Nizomiy nomidagi toshkent davlat


Vatan himoyachilari mudom hurmat e’tiborda


Download 57.13 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi57.13 Kb.
#240220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulxatov Temur (2)

1.2 Vatan himoyachilari mudom hurmat e’tiborda.

Ulug’ ajdodlarimizdan meros bo’lib kelayotgan an`analarni davom ettirish, boy tarixiy meroslarimizni o’rganish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. O’quvchilarni vatanga muhabbat, harbiy xizmatga moyil ruhda tayyorlash bilan milliy istiqbolimizning ravnaqiga hissa qo’shuvchi yoshlarni tarbiyalash asosiy masaladir. Jamiyatimiz yangilanish jarayonida yangicha dunyoqarash madaniyatini shakllantirish, shaxsning mustaqil fikrlashga o’rganishi yurtimiz shonu-shavkatini himoya qilishda buyuk sarkarda Amir Temurning harbiy sirlarini o’rganish, vatanga muhabbat tuyg’usini o’quvchilar ongiga singdira borish, o’quvchilarni jismoniy tayyorgarligiga katta e`tibor berish, harbiy kasblarga yo’naltirish, vatanni himoya qilishdek muqaddas burchdir.

Har bir zamonning, har bir makonning o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi. Tabiiy ofatlar, turli ijtimoiy hodisalar, vabo, davlatlararo urushlar buning yaqqol ko‘rinishidir. Bular aslida, xalqlar oldidagi sinov, mashaqqatli dovonlardir. Qaysi xalq metin irodaga, temir intizomga, bag‘rikenglik va olijanob fazilatlarga ega bo‘lsa o‘sha xalqning g‘alabasi muqarrardir.

Bu fikrning isbotini ikkinchi jahon urushi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada O‘zbekiston xalqining jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonatini inkor etish insofdan emas. Tasavvur qiling, o‘sha paytda O‘zbekiston aholisi 6 yarim million kishidan iborat edi. Shundan 1,5 milliondan ortig‘i jangga otlandi. O‘sha urushda o‘zbekistonliklarning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘ldi, 133 mingga yaqini bedarak yo‘qoldi, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytdi. Buning asoratlarini, mard o‘g‘lonlar va jangovar ayollarimizning matonati va qismatini aslo unutib bo‘lmaydi. Abu Abdulloh Ro‘dakiyning ushbu ruboiysida urush va keskin nizolarga nafrat ruhi bor. Xalqimizning dil tubidan chiqqan ushbu nidoda ham ana shu tilak mujassam,

Yer tayanch nuqtasin Arximed izlab,

Ketdiku topolmay armon yetaklab,

Ona alla aytib umum basharga

Bu nuqta tinchlik deb berdi yo‘rgaklab.

Jahonning oliy minbaridan turib Prezidentimizning nafaqat o‘zbek xalqiga balki, butun dunyo ahlini tinchlik va hamjihatlikka chorlovi xalqimizga xos bag‘rikenglik va mehridaryolik nishonasidir. Biz davlat rahbarining ana shu da’vatlariga hamohang va kamarbasta bo‘lsak, o‘tmish ajdodlarimizni yod, ruhlarini shod etgan bo‘lamiz.

Urush qatnashchilarini bizning ajdodlarimiz deya taraflash va sharaflash fuqarolik burchimiz va vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usidir. Yovuzlikning oqibati mag‘lubiyat bo‘lishini, bu bandaga ham, yaratganga ham xush kelmasligini ikkinchi jahon urushi misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunlarning qadriga yetish uchun tinchlik va istiqlol sabab erishgan muvaffaqiyatlarni yoshlarimiz his etishlari uchun o‘sha davr keltirgan zararlar va xalqimizning mardonavorligini, matonatini misollar asosida keltirish o‘rinlidir. Oramizda urushning yolg‘iz yodgori bo‘lib qolayotganlar, bir oyog‘ini frontga tashlab kelgan urush faxriylari bor. Ularning qalbida urush qoldirgan asoratlar, taniga yetkazilgan shikastlar aslo o‘chmasdir. Deyarlik har bir oilada, mehnat jamoasida, ta’lim muassasasida ularning o‘z o‘rni, muqaddas xotirasi mangu yashaydi. Mamlakatimizda urush va mehnat faxriylarini ziyorat qilish, holidan xabar olish ayniqsa, bayram oldidan an’anaviy tus olgani rost.

Millionlab odamlar umriga zomin bo‘lgan, mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan bu urush dahshatlarini ko‘rib tangri inoyati bilan mardonavor tarzda sog‘-omon yurtiga qaytib kelganlardan biri urush va mehnat faxriysi general-mayor Abdullajon bobo Artikbayevdir. Hozirda poytaxtimizdagi «Lashkarbegi» mahallasida istiqomat qilayotgan Abdullajon bobo 1943 yilda 18 yoshida armiyaga chaqirildi. U Turkiston harbiy okrugi 368-chi Samarqand o‘qchilar polkida oddiy askar bo‘lib xizmat qildi. U yerdan uni Toshkent harbiy bilim yurtiga, 1945 yil fevralda esa bir necha safdoshlari bilan birga G‘arbiy Ukrainaga – avvaliga Lvovga, so‘ngra Mukachevoga yuborildi. Xalqimiz jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonat ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shganini inkor etish qiyin. Yurt boshiga kulfat tushganda, boylik, mol-mulk ko‘zga ko‘rinmasligini sezish qiyin emas. Bosqinchilarga bo‘lgan nafrat xalqning g‘azabini keltiribgina qolmay, balki o‘zida bor bo‘lgan qimmatbaho taqinchoq-u boyliklarini o‘ylab o‘tirmasdan frontga, mard jangchilarga, jangovar texnika, urush qurollari, mudofaa jamg‘armasi uchun to‘plab safarbar etgani ham fakt. Mana shu faktlarning o‘ziyoq, xalqimizga xos fidoyilik, elparvarlik, kabi olijanob fazilatlarini ifoda etishi aniq.  Bulardan tashqari ajdodlarimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, mehridaryolik, bolajonlik fazilatlari ularning jon tomiri va qon tomiriga singishganini ko‘rish mumkin edi. O‘zaro yordam, saxovat ko‘rsatish kabi holatlarning avlodlar tabiatida barqarorligini yaqindagina ro‘y bergan tabiiy ofatlar - Buxoro bo‘roni va Sardobadagi suv toshqini misolida ham ilg‘ash mumkin.

Tarixdan ma’lumki, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Torobiy kabi milliy qahramonlarimiz mavjud bo‘lib, ular ona yurt ozodligi, xalq tinchligi, farovon hayot uchun jonlaridan kelgan insonlardirlar. Shuning uchun ular milliy qahramonga aylanib, millatimizning faxriga aylanganlar. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarni ularning hayot solnomasidan xabardor qilish, ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, mustaqillikni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga hormay-tolmay xizmat qilishga undashda tarixiy qadriyatlardan, ayniqsa buyuk sarkarda, milliy qahramonlar jasorati haqida ma’lumot berish muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hisoblandi. Ayniqsa bunday tarixiy qadriyatlardan Buxoro yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan, oddiy hunarmand oilasida tarbiya ko‘rgan, yovga nafrat o‘ti, vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan yongan, ozodlikni muqaddas burch va majburiyat deb bilgan, o‘zbek xalqi qahramonligini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, ona yurtini arosatda ko‘rib «Uzoq uxladik, uyg‘onmak kerak, alhol, Tangrim kechirmagay!» deb Chingizxon qo‘shiniga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan va shahid bo‘lgan Mahmud Torobiyning jasorati alohida hurmatga loyiq.



Tarixiy qadriyatlar tizimida bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning hayot solnomasi va jangovor faoliyat yo‘li ham o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish ta’sirchan vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. Tarixdan ma’lumki, Amir Temur yurtni turli bosqinchilardan tozalab, parokanda yurtni birlashtirib, markazlashgan yagona davlat barpo eta olgan, ilm-ma’rifatga homiylik qilib, madaniyat, ma’rifatni rivojlantirish orqali taraqqiyotni tezlashtira olgan buyuk shaxs, yengilmas sarkarda hisoblanadi. Shuning uchun ham uning hayot yo‘li, jasorati, ilmiy-ma’rifiy faoliyati bugungi o‘quvchilar-yoshlar uchun hayot maktabi, ilm-ma’rifat, adolat, jasorat manbai va fuqarolik tarbiyasi vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. Amir Temur o‘z faoliyatida adolatga suyanib yashadi va uni o‘z mamlakatida o‘rnatdi hamda targ‘ib qildi. Uning shiori ham «Rusti-rosti» («Kuch adolatda») degan iboradan tarkib topganligi sababli, uning adolat qilichi bir umr sinmay, doimo unga zafar keltirdi. Amir Temur qoldirgan tarixiy meros «Temur tuzuklari» jahon madaniyati xazinasidan joy olgan asar bo‘lib, u tarixiy taraqqiyotni turli davrlarida davlatni boshqarish ishlarida dasturamal bo‘ldi va shunday bo‘lib qolmoqda. «Temur tuzuklari» sohibqironning 63 yillik (1342-1405) ijtimoiy-siyosiy, madaniyma’rifiy faoliyati aks ettiruvchi asar hisoblanib, unda 27 mamlakatdan iborat markazlashgan davlatni tuzganligi, uni 1)kengash; 2)mashvaratu-maslahat; 3)qat’iy qaror-tadbirkorlik va hushyorlik; 4)ehtiyotkorlik bilan boshqarganligi hamda uning jamiyat kishilariga bo‘lgan munosabati izohlangan. Ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning davlat ravnaqi, saltanat rivoji uchun muhim ma’naviy ozuqa ekanligini chuqur his etgan.

Download 57.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling