Nizomiy nomidagi toshkent davlat


Yosh avlodni harbiylikka qiziqishini oshirish


Download 54.69 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi54.69 Kb.
#218381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulxatov Temur

2.2. Yosh avlodni harbiylikka qiziqishini oshirish.

Harbiy bo’laman degan har bir yosh avlod vakili o’zida quydagi sifatlarni shakillantirishi kerak bo’ladi. Bu sifatlari qatoriga maqsadga intilish, o‘zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat, qat’iylik, botirlik, intizomlilik, sabotlilik, mustaqqillik, mardlik va boshqalar kiritiladi.



Maqsadga intilish – shaxsning o‘zidagi barcha kuch-quvvatlarini oldiga qo‘ygan maqsadiga qaratish, o‘z xatti-harakatlarini ko‘zlagan maqsadiga erishish vazifasiga bo‘ysundirish, har qanday qiyinchilik va to‘siqlarga qaramay maqsadni amalga oshirish uchun intilish qobiliyatidir.

O‘zini tuta bilish – odamning o‘z xatti-harakatlari, his-tuyg‘ulari, xulq-atvori kabilarni boshqara bilishda aks etuvchi iroda sifatidir.

Chidamlilik – maqsadga erishishda odamning ko‘pincha sovuq va issiqqa ham, ochlik-tashnalikka ham, betoblik va boshqa shu singari qiyinchiliklarga qaramay, barcha to‘siqlarni engib, o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishga intilishda aks etuvchi ijobiy sifatdir.

Qat’iylik - shaxsning vaziyatni tezda baholab, o‘z vaqtida asosli, o‘ylangan va mustahkam qaror qabul qilishi, hech qanday ikkilanishsiz uni bajarishga kirishishidan iborat fazilatidir.

Botirlik – odam sog‘lig‘i yoki hayoti uchun xavfli va murakkab sharoitda ham biron qarorga kelishi va uni bajarishning uddasidan chiqa bilish xislatidir.

Intizomlilik – jamiyat qonunlariga, axloq normalari va qoidalariga, milliy (umumbashariy) urf-odatlariga, ixtiyoriy hamda ongli ravishda bo‘ysunishda ifodalanuvchi inson sifatidir.

Sabotlilik – shaxsning qabul qilgan qarorini bajarish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun, ko‘p vaqt hamda muayyan qiyinchiliklarni engish talab etilishiga qaramay, og‘ishmay intilishida gavdalanuvchi iroda belgisidir.

Mustaqqillik – insonning o‘zicha biror qarorga kelishi va uni amalga oshirishidan, qarorni amaliyotga tatbiq etishning usul va yo‘llarini o‘zi mustaqil tanlashidan, har bir ishda o‘zining bilimlari, dunyoqarashi va e’tiqodlariga amal (rioya) qilishidan iborat iroda sifatidir.

Mardlik – oliy maqsadlarni ko‘zlab ish ko‘ruvchi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishda qat’iylik, vazminlik, sabr-matonat, chidamlilik, bardoshlilik, mustaqqillik va dadillik ko‘rsatuvchi xislatlar majmuasidir.
Yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish uchun tayyorlash Davlat miqyosidagi vazifa. Shu vazifani hal qilishda chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik, jumladan fuqaro muxofazasi bo'yicha tayyorgarlik o'quv dasturidagi majburiy fan bo'lib, umumta'lim o'quv muassasalarida, o'rta maxsus va o'rta kasb – hunar ta'limi muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik o'qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasida kurslardan yoki sinflardan boshlab o'tilishi O'zbekiston Respublikasi „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida”gi qonunining 13 – moddasiga belgilab berilgan.

Vatan himoyasi haqidagi asosiy hujjat davlatimizning „Mudofaa to'g'risida”gi Qonunida aks etgan. Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab, mamlakat mudofaasini ta'minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi. „Mudofaa to'g'risida”gi Qonunida alohida mamlakat mudofaasi xususiyatiga ega bo'lib, Qurolli Kuchlarni tajavo'zkorliklarni bartaraf etish va qaytarishga tayyorlash, Vatan himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan fikrlar tizimini tashkil etadi. Harbiy xavf potentsial manbalari mavjud ekan O'zbekiston zaruriy yetarlilik darajasidadavlat mudofaa qudratini mustahkamlashi zarur.

Xavf-xatar tug'ilishi mumkin bo'lgan sabablar:

1. Dunyoning turli mintaqalarida qurollangan guruhlarning bir joyga to'planishining yuqori darajasi;

2. Dunyo bo'yicha siyosiy vaziyatning kuchayishi;

3. Alohida davlatlar va davlat bloklarininig o'z siyosatlarini kuch bilan hal qilishi;

4. Ba'zi davlatlarning boshqa mamlakatlar chegarasi yaqinida o'z qurolli kuchlari guruhlarini kuchaytirishga intilishi;

5. Chegaradosh mamlakatlarda yuzaga kelgan siyosiy ahvolning o'zgaruvchanligi va ularning kuchayishi imkoniyati mavdjudligi;

6. Ba'zi bir Davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi malakatlarga o'z ta'sirini kuchaytirishga intilishi;

7. Siyosiy ekstremist guruhlar, noqonuniy-harbiy uyushmalar tomonidan tashkil qilingan terroristik aktlar. Shu bilan birga millatlar orasida buzg'unchilik siyosatning olib borilish faoliyati.Xalqning tinch hayoti va mamlakat havfsizligi kafolati, mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo'liga qadam qo'ygan yosh mamlakat mustaqiligini kuriqlaydigan Qurolli Kuchlarimizning tarixiy vazifasi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 - moddasida yozilgan: O'zbekiston Respublikasini himoya kilish har bir O'zbekiston fuqarosning burchidir. Shuning uchun 30 avgust 1995 yilda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan harbiy Doktrina iqtisod, mintaqa va aholini mudofaa, qilishga tayyorlashning asosiy yo'nalishlarini aniqlaydi. Jumladan aholining harbiy tayyorgarligi:

1) O'quv muassasalar va boshqa o'quv yurtlari, "Vatanparvar" Mudofaaga ko'maklashuvchi tashkilot (MKT) o'quv to'garaklarida, chaqiriqqacha va chaqiriq yoshidagi yoshlarning harbiy tayyorgarlik tizimida;

2) Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibning muddatli harbiy xizmatni o'tashi davomida;

3) Harbiy litseylar, Respublika fuqarolik oliy o'quv yurtlarining harbiy fakultet va kafedralarida;

4) Qurolli Kuchlarga tegishli bo'lgan maxsus tuzilmalarda.

Mamlakat fuqarolarni Vatan himoyasiga tayyorlash ta'lim-tarbiya tizimining barcha shakllarida olib boriladi. Yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash – inson butun hayoti davomida amalga oshiriladigan o'zoq jarayondir. Vatanparvarlik tarbiyasi oiladan boshlanadi va boshlang'ich sinflardan boshlab o'quv yurtida davom ettirilishi lozim. Vatan, yerga bo'lgan muhabbat – xalqimiz qalbiga singib ketgan, azaliy milliy xususiyatga ega bo'lgan xislatdir. I.A.Karimov aytib o'tganlaridek: "Ma'naviyat sohasida eng asosiy vazifamiz insoniy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish, bolalarimizni ozod demokratik O'zbekistonning komil o'g'il- qizlari qilib tarbiyalashdir". Tarbiyaning siyosiy, g'oyaviy, e'tiqodiy, estetik va boshqa turlari har bir O'zbekistonlikda yangi jamiyatning barkamol avlodi, yuqori ma'naviy – siyosiy xislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda unda mamlakat sarhadlari daxlsizligini ta'minlash borasidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglatishdir. Vatan himoyasiga tayyorlash, shuningdek o'z – o'zini anglash, o'zini tarbiyalash ham sodir bo'ladi. Ular Vatan himoyachisi haqida to'la tasavvurga ega bo'ladilar. Bu nafaqat Ikkinchi Jahon urushi qahramoni yoki faxriysi, baynalminalchi, balki mustaqil O'zbekiston himoyachisining eng yaxshi hislatlari xos bo'lgan zamondoshlarimiz haqidagi qahramonliklar, ularning yuksak marralarni zabt etishlari va xalqimiz mehnatini ishonchli himoya qilish kabi tushunchalar chuqur tasavvurli iz qoldiradi.Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovo'zkorliklarga qarshilik ko'rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o'z Vatani himoyasi uchun shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir.

Harbiy vatanparvalik tarbiyasini tashkil qilish uchun tinch va jangovar vaziyatdagi harbiy xizmat sharoitlarida bilishlarning psixologik faoliyatini o'rganuvchi harbiy psixologiya ham muhim ahamiyatga ega. Harbiy psixologiya Vatanimiz himoyasi uchun o'z burchini bajarishga yoshlarni psixologik tayyorlash bo'yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi. Psixologik fan inson shaxsiyoti, ichki ma'naviy dunyosi, o'zini tutish omillari, bir-biridan xususiyati, qiziqishlari bilan farqlanadigan kishilar bilan harbiy vatanparvalik tarbiyasini to'g'ri tashkil qilishni yaxshi tushunishga yordam beradi. Tarbiyachilarning psixologik fanni yaxshi bilishi, ularga kasbiy tanlov va yuqori sinf o'quvchilarini harbiy o'quv yurtlariga kirish va O'zbekiston Respublikasi turli faoliyatdagi va Qurolli Kuchlarida hizmat qilishga tayyorlash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.

Uzoq yillar mobaynida amalga oshirilgan kuzatishlar, xalqimiz tarixining sinchkovlik bilan qilingan tahlili shundan guvohlik beradi-ki, oilada ota-onaning farzandlar bilan qancha ko’p vaqt birga bo’lishi, o’zaro muloqotlar, mehr tuyg’usini mustahkamlanishiga olib keladi. Mustаqillik mаfkurаsi ruhidа tаrbiyalаngаn, mа`nаviyati yuksаk, оdоbli bаrkаmоl insоnni tаrbiyalаsh hаr bir оtа-оnа, tаrbiyachi vа jаmоаtchilikning muqаddаs burchidir. Qоlаvеrsа pеdаgоgikа fаni оldidа turgаn muhim vа dоlzаrb vаzifаdir. Shu mubоrаk burch vа vаzifаlаrni аmаlgа оshirish uchun ko`mаklаshuvchi bоlаlаrdа vаtаnpаrvаrlikni tаrbiyalаshni o`zigа хоs хususiyatlаrini, оmillаrni izlаsh, ulаrdаn sаmаrаli vа o`rinli fоydаlаnish zаrur. Хаlqimizdа bоlаning vаtаnpаrvаr bo`lishi qаdimiy tаrbiya аn`аnаlаrigа ko`rа dаstlаb оilаdа bеrilаdigаn tаrbiyadа muhim o`rin egаllаgаn. Ilgаri оtаоnаlаr buvi vа buvаlаr, mаhаllа kаttаlаri qоlаvеrsа turli tаrbiya sоhаlаri bo`yichа mаhsus yollаngаn tаrbiyachilаr fаоliyati аsоsiy rоl` o`ynаgаn. O’zbekiston Respublikasining rivojlanib borishi mustaqil hayotga qadam tashlayotgan yoshlarning faoliyatida, maqsad sari intilishlarida cheksiz mehnatsevarlik va tirishqoqlik talab etmoqda. Jamiyat xech qachon yoshlarning intilishlariga, hayotda ularning ideallari, qiziqishlari va kelajakdagi orzu-umidlari hamda ularni amalga oshirish yo’llariga befarq qaray olmaydi. Vatanparvarlik aniq bir hayotiy muhitda, ijtimoiy zaminda va mavjud ma`naviy-axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Uning to’la va o’tg’ri shakllanishi, yuksak namunalarni ko’rsatish uchun ham xalq va Vatan mustaqil bo’lishi lozim. Ana shu sababdan, mustaqillikni e`zozlashimiz, qadriyaga etishimiz, uni qadam-baqadam mustahkamlab borishimiz zarur. Shu yo’ldagi oliyjanob fazilat va ezgu intilishlar bugungi kunda haqiqiy vatanparvarlik namunasidir. Vatanparvarlik g’oyalarini yoshlarimiz ongiga singdirish, avvalombor oiladan boshlanadi. Ona Vatan, Vatanga muhabbat, Vatan tuyg’usi kabi ilk tushunchalar ham avvalo, oila muhitida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati va mehri orqali amalga oshadi. Inson o’zligini anglashi, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar ortadi. Vatanparvarlik g’oyalarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishda ta`lim va tarbiyaning turli shakllari ham muhim ahamiyat kasb etadi.



XULOSA

Yoshlarning harbiy vatanparvalik tarbiyasi, shuningdek zamonaviy urushxususiyati, qurollangan jang vosita va shakllari, qonuniyligi, jangovar harakatlar sharoitlarini ochib beradigan harbiy fan bo'lib, qoida va xuloslarini hisobga olgan holda tashkil kilinadi. Harbiy fan har bir kishi qanday ma'naviy-siyosiy, psixologik va jangovar xislatlarga ega bo'lishi, Vatan himoyachisi majburiyatini muvaffaqiyatli bajarini uchun unga qanday bilim, ko'nikmalar zururligi haqidagi savollarga javob beradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining bosh vazifasi mustaqil, o'z yo'lidan rivojlanayotgan Vatanimiz uchun, g'urur, Qurolli Kuchlarga nisbatan muhabbat, jangovar va mehnat urf – odtlarimizga sadoqat, harbiy mehnatga hurmat hissini har taraflama rivojlantirish, ozodlik va mustaqilligimizni, qo'limizdagi qurol bilan muhofaza qilishga doimiy tayyorlikni shakllantirish, o'z fuqarolik burchini ado etishdir. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda harbiy xizmatga qiziqishni rivojlantirish, harbiy kasblarni egalash, yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatga tayyorlashga yordam berishni ko'zda tutadi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi Vatanni himoya qilish uchun tayyorlikni ta'minlaydigan fikr, ishonchini, dunyo qarashni shakllantirish, unga bor kuchni, kerak bo'lsa hayotini ham berish. Bo'lajak jangchilarning

* ma'naviy

*ruhiy,

*axloqiy,

*intizomiy,

*jangovar xislatlarini tarbiyalashni tarbiyalashdan iborat. Harbiy – texnik tayyorgarlik ularda quyidagi jangovar xislatlar shakllanadi: harbiy bilim, jangovar mahorat, intizomlilik va tashkiliylik, jangovar birodarlik harbiy qasamyod va nizomlar talablarini, komandir va boshliqlar buyruq va ko'rsatmalarini so'zsiz bajarish. Bu yerda boshlang'ich harbiy tayyorgarlik, mudofaa – ommaviy ishlari katta o'rin tutadi.

Qo'shinlar qurollanishida raketa quroli, avtomatlashtirilgan boshquruv tizimlari, zamonaviy aloqa vosita radiolakatsion moslamalar, avtomatika va telemexanika turli qurilmalari mavjud. Samolet, jangovar texnika va Qurolli Kuchlarning piyoda va boshqa turlari qurollanish jangovar imkoniyatlari anchaga kengaydi.

O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: „Ona – yerimiz, Vatanga bo'lgan muhabbat, olijanob tuyg'ular xalqimiz qon qoniga singib ketgan milliy harakterining azaliy fazilatlaridandir. Bu qadrli insoniy fazilatlarni asrab – avaylash va takomillashtirish, bolalarimizni mustaqil va demokratik O'zbekistonning munosib o'g'il-qizlari qilib tarbiyalashimizning asosiy yo'nalishlari bo'lib qolishi kerak”.





Download 54.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling