Nizomiy nomidagi toshkent davlat


-bob. O‘quvchi yoshlarni Vatanparvarlikka qiziqishni oshirishning asosiy tamoyillari


Download 57.13 Kb.
bet4/6
Sana08.01.2022
Hajmi57.13 Kb.
#240220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulxatov Temur (2)

2-bob. O‘quvchi yoshlarni Vatanparvarlikka qiziqishni oshirishning asosiy tamoyillari.

2.1 O‘zbekistonda yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan e’tibor.
Vatanparparlik tuyg’usini tarbiyalashda o’smirlarda emotsional tuyg’ularni shakllantirishga imkon beradigan xis etiladigan ,ko’rgazmali materialning ahamiyati kattadir. Ushbu jarayonida faol, uyushgan rejali idrok qilishning, kuzatishning axamiyati katta O’quvchilarda vatan haqidagi tushunchalar shakllanar ekan atrofdagi konkret predmetlar va xodisalarni, ularni atrofida yashayotgan insonlar xayoti ularning fidokorona mehnatining tasvirini ko’zdan kechiradilar va aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar. Psixologik nuqtai nazardan predmetli, tasviriy, so’z ko’rgazmaliligi farq qiladi. Aynan shu bois predmetli ko’rgazmalilik o’quvchilarning narsa va xodisalarini bevosita idrok qilishlarini mukammlashtiradi. Sinfda o’tkaziladigan tajribalar, ekskursiyalar ham shunga kiradi. Tasviriy ko’rgazmalilik-tasviriy vositalar rasmlar, mulyajlar, diopozitivlar, kinokartinalar yordamida amalga oshiriladi. Tasviriy vositalarning xarakteriga qarab ko’rgazmalilik xaqiqiy tasviriy ko’rgazmalilikka (narsa va xodisalarning xaqiqiy tasviri) va simvolik ko’rgazmalilikka (kartinalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diogrammalar) bo’linadi. So’z ko’rgazmaliligi deganda o’qituvchining o’quvchilarda konkret tassavvurlarni uyg’otadigan erkin, obrazli erkin nutqi tushiniladi. Biroq psixologik kuzatishlar va eksperimentlar shuni kursatmoqdaki xissiy idrok qilish abstrakt tafakkurning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi Kuzatuvchanlikni tarbiyalash faol uyushgan, aniq maqsadga muvofiq sistemali kuzatish ko’nikmasini tarbiyalash sifatida juda muhimdir. O’qituvchi kuzatishni tashkil qilar ekan o’quvchilar oldiga aniq va muayyan bir maqsadni qo’yadi, kuzatishni yo’lga soladi, detallarni ajratib ko’rsatishni mazkur obhektni boshqa obe’ktlar bilan taqqoslashni va nomuxim belgilarni ajratib ko’rsatishni tavsiya etadi.

Shu o’rinda, o’smirlarda vatnaparvarlik tuyg’usini shakllantirishda zo’rlash, majburlash usullaridan qochish lozim. Jahon adabiyotida munosib o’rin egallagan fransuz yozuvchisi Anatolik Frans: ―Tazyiq ostida berilgan bilim, aqlni bug’adi,-degan asosli fikrlarni bildirgan edi. Har qanday fikrni tinglovchiga etkazishda, bizning holatimizda, o’smirlarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish kerak. O’smir hayotidagi turli muamolarga differentsial yondoshish bu metodologik tamoyil o’smirlarni oilaviy munosabtlari , ijtimoiy muxit xususiyatlari o’rganishni talab qiladi. Bu borada o’smir yoshlarning jamiyatdagi tabaqalnishi xolatlari e’tiborga olish aloxida ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, jamiyat ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy faol yoshlar guruxlari: o’smirlar, yosh olimlar, ishchilar, fermerlar, ishbilarmon yoshlar, sanatkorlar, tadbirkor yoshlar kabi guruxlar salmog’i ortib borayotgan bo’lsa ikkinchi tomondan esa, ishsiz yoshlar bekorchi sayoq, giyoxvand turli diniy oqimlar ta’sirida ―xujralarda ― diniy bilim olayotgan yoshlar jamiyat hayotida salbiy disfunktsional ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim muassasalarida vataparvarlik qadriyatlarini shakllantirish borasida amalga oshiriladigan tadbirlar har tomonlama emotsional jozibador, ko’tarinki ruhda, o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi o’smir yoshlar - mustaqil O’zbekistonning kelajagi. Zotan, mana shu navqiron avlod namoyandalarini qanchalik ma’naviy jihatdan barkamol, etuk kishilar qilib voyaga etkazsak, ularning har birida vatanparvarlik qadriyatlari, milliy g’urur ruhini izchil shakllantirib borsak, qathiyatli, o’z kuch va imkoniyatlariga ishongan, ko’zlangan yuksak taraqqiyot marralari sari, intiluvchan o’smir yoshlarni tarbiyalab boramiz. O’smirlarning dars va darsdan tashqari vaqtlarida vatanparvarlik tuyg’usini singdirishda pedagogik jihatdan e’tiborga olinishi lozim bo’lgan yana bir muhim jihat – qanday vositalar yordamida berilayotgan ma’lumotni etkazish masalasidir.

O’smir –yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish o’ta mas’uliyatli vazifa bo’lib, bu ish bevosita tarbiyachi–-o’qituvchilardan o’ta yuksak pedagogik mahoratni, pedagogik etika va insoniy madaniyat, psixologik savodxonlik darajasini talab etadi. Qaysi fandan dars berishidan qat’iy nazar bugungi o’smir oldiga kiradigan o’qituvchi o’z qarashlari, faniga munosabati, o’zbeklar tarixi va madaniyatini chuqur bilishi va e’tiqodi bilan o’smir shaxsiga ta’sir etishi zarur . Yana bir muhim psixologik xususiyat – bu o’smirlik davridagi sevgi va muhabbat hissidir. Bu tuyg’u nafaqat qarama-qarshi jinsga, balki ota-onaga, yaqinlariga, opa-singil va aka-ukalariga, hayotida ibrat deb bilgan kishilarga nisbatan bo’lishi mumkin. Bu his Vatanni sevish, u bilan faxrlanish, milliy iftixor tuyg’usini tuyish tushunchalari bilan ham uzviy bog’liqdir. Shu sababli ham haqiqiy yuksak muhabbat sohiblari bo’lmish yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish - insonlar o’rtasida samimiy insoniy munosabatlarni o’rnatish, yurtni sevish, millatni ardoqlash, ajdodlarimizga loyiq voris bo’lishga intilish, o’zi sevgan Vatanining kelajagiga rahna soladigan har qanday kuchlarga mardlarcha turib qarshilik qilish tuyg’ularini yuksaltirishga xizmat qiladi. O’smirlarda vatnaparvarlik qadriyatlarini shakllantirish aynan keng ma’nodagi sevgi va muhabbat – Vatanga, yurtga, xalqqa, borliqqa, kasbga va yaqin kishilarga yo’naltirilishi lozim .. Agar o’smir kamol topayotgan oilada yoki tengloshlari jamoasida samimiy munosabatlar muhiti mavjud bo’lsa, uning do’stlari, tengqurlari, qarindosh-urug’iga nisbatan mehr-muruvvati qo’llab-quvvatlab turilsa- bu iliq tuyg’ular Vataniga, xalqiga muhabbat, do’stga sadoqat, ota-onaga va ustozlariga, yaqinlarini e’zozlash, ular bilan faxrlanish kabi kabi shaxs xususiyatlariga aylanadi. Bu xususityalar esa barkamol avlod tarbiyasining etakchi yo’nalishlaridan biridir. Kasb-xunar kolleji o’quvchisi bir kasbni, o’zi tanlagan mutaxassislikni egallash uchun o’zida qanday shaxsiy xislatlar bo’lishi kerakligini yaxshi bilishi kerak, Buning uchun esa unga faqatgina tor doiradagi kasbiga oid bilimlargina emas, balki o’zbek millatiga ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelayotgan insoniy xislatlar, urf-odatlar, udumlarni mukammal bilishi kerak, ulardan faxrlanishi, o’zining kasbi bilan bevosita bog’liq jahonga mashhur ajdodlarimiz shaxsiy hayotlari va faoliyatlarini chuqur o’rganib, vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish jamiyat uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yangi ta’lim standartlari doirasida mutaxassislar tayyorlash bugungi kunda har bir pedagogdan o’smirning iqtidori, uning qiziqishlari, mahnaviyatini oshirishni talab etadi. Bu borada o’smirlar bilan o’tkaziladigan vatnaparlik ruxidagi turli tarbiyaviy tadbirlarni ko’tarinki emotsional ruxda tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

O’quvchi va o’smirlarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat-ehtirom tuyg’usini kuchaytirish maqsadida ―Davlatimiz ramzlarini o’rganamiz‖ haftaliklarini tashkil etish; 5-7-sinflarda ―O’zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni‖, 8-9-sinflarda ―O’zbekiston-ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va islohotlar mamlakati‖ mavzusida mustaqillik soatlarini o’tkazish; «Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!» shiori ostida ma’naviy -mahrifiy o’n kunlik tashkil etish. Rejalashtirilayotgan har bir tadbirning rasmiyatchilik va balandparvozlik holatlariga yo’l qo’ymaslik, keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda, o’smirlarning qalbi va ongiga etib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini ko’taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan, tashabbuskorlikka undovchi ta’sirchan shaklda o’tkazilishiga erishish lozim.



Yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllanishida shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insoning atrofdagi bo’layotgan voqea va xodisalrga munosabatlarini shakllanishi, eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo’rg’oni bo’lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz ekanini uqtiradi. Vatanparvarlik qadriyatlari har bir insonga bobolar o’giti, ota ibrati, oiladagi mehr va yaqin emotsional munosabatlar asosida shakllanadi. Oilasini sevgan, yaqinlarini e’zozlagan o’smir shaxsida sevish, ardoqlash, kelajak istiqboilli rejalarga intilish , mashuliyat xisslari shakllanadi.Vatanparvarlik qadriyatlari avvalambor, o’zbek oilasidagi tarbiya an’analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarimizni turmush tarzining ajralmas bo’lagiga aylantirish, o’zaro muloqotda Sharqona madaniyat va zamonaviy shakllarni uyg’unlashtirish, xalqimizga ota-meros mehnat tarbiyasi, uning farovon hayotning asosi sifatida qadrlanishiga erishish orqali shakllanib boradi. Ota-ona oilada bolaning nima ish bilan shug’ullanishi, qanday kitoblarga qiziqishi, qanday filg’mlar tomosha qilishi, qanday musiqaga qiziqishi, kasb tanlashdagi intilishlari kabi harakatlarini kuzatib, ularni nazorat qilib, maslahatlar berib borishi lozim bo’ladi.. O’smir kamol topayotgan oilada yoki jamoada samimiy munosabatlar muhiti mavjud bo’lsa, uning do’stlari, tengqurlari, qarindosh-urug’iga nisbatan mehr-muruvvati qo’llab-quvvatlab turilsa- bu iliq tuyg’ular Vataniga, xalqiga muhabbat, do’stga sadoqat, ota-onaga va mavjudligining muhim mezonlaridan hisoblanadi. O’smirlar ijtimoiylashuvi jarayonida ta’sirlanish va ijtimoiy ustanovka fenomenlari ham muhim ahamiyatga ega. Oiladagi o’smirga bildirilgan e’tirozlardan u o’ziga xulosa chiqara olishi va bundan ta’sirlanib o’zining xatti-harakati,xulqiy ko’rinishlarini ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, oilaviy marosimlar, urf-odatlar, to’y-marakalardagi munosabatlar va ichki shaxsiy xususiyatlar o’smirning ijtimoiy xulq-atvorini tartibga soluvchi omillar dan biri hisoblanadi. Vatanparvarlik qadriyatlari o’smirlar ma’naviy -axloqiy tarbiyasi asosida shakllanishi ta’lim muassasasi oila , maaxala tarbiyaviy masalalarda o’zaro hamkorligining ahamiyati katta Ijtimoiy psixologiyada vatanparvarlik tug’ma hodisa bo’lmay, tarbiya jarayonida shakllanishi mumkin bo’lgan fazilatlardan ekanligi ta’kidlanadi Mustaqillik yillaridan boshlab jamiyat diqqat-e’tibori o’zbek milliy oilasini mustaxkamlashga karatilgan qator chora-tadbirlarning belgilanayotganligi va amalga joriy etilishi, maxalla ijtimoiy institutini rivojlantirish masalasi asosiy vazifalar qatorida doimo katta ahamiyat berib kelinishida aks etadi. Binobarin, oila ma’naviyati, ma’rifati, dunyoqarashn shundan muhim ijtnmoiy hodisaki, uni millny taraqqnyotimiz manfaatlarnga mos tarzda shakllantirish jamiyat taraqqiyotining asosi xisoblanadi. Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida «...biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo’lsak, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini, avvalo, mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko’rish imkoniga ega bo’lamiz». deya ta’kidlanganlari bu masalaning ijtimoiy ahamiyatining dolzarbligini yana bir bora ta’kidlaydi.

Mustaqillik tufayli oilaga berilayotgan jiddiy e’tibor, uning muqaddas ekanligini tan olinayotganligini jaxonning etakchi davlatlari tomonidan katta ijobiy fikrlar bildirilmoqda O’smirlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllanishida oiladagi sog’lom munosabatlar kattaa hamiyat kasb etadi. Oilada sog’lom muhitning saqlanishi ko’p omillarga bog’liq. Masalan, ota-oanlar bilan bolalarning o’zaro yaxshi munosabati, katta avlod vakillariga hurmat,e’tibor, oiladagi farzandlarning o’zaro munosabatlari to’g’ri tarbiyalangani, ota onaning bolalari tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o’rnatilgan to’g’ri tartib va yaxshi odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy xayot xodisalariga to’g’ri munosabatda bo’lish kabilar shular jumlasidandir. Ayniqsa o’zbek oilasida ota juda qadim zamonlardanoq oila boshlig’I hisoblangan. Shunga ko’ra uning oddiylik, xalollik, qatoiylik kabi ijobiy xislatlari ham boshqalarni ranjitadigan salbiy xususiyatlari ham bolaga o’tishi tabiiy xoldir.

Ota ona bo’lgan har bir kishi oldida o’z obro’sini saqlash va buning uchun diqqat –eotiborli bo’lish talab etiladi.

Yosh avlodni har tamonlama mukammal shaxs qilib tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifa ota-onaning jamiyat olidida turgan asosiy vazifalridan biridir Darhaqiqat, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Hususan bolada iroda, odatlar, feol-atvor, xulq, atrofga munosabat, eotiqod va qarashlar vujudga keladi. Anashulardan kelib chiqib, turmushda insonni kamol toptirish sharoitlari, ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini izchil o’rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, ahloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o’zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o’zgarishiga bevosita bog’liqdir. Vatanparvarlik aniq bir hayotiy muhitda, ijtimoiy zaminda va mavjud ma`naviy-axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Uning to’la va o’tg’ri shakllanishi, yuksak namunalarni ko’rsatish uchun ham xalq va Vatan mustaqil bo’lishi lozim. Ana shu sababdan, mustaqillikni e`zozlashimiz, qadriyaga etishimiz, uni qadam-baqadam mustahkamlab borishimiz zarur. Shu yo’ldagi oliyjanob fazilat va ezgu intilishlar bugungi kunda haqiqiy vatanparvarlik namunasidir. Vatanparvarlik g’oyalarini yoshlarimiz ongiga singdirish, avvalombor oiladan boshlanadi. Ona Vatan, Vatanga muhabbat, Vatan tuyg’usi kabi ilk tushunchalar ham avvalo, oila muhitida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati va mehri orqali amalga oshadi. Inson o’zligini anglashi, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar ortadi. Vatanparvarlik g’oyalarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishda ta`lim va tarbiyaning turli shakllari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ota-bobolarimizdan qolgan me`rosiy an`analardan tiri o’zi tug’ilib o’sgan vatanga, xonadoniga, el usuliga cheksiz izzat-ehtirom tuyg’usidir. «O’zga yurtining sultoni bo’lgandan ko’ra , o’z yurtingni gadosi bo’l» degan gaplar ham donolardan qolgan. ajdodlarimiz o’z el-yurtining chinakam fidoiylari, o’z vatandoshlarining mehribonlari bo’lganlar. Kindik qonlari tomgan tuproqning bir siqimini o’zga brtning olam-olam boyligi-yu behisob zarlariga almashtirmaganlar. Bu odat o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketganki, u o’z qo’shnisi hech qachon o’zgalarning qasru-koshonalarga almashtirishni ravo ko’rmaydi. «Ona yurtingoltin beshiging», deya bir mehru-muhabbatini o’z yurti, vatani, uyi, xonadoni axliga ulashib, goh to’qlik bo’lsin, goh yo’qlik bo’lsin, shukur qilib yashayveradi.

Vatanga muhabbat-eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg’unlashib ketadi. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ularni tafakkurining aniq va obrazliligini e`tiborga olgan xolda ma`lum izchillik bilan tarbiyalab boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni vatanga muhabbat hissini ularga yaqin va tanish bo’lgan aniq, faktlar, misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tarbiyachilar bolalarda o’z oilasiga, uyiga, bolalar bog’chasiga va bolalarni o’rab turgan tevarak-atrofga mehr-muhabbatni va ularga sodiq bo’lishni tarbiyalayotib, eng muhim ijtimoiy his bo’lgan vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi.



Milliy g’urur muayyan millatning tarixiy o’tmishidan, milliy qadriyatlaridan, jahоn miqyosida asrlar оsha tan оlinib kelinayotgan fan, din, adabiyot, san`at va madaniyat yutuqlari va ularni yaratgan dahоlardan, tarixiy оbida va yodgоrliklaridan, milliy urf-оdatlariyu, an`analaridan, оta-Vatanidan, dоnо xalqidan, Vatanining go’zal o’tmishi va bugunidan, milliy xalq qahramоnlaridan faxrlanish va iftixоr qilish tuyg’usidir. Darhaqiqat, „Milliy g’urursiz hech bir millat millat sifatida ravnaq tоpоlmaydi". Kimningki g’ururi yo’q, Оnikim shuuri yo’q. G’urur o’zini o’zi anglash, milliy g’urur esa milliy o’z-o’zini anglash bilan bevоsita bоg’liqdir. Tilini, dini, tarixini, ajdоdlarining mazmunli hayotini, оlamshumul kashfiyotlarini yaxshi bilgan, o’rgangan kishigina o’zining kimligini anglashi mumkin va uning qalbida, vujudida va ruhida faxrlanish tuyg’usi vujudga keladi. Shuningdek, unda ajdоdlariga sоdiq qоlib, „... o’zini kamоl tоptirishga bo’lgan intilish insоnning g’ururini, uning haqiqiy fazilatlarini yuksaltiradi"2 . 45 Darhaqiqat, agar yuragida g’urur bo’lsa, insоn o’zidagi bоr imkоniyat-larni ishga sоlib, irоdasini rasо ushlab, barcha xislat va fazilatlarini yuzaga chiqarishga intiladi.

O’quvchilarning milliy g’ururini o’stirish badiiy, mоddiy va ma`naviy, axlоqiy ma`nо kasb etadi. Bunda milliy qadriyatlar, milliy urf-оdatlar ma`naviy asоs bo’lib xizmat qiladi. Uning mоddiy asоsini nashriyotlar, kinоteatrlar, kutubxоnalar, kоntsert zallari, teleko’rsatuvlar, radiо va bоshqalar tashkil etadi. Milliy g’ururning badiiy mazmuni, uning milliyligi va umuminsоniyligi, badiiy bоyliklarning hammabоpligi, badiiy san`at asarlarining insоnparvarligi, istiqbоlliligi, g’оyaviy pishiqligi, hayotiy mushtarakligi bilan bahоlanadi. Har bir tarbiya dargоhlarida tarbiyalanuvchi o’quvchi insоnparvarlik va vatanparvarlik qоidalariga riоya qilgan hоlda, bu faоliyat insоnni har tоmоnlama himоya qilishga, uni ulug’lashga, milliy g’ururlanishga qaratilishi lоzim. Asl vatanparvar unvоnini оlish uchun insоnga juda katta mas`uliyatli ma`naviy-axlоqiy vazifalar yuklanadi. Nima va qanday hоdisa bo’lishidan qat`i nazar, tug’ilib o’sgan qishlоg’ini, shaharini, bоshqacha aytganda, kindik qоni tоmgan zamin— Vatanini tark etmaydi. Bunday insоnlar asl vatanparvarlar deyiladi. Kollej Sinf –dars tizimi Matbuaot organlari Ommaviy axborot vositalari Otaliq tashkilotlar va korxonalar Tarbiyaviy ishlar bo’limi Ekskursiyalar Davlat va nodavlat tashkilotlari Museylar Milliy f’urur tarbiyasi musobaqalar Zerо, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi hulklar va оliy fe`llarda оldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkоniyat bоricha mavjud nоpоkliklardan tоzalanishdir. Kimda shunday sifatlar tоpilsa, hukm uning fоydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi1 . Zоtan, Vatanni sevish, xalqni hurmat qilish faxrlanish yoxud ulardan g’ururlanish belgisi bo’lib, bu yaxshi xulq va yaxshi fazilatdir. Kimki millatning madaniyati tarixidan, ajdоdlari qоldirgan barcha merоslardan, hamma sоhadagi an`analaridan faxrlana bilsa, o’tmishda vatani va xalqi bоshiga tushgan dahshatli va ayanchli fоjiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlоl yo’lida fidоyi bo’lish оrzusida yashaydi, mehnat qiladi, o’z kas-bining ustasi bo’lishga intiladi, tashabbuskоrlikni qo’lga kiritish armоnlari bilan nafas оladi. Insоnparvarlik va vatanparvarlik o’quvchi uchun, birinchidan, kundalik ma`naviy fazilat bo’lib qоlishi, ikkinchidan, o’quvchi оngi va faоliyati demоkratik jamiyat yaratishga qaratilgan bo’lishi, uchinchidan, huquqiy dav-lat yaratishga o’z hissasini qo’shishga tayyor bo’lishini taqоzо etadi. Har bir o’quvchining faоliyatida оshkоralik tamоyili ustuvоr bo’lishi zarur. Оila baxt-saоdati haqida qayg’urish, farzandlarni kasb-hunarli qilib tarbiyalash, vatanga, xalqqa sadоqatli kishilar qilib yetishtirish ham vatanparvarlikning namunasidir.Bunday xususiyatlarni o’z xulq-atvоrida mujassam eta оladigan o’quvchi uning faоliyatida оg’ir vaziyatda vujudga keladigan muammоlarni muzоkara, munоzara, musоhaba yo’li bilan hal qilishga intiladi va shu yo’llar bilan g’ururiga putur yetkazmaslikka harakat qiladi. Mustaqilligimizning tantana qilishida milliy qadriyatlar va e`tiqоdlar ham muhim ahamiyatga ega bo’lganini aslо unutmasligimiz kerak. Asrlar davоmida sinоvdan o’tgan, milliy istiqlоl g’оyalaridan tarbiya jarayonida fоydalanish o’quvchiga o’zligini anglashda va milliy g’urur-li bo’lishida yordam beradi. Islоm dini qоnunqоidalarida, mazmunida ezgulik ta`limоti bilan bir qatоrda, har bir muslim va muslima amal qilishi zarur bo’lgan axlоqiy-ma`naviy qadriyatlar, sharqоna urfоdatlar, udumlar, an`analar, tarbiya qоidalari targ’ib etiladi. Ularning mоhiyati 50 ma`naviy-axlоqiy jihatdan taxdil qilingachgina va o’quvchi оngida milliy g’urur shakllantirilgan taqdirdagina e`tirоf etiladi .

Vatan, bu xalqning o’tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan ravnaqi g’oyasi bizga avlod-ajdodlarimizdan o’tgan merosiy tuyg’u. Abdulla Qodiriy ham: “Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlik deydilar”,-deb bejiz aytmagan. U har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yurtiga bo’lgan munosabatda aks etadi. XVI asrda yashab ijod etgan buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur o’z yurtidan uzoqda turib, ona yurtiga bo’lgan mehr-muhabbatini tasvirlab hamda Vatanini qo’msab shunday yozgan:

Tole` yo’qqi jonimg’a bololig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.

O’z erni qo’yib Hind sori yuzlandim,

Yorab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Vatanni sevish vatanparvar bo’lish demakdir. Ulug’ ma`rifatparvar adib Abdulla Avloniy vatanparvarlik tuyg’usiga “Turkiy guliston yoxud ahloq” asarida ta`rif berib-“Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig’imiz kabi, arablar arabistonlarini-qumlik, issiq cho’llarini, eskimolar shimol taraflarini-eng sovuq qor va muzlik erlarini boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o’z vatanlarini tashlab xijrat qilur edi”,-deydi. 6

Bizning zaminimiz ham dunyo taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarni etishtirib berganki, ularga ham Vatan onadek mo’`tabar, ardoqli bo’lgan. Ona zamin tuprog’i bizga mana shunday buyuk ajdodlarimiz ruhini saqlab kelayotgani uchun ham azizdir.

Buyuk mutafakkirlarimiz bizga meros qoldirgan milliy va madaniyat qadriyatlarda vatanparvarlik tuyg’usi chuqur o’rin egallaydi. Bu esa Vatanni sevishga, ardoqlashga, o’z yurtiga, ona eriga sodiq bo’lishga, Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shishga, fidoyilik bilan mehnat qilishga da`vat etadi.

O’zbekiston istiqlolini mustahkamlashda va uni taraqqiy ettirishda ma`naviy sog’lom avlodni kamol toptirishda buyuklarimiz merosiga suyanamiz. Buning uchun har bir insonda yoshligidanoq quyidagilarni mujassamlashtirish maqsadga muvofiqdir:

 Mustaqilligimizni his etish;

 O’zbek milliy va madaniy qadriyatlaridan faxrlanish;

 Yangi jamiyat qurish, unda yashash va mehnat qilishni bilish;

 Mustaqil O’zbekistonning madhiyasi, bayrog’i, gerbini qalbiga jo qilish va avaylab-asrash;

 Yoshlarimiz qalbiga milliy g’ururni chuqur singdirish

 Yoshlarimiz ongida Vatan va Vatan ravnaqiga hissa qo’shish oliy burchligi haqida tushunchalar bilan boyitib borish Demak, yoshlarga biz vatanparvarlik, Vatan ravnaqi tushunchalarini chuqur singdira olsakgina, kelajagi buyuk davlat qurishdek ko’zlagan maqsadimizga erishamiz. Yurtboshimiz bejizga “Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma`rifat”, degan aqidani ilgari surganlari yo’q. Darhaqiqat, ma`naviy tahdid manbalari haqida o’ylab qarasak, mafkura quroining g’ayriinsoniy va g’ayrimilliy jihatdan milliy ma`naviyatimizga yot ekanligini ko’ramiz va kurrai zaminni ostinustin qilib yuborishi mumkinligiga amin bo’lamiz. SHunday ekan, dunyoni manfaatlar boshqarayotgan hozirgi murakkab sharoitda har birimiz jamiyatning faol a`zosi sifatida yurtimizga, demakki, bizga bo’ladigan turli ko’rinishlardagi xurujlarga xushyor va ogoh turishimiz lozim. Zero, jonajon Vatanimiz mustaqil diyorimiz xavfsizligimizdir. Buning uchun yuz berayotgan voqea-xodisalarga teran ko’z, xolis nigoh bilan baho bera olish, zamon bilan hamnafas qadam tashlash uchun xalqaro miqyosda sodir bo’layotgan voqea-hodisalardan doimo xabardor bo’lib borishimiz zarur.

Vatanning tinchligini va osoishtaligini qo‘lida qurol bilan himoya qilish hamma davrlarda fuqarolarning sharafli burchi va majburiyati sanalgan. Armiyaga har doim jamiyatning bir o‘zagi sifatida qaralgan bo‘lib, unda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar o‘z aksini topgan. Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida milliy armiyamizni yanada rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlari natijasida xalqimizning va ayniqsa yoshlarimizning armiyaga va harbiy xizmatchilarga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgardi. Milliy armiyamiz – yoshlarimizning mardlik, matonat va jasorat maktabiga aylandi. Bu bejizga emas, chunki harbiy xizmat davomida yigit ulg‘ayadi, uning ruhiyati toblanadi. Harbiy-kasbiy faoliyat o‘zining bir qator xusussiyatlariga ega bo‘lganligi uchun unga mardlik, matonat va jasorat maktabi deb ta’rif beradilar. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining kafoloti va asosiy ramzlaridan biri bo‘lib, u 1991 yildan keyin amalda yangidan barpo etildi. Davlatimiz mudofaasini etarli darajada himoya qilishga qodir bo‘lgan armiyani etuk ofitser qo‘mondonlarsiz tasavvur qilish qiyin. Kursantlarni har tomonlama etuk shaxslar qilib tarbiyalashda harbiy psixologiya fanining ham o‘ziga xos o‘rni bor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh. Mirziyoev ta’limning ahamiyati xaqida tuxtalib, «...armiyamizda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratishda ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tibor berish, harbiy tayyorgarlik jarayonini ilg‘or texnik va texnologik vositalar, yangicha usul-uslublar asosida tashkil etish, harbiy xizmatning intellektual mezonlari va yunalishlarini takomillashtirish yulida boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz shart», — degan edi. Shu ma’noda Harbiy psixologiyaga oid bilimlar va qonuniyatlarni o‘zlashtirish ofitserlar faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlardan biridir. O‘qitish va tarbiyalash murakkab jarayon bulib, u harbiy xizmatchilar ongiga shunday ta’sir etishni nazarda tutadiki, toki ular jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirsinlar. Shunday ta’sir ostida ularda yana siyosiy onglilik, harbiy burchga sadoqat va Vatan mudofaasi uchun mas’uliyat hissi kabi sifatlar shakllanadi. Ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir eng avvalo insonning ruhiyatiga, ongiga qaratilgan buladi, Bunday ta’sirni to‘g‘ri tashkil etish uchun inson ruhiyatini yaxshi bilish kerak. Inson ruhiyati uning sezgilarida, idrokida, xotirasida, tafakkurida va xokazolarida namoyon bo‘ladi. Kundalik hayotda bizning har birimiz o‘zga kishilar ruxiy faoliyati namoyon bulishini kuzatamiz va baholaymiz. Masalan, kimningdir aqliga, xotirasiga, xayolot olamiga qoyil qolamiz, tasanno aytamiz, yoki aksincha, uzgalardagi, ba’zan esa o‘zimizdagi tez unutuvchanlik, parishonxotirlik kabi sifatlarni qoralaymiz.

Harbiy faoliyat, ayniqsa, ofitserlik faoliyati murakkab va qiyin faoliyatlardan biri hisoblanadi. Buning sababi ushbu faoliyat kishisiga tushadigan jismoniy va ruhiy zuriqishgagina bog‘liq bo‘lmasdan, ofitserning harbiy xiztmagchilar bilan, shuningdek, texnika hamda qurollar bilan bir vaqtda faoliyat yuritishi bilan belgilanadi. Psixologiya nuqtai nazaridan faoliyat bu turli vositalardan foydalanish orqali mavjud ezupiyojlarni qondirishga yunaltirilgan xatti-harakatlar tizimidan iborat. Harbiy faoliyat amalga oshirish vositalari (harbiy texnika, o‘q otish qurollari...)ning hamda uning ishtirokchilari (harbiy xizmatchilar) amal qiladigan huquqiy me’yorlar (harbiy nizomlar, komandir va boshliqlarning buyruqlari)ning o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir inson uzining ichki olamiga, psixologiya tushunchasi bilan aytganda individual psixologik xususiyatlariga ega. Ofitser ular bilan ishlaganda ushbu xususiyatlarni o‘rganishi hamda o‘z faoliyatida ularga tayanishi lozim, bundan tashqari, harbiy jamoa ham o‘zining ijtimoiy-psixologik tabiatiga va tarkibiga ega bo‘lib, ular ham o‘ziga xos konuniyatlarga asoslanib rivojlanadi. Risolada jangovar faoliyat, shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlik jarayonida psixologik chiniqtirish kabi bir qator harbiy psixologiya nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan muammolar taxliliga katta o‘rin berilgan.




Download 57.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling