Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti
bob: BOLALARDA QO`RQUV va XAVOTIRLANISh MUAMMOSINI EKSPeRIMeNTAL O`RGANISh
Download 294.21 Kb.
|
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSALAR va TAVSIYaLAR FOYDALANGAN ADABIYoTLAR
bob: BOLALARDA QO`RQUV va XAVOTIRLANISh MUAMMOSINI EKSPeRIMeNTAL O`RGANIShEksperiment bosqichlari va natijalari Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar rasmlari tahlili bob bo’yicha xulosalar XULOSALAR va TAVSIYaLAR FOYDALANGAN ADABIYoTLARILOVALAR (slaydlar) KIRISh Tadqiqotning dolzarbligi va yangiligi: O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi, ijtimoiy hayotimizdagi o`zgarishlar, mamlakatimizdagi demokratiyaning tantanasi, xuquqiy davlat tuzimiga intilish psixologiya fanining qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o`rganish hamda ulardan turmushda foydalanishni talab qiladi. Jamiyatimizda ta`lim-tarbiya tizimini sog`lom insonparvarlik yo`nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talablari darajasiga ko`tarish, barkamol, ma`naviy dunyosi boy, ahloqiy pok, mard va jasur komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo`lmaydigan, davlat ahamiyatiga molik vazifa bo`lib turibdi. «Psixologiya, degan edi L.S.Vigotskiy, – birinchidan, konkret, amaliy bo`lib – ta`lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bo`lmog`i lozim. Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin». Bizga ma`lum, psixologiya fanining mavzu bahsi - umuman ruhiyatning, xususan, inson ruhiyatining namoyon bo`lishi, rivojlanishini o`rganuvchi sohadir. Psixologiya ongli sub`ekt – insonning ichki dunyosini o`rganadi. Psixologiya atamasi «psyuxe» – qalb (ruh), «logos» – taliymot (o`qish) so`z ma`nosini bildiradi. Ammo bu qisqa jumla inson ruhiyati haqida etarli ma`lumot bermaydi. Psixologiya fanining mavzu bahsini, ruhiyatni to`laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning kechish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar, hissiyotlar) namoyon bo`lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Biz so`z yuritmoqchi bo`lgan mavzu – bu, bolalardagi qo`rquv va xavotirlanish emotsional xolatlari. Ma`lumki, qo`rquv barcha xissiyotlar ichida eng xavflilardan biri hisoblanadi. Unga bag`ishlangan bugungi kundagi qator tadqiqotlar ushbu ahamiyatli xissiyotni bunnan buyon tushunish uchun juda yaxshi zamin yaratmoqta. Bu masala buyicha maxsus adabiyotlar unchalik ko`p emas. Shunday bo`lsa ham, maktabgacha va kichik maktab yoshi davridagi bolalardagi qo`rquv va xavotirlanish muammosi bugungi kunda ancha darajada dolzarb bo`lib kelmoqda. Shuningdek, ta`qidlash lozimki, qo`rquv va xavotirlanish muammosi bog`cha va boshlang`ich maktab amaliyotida etarsiz darajada e`tiborga olinmoqta. Lekin bolalardagi qo`rquv va xavotirlanish xolatini vujudga kelishining o`zi, albatta, birinchi galda ana shu maktabga borishi bilan bog`liq bo`lmoqta. Shu bois, bolalar hali bog`cha davridayoq xavotirlanishning maxsus psixodiagnostik testlaridan hamda korrektsion mashqlardan o`tkan bo`lib, o`zlarining ongida ko`rquv xolati to`sig`ini zabt etishlari kerak. Ma`lumki, qo`rquv soya singari insonni qadim zamonlardan buyon iziga ergashib qo`vib kelmoqda. U doyim xavf ostida yo`rgan qadimgi odamda ham bo`lgan. Biroq uning qo`rquvi instinktiv tabiatiga ega bo`lib, uning o`zi hamda tevarak-atrofidagi yaqinlarining hayotiga bevosita xavf xolatida bo`lgan. Qo`rquv insoniyat evolyutsiyasining ajralmas qismi. Chunki u hayot uchun g`oyat xavfli bo`lgan bemani va impul`siv harakatlarini oldini olgan. Bola hayotining ilk yillarida barcha yangi, begona narsalardan qo`rqadi, narsalar va ertaktagi personajlarni jonlandiradi, notanish hayvonatlardan cho`chiydi hamda ota-onasini mangu yashashina ishonadi. Kichik bolalarda hamma narsa real bo`ladi, demak, ularning qo`rquv xolatlari ham real xarakterga ega bo`ladi. Misol uchun, Yolmog`iz-kampir, u yaqin joyda yashaydigan bir jonli mavjudot. Faqat vaqt o`tishi bilan bolalarda tushunchalarning ob`ektiv xarakteri paydo bo`ladi. Ular o`zidagi sezgilarni ajratishni o`rganadi, o`z hissiyotlarini nazorat qilishadi. Psixologlar fikricha, qo`rquvlar yoshga bog`lik hamda nevrotik turlarida bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlarning hammasi, o`ylaymizki, biz tanlagan magistrlik dissertatsiya ishining dolzarbligin va ahamiyatliligin ko`rsatadi. Download 294.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling