Nizomiy nomidagi toshkent davlat
Kurs ishigning maqsad va vazifalari
Download 54.69 Kb.
|
Abdulxatov Temur
Kurs ishigning maqsad va vazifalari: O‘quvchi-yoshlarda harbiy bo’lishga qiziqishni oshirish va uni rivojlantirish.
Kurs ishigning obekti: O’quvchi-yoshlarga harbiy vatanparvarlik darslari orqali haqiqiy vatanparvar shaxsni tarbiyalash. 1-bob. Vatanni sevmoq iymondandir! 1.1Vatanparvarlik insonni iymonli ekanini bildirdi. O’zbek xalqi o’z mustaqilligini qo’lga kirgizganidan buyon yoshlarimiz va bolalarimiz ma’naviy -ahloqiy tarbiyasi tizimida Vatan tuyg’usi, vatanga ehtiqod, vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg’ularini shakllantirish, ularni o’z xalqi va vatanining sodiq farzandlari qilib tarbiyalash hayotimiz mahnaviyati va mazmuniga aylanmoqda. Vatanparvarlik kishilarning eng qadimiy va asrlar davomida sayqal topgan tгyg’ularidan biri bo’lib, hamma vaqt konkret – ijtimoiy psixologikmazmuga, o’ziga xoslikka ega. Buning oqibatida vatanparvarlikning milliy va umuminsoniy qadriyatlar yuzaga kelgan. Vatanparvarlik – yuksak insoniy fazilat hisoblanadi. Shuning uchun ham Hadisi Sharifda «Vatanni sevmoq - iymondandur» deb da'vat qilinadi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi jismoniy tarbiya bilan o'zviy bog'liq suratda olib borilganidagina yaxshi natija beradi. Shuning uchun harbiy vatanparvarlik tarbiyasini jismoniy tarbiyasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sovuqqa va issiqqa bardoshli bo'lish, kasalliklarga tezda berilmaslik, qiyinchiliklarni yengish, irodalilik. sabot – matonatlik, tez va chaqqon harakat qila bilish kabi Vatan mudofaachisiga xos fazilatlarni yoshlarda rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sport o'inlarining roli benihoyat kattadir. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan mudofaasiga jismonan va ma'naviy jihatdan tayyorlash zarurligi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Mamlakatimiz mudofaasini mustahkamlash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish yoshlar tarbiyasi, siyosiy ongi, mehnat faoliyati va ilmiy-texnika rivojlanishi tezligi bilan chambarchas bog'liqdir. Tarbiyalash - bu insonlarni jamiyat uchun jismoniy - aqliy mehnatga yoki boshqa foydali faoliyatga yo'naltirish, shu bilan birga ko'p qirrali ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashning ob'ektiv asoslangan jarayonlardan iborat. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi uning ajralmas qismi hisoblanadi. Insonnin ma’naviy etukligi undagi vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat qadriyatlarini shakllanishi zamirida paydo bo’luvchi, shakllanuvchi va shaxs ma’naviyatini belgilovchi qadriyatlar bilan belgilanadi Mustaqil O’zbekistonning kelajagi, ko’p jihatdan, barkamol avlod tarbiyasiga bog’liq. Buning uchun dono xalqimizning va mutafakkirlarimizning durdona fikrlariga rioya qilib, yoshlarimizga bolalikdan boshlab ajdodlarimiz tomonidan qo’llab kelingan eng xalqchil odob namunalari va qadriyatarni ta’lim tarbiya jarayonida o’rgatib borishimiz zarur. Dunyoda yuz beradigan har qanday o’zgarishlar, xoh u iqtisodiyotda, xoh ma'naviy-siyosiy sohalarda bo’lsin, o’z ta'sirini dastavval oila muhitida namoyon etadi. So’nggi yillarda iqtisodiyotda globallashuv jarayonlarining faollashuvi, ma'naviyat va axloqiy tarbiyada G’arb ma'naviyatiga xos bo’lgan individualizmning kuchayishi hayotimizning barcha jabhalariga va ayniqsa, oila muhitiga sezilarli ta'sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizning porloq istiqbolini ta'minlashda boshqa ijtimoiy institutlar bilan bir qatorda oila omiliga ham katta e'tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Shunday ekan, oila muhitida mamlakatimizning umumiy rivojlanishiga munosib hissa qo’sha olishga qobil va tayyor shaxslarni shakllantirish uchun birinchi galda nimalar qilishimiz lozim. Dastavval, o’sib kelayotgan yosh avlod ongi, shuuri, ma'naviyatida Vatan tuyg’usini mustahkam qaror toptirish ishi xalqimiz uchun taqdirilomon vazifa sanaladi. Negaki, qadim-qadimdan oila - muqaddas Vatan sanalgan. Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibat, aka-ukalarga mehrlilik Vatan tuyg’usining debochalaridir. Millatimiz boshiga tushgan achchiq qismat dastavval oila tarbiyasidagi kamchillik oqibati ekanini ma'rifat ahillari yaxshi anglashgan. Bundan xalos bo’lishda oila tarbiyasi hal kiluvchi ahamiyat kasb etadi, deb umid qilishgan. “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq, - deb yozadi u – tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Bu mulohazali fikrni esa shu elning jonkuyar farzandlaridan bo’lgan Fitrat bitgan. Ota-bobolarimizdan qolgan me`rosiy an`analardan tiri o’zi tug’ilib o’sgan vatanga, xonadoniga, el usuliga cheksiz izzat-ehtirom tuyg’usidir. «O’zga yurtining sultoni bo’lgandan ko’ra , o’z yurtingni gadosi bo’l» degan gaplar ham donolardan qolgan. ajdodlarimiz o’z el-yurtining chinakam fidoiylari, o’z vatandoshlarining mehribonlari bo’lganlar. Kindik qonlari tomgan tuproqning bir siqimini o’zga brtning olam-olam boyligi-yu behisob zarlariga almashtirmaganlar. Bu odat o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketganki, u o’z qo’shnisi hech qachon o’zgalarning qasru-koshonalarga almashtirishni ravo ko’rmaydi. «Ona yurtingoltin beshiging», deya bir mehru-muhabbatini o’z yurti, vatani, uyi, xonadoni axliga ulashib, goh to’qlik bo’lsin, goh yo’qlik bo’lsin, shukur qilib yashayveradi. Vatanga muhabbat-eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg’unlashib ketadi. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ularni tafakkurining aniq va obrazliligini e`tiborga olgan xolda ma`lum izchillik bilan tarbiyalab boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni vatanga muhabbat hissini ularga yaqin va tanish bo’lgan aniq, faktlar, misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tarbiyachilar bolalarda o’z oilasiga, uyiga, bolalar bog’chasiga va bolalarni o’rab turgan tevarak-atrofga mehr-muhabbatni va ularga sodiq bo’lishni tarbiyalayotib, eng muhim ijtimoiy his bo’lgan vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi. Milliy g’urur muayyan millatning tarixiy o’tmishidan, milliy qadriyatlaridan, jahоn miqyosida asrlar оsha tan оlinib kelinayotgan fan, din, adabiyot, san`at va madaniyat yutuqlari va ularni yaratgan dahоlardan, tarixiy оbida va yodgоrliklaridan, milliy urf-оdatlariyu, an`analaridan, оta-Vatanidan, dоnо xalqidan, Vatanining go’zal o’tmishi va bugunidan, milliy xalq qahramоnlaridan faxrlanish va iftixоr qilish tuyg’usidir. Darhaqiqat, „Milliy g’urursiz hech bir millat millat sifatida ravnaq tоpоlmaydi". Kimningki g’ururi yo’q, Оnikim shuuri yo’q. G’urur o’zini o’zi anglash, milliy g’urur esa milliy o’z-o’zini anglash bilan bevоsita bоg’liqdir. Tilini, dini, tarixini, ajdоdlarining mazmunli hayotini, оlamshumul kashfiyotlarini yaxshi bilgan, o’rgangan kishigina o’zining kimligini anglashi mumkin va uning qalbida, vujudida va ruhida faxrlanish tuyg’usi vujudga keladi. Shuningdek, unda ajdоdlariga sоdiq qоlib, „... o’zini kamоl tоptirishga bo’lgan intilish insоnning g’ururini, uning haqiqiy fazilatlarini yuksaltiradi"2 . 45 Darhaqiqat, agar yuragida g’urur bo’lsa, insоn o’zidagi bоr imkоniyat-larni ishga sоlib, irоdasini rasо ushlab, barcha xislat va fazilatlarini yuzaga chiqarishga intiladi. Download 54.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling