Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Olingan ma`lumotlar va xulosalar hozirgi zamon pedagogika va psixologiya fanlaridagi mavjud bo`lgan maktabgacha va kichik maktab yoshi bolalar tarbiyasiga oid tadqiqotlar haqidagi tushuncha va nazariyalarni yanada to`liqtiradi va chuqurlashtiradi. O`tkazilgan izlanishlar ta`lim muassasalaridagi pedagoglar ishlarining mazmuniga va bolalar faoliyatiga yangicha nuqtai nazari bilan yondoshishga imkoniyatlar tug`diradi.
Tadqiqotning amaliy zarurligi: Dissertatsiya ishida yoritilgan materiallar maktabgacha ta`lim muassasalari hamda boshlang`ich maktab pedagoglari va amaliy psixologlariga, «pedagogika va psixologiya» ta`lim yunalishidagi tahsil olayotgan bakalavr talaba yoshlarga va barcha o`qituvchilarga ularning amaliy ishlarida zarur bo`lib hisoblanadi.
Tadqiqotning birinchi nazariy-izlanish bosqichi: 2011-2012 yillarda olib borildi. Bunda muammoga oid falsafiy, psixologik, pedagogik yo`nalishidagi ilmiy adabiyotlar, manbalar o`rganib chiqildi, shuningdek, mavzu nazariy va amaliy
jihatdan asoslab berildi. Tadqiqotning maqsadi, mazmuni, vazifalari belgilab olindi.
Tadqiqotning ikkinchi - tajriba bosqichi: 2012-2013 yillarda o`tkazildi, bu bosqichda tadqiqotning dasturi to`zilib chiqildi, uning nazariy va amaliy asoslari, mazmuni, tajriba mashg`ulotlarining shakl va usullari ishlab chiqildi. Tajriba natijalari tahlil qilindi, samaradorlik darajasi umumlashtirildi.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi 2011-2013 yillar davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti «Pedagogika va psixologiya» kafedrasining ilmiy- uslubiy va o`quv-uslubiy seminar majlislarida, ilmiy- pedagogik amaliyoti tajriyba ishlari jarayonida, magistrantlarning ilmiy anjumanlarida bayonat shaklida muhokama qilinib borildi. Tadqiqot natijalari va tavsiya etilgan metodik ko`rsatmalar maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda boshlang`ich maktabning o`quvchilari tarbiyasiga oid ishlarida foydalanilishi mumkin.
Natijalarning nashr etilishi: Dissertatsiya mavzusiga oid materiallar
«Bilim bulog`i» (№1 soni, 2013 yil, 19-21 betlar) respublika ijtimoyi va ilmiy- uslubiy jurnalida, jumladan, «O`smir davrida bolaning shaxsiy shakllanishi» mavzusida ilmiy maqola sifatida chop etildi hamda «Mug`allim va o`zluksiz ta`lim» (№2 soni, 2013 yil, 51-54 betlar) respublika ilmiy-uslubiy jurnalida, jumladan, «Kichik maktab yosh davridagi bolalarning qo`rquv va xavotirlanish xususiyatlari» mavzusida ilmiy maqola sifatida chop etildi. Shuningdek, «Kichik maktab yoshidagi bolaning aqliy rivojlanishi psixologiyasi» nomli mavzudagi maqola «Mug`allim va o`zluksiz ta`lim» jurnaliga topshirildi va kelgusi sonlarida chop etishga tayarlanmoqta.
Do'stlaringiz bilan baham: |