Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Download 294.21 Kb.
bet31/34
Sana30.10.2023
Hajmi294.21 Kb.
#1735120
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti

Maktabgacha bo`lgan davrning yangi ma`lumotlari. Maktabda o`qishga tayyorgarlik ko`rish kompleksi yangi ma`lumotlar sanaladi:

  • kommunikativ tayyorgarlik;

  • kognitiv tayyorgarlik;

  • emotsional rivojlanish darajasi;

  • texnologik ta`minot;

  • shaxsiy tayyorgarlik.

Emotsional rivojlanish darajasi haqida:


Munosabatlar doirasi kengayishi bilan bolalar o`z emotsional dunyosini sezilarli ravishda faollashtiruvchi turli ijtimoiy omillar ta`sirini his qiladi. Bola situativ emotsiya to`sig`idan o`tish, o`z tuyg`ularini madaniy boshqarishga o`rganishi kerak. Buni o`rganishga esa o`yin yordam beradi, masalan, o`yinlar bolalardagi qo`rquvni engishda yordam berishi mumkin.
Maktabgacha bo`lgan davrda bolalar agressivlikni engishni ham o`rganishi lozim. Bolalar agressivligi rivojlanishining ma`lum qonuniyatlari mavjud. Bu jarayonda o`yindan tashqari ertakni his qilishning ijtimoiy texnikasini o`zlashtirish yordam beradi.

Shaxsiy tayyorgarlik haqida:


Shaxsiy tayyorgarlik o`zining kerakligi, muhimligini anglab etishda namoyon bo`ladi. Bu degani, inson o`zining qanday ekanligini ochishi, eng muhimi boshqalarga kerak ekanligini anglashidir. Qizlar uchun bu jihat yoshlikdayoq jozibadorlik, chiroy va ko`rkamlik ko`rinishida, o`g`il bolalarda esa samaradorlik, foydasi tegish ko`rinishida namoyon bo`ladi. Bu madaniy namunalarning natijasidir.
Ushbu ikki omil ta`siri ostida maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda shaxsning asosiy tuzilishi shakllanadi: shaxsiylikka intilish; Men-kontseptsiyasi; shaxs kelajagi; istaklar ierarxiyasi. Shaxsiylikka intilish (samaradorlik va jozibadorlik). Intilish darajasi muvafaqqiyatlar va omadsizliklar orqali shakllanadi. Bu jihat bolalarda juda yuqori, ammo omadsizliklar ta`siri ostida susayishi boshlanadi. Agar bola o`z sohasi (faoliyat sohasi yoki munosabatlar sohasi)ni topa olsa, unda
qo`rquv o`ziga, o`z kuchiga bo`lgan ishonch bilan almashadi. Bola hamisha boshqalardan ko`ra ustun ekanligini ta`kidlashga harakat qiladi.
Ota-onalar strategiyasi – maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda qobiliyatlariga emas, o`z kuchiga bo`lgan ishonchni shakllantirish. Ishonchlilik pozitsiyasi: “Barchasi o`zimga, qobiliyatlarim, xususiyatlarimga bog`liq, agar men o`zimni o`zgartira olsam, barchasini o`zgartira olaman. Omadsizliklar va muvafaqqiyatlar sababi o`zimda”. Ishonchsizlik pozitsiyasi: “Men vaziyatlar ta`siridaman, menga hech narsa bog`liq emas, taqdir hukmiga ko`ra hammasi o`tib ketadi”.

Download 294.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling