon xolat», «Mendagi eng yaxshi xolat».
Ixoh: rasmlardagi qora va kulranglarning aksariyati boladagi ko`rquv xolatlarini ko`pligidan, bolada ko`ngil xo`shligini yo`qligidan, kayfiyati sust ekanligidan dalolat beradi.
2-bob buyicha xulosalar:
Shunday qilib, «BOLALARDA XAVOTIRLANISh XOLATLARINI TUZATISh MeTODIKALARI» mavzudagi kurs ishi mizning ushbu bobida kuyidagi masalalar tadqiq qilindi vaaniqlandi:
Psixogimnastika usuli yordamida bolalardagi xavotir xolatinituzatish
Artterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir xolatinituzatish
Musiqaterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir xolatinituzatish
Rasm bola qalbiningko`zgusidir
Rasm yordamida bolalardagi xavotir xolatini tuzatishmetodikalari
bob: BOLALARDA XAVOTIRLANISh MUAMMOSINI EKSPERIMENTAL O`RGANISh
Eksperiment bosqichlari va natijalari
Maktabgacha va kichik maktab yosh davri bolalardagi xavotirlanish va xavotir emotsional xolatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslari qanchalik dolzarb bo`lsalar, uning amaliy va tajriba – sinov asoslari ham shunchalik dolzarbdir.
Shu bois, agarda kurs ishi ning birinchi bobida biz maxsus ilmiy- psixologik, pedagogik manbalar va adabiyotlarning nazariy tahlili asosida maktabgacha hamda kichik maktab yosh davri bolalarida xavotir va xavotirlanish xolatlarini tadqiq qilgan bo`lsak, ikkinchi bobida esa bolalarda xavotirlanish xolatlarini tuzatish metodikalarini aniqlagan edik, endingiga ilmiy tadqiqotimizning uchinchi bobida esa biz shu nazariy bilimlarni amaliyotta bevosita tekshirish uchun tegishli tajriyba ishlarini olibborgandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |