Nizomiy nomidagi toshkent


Download 123.12 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi123.12 Kb.
#1592267
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yorug\'lik (3)

Kurs ishining predmeti: o’lchamga ega bo’lgan yorug’lik manbalari.
Kurs ishining ob’ekti: interferometrlar, yulduz interferometrlari.
Kurs ishining maqsadi: O’lchamga ega bo’lgan yorug’lik manbalarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Yorug’lik haqida umumiy tushuncha hosil qilish;

  • Yorug’lik manbalari va ularning turlarini o’rganish;

  • O’lchamga ega yorug’lik manbalarini o’rganish;

  • Interferometrlar, yulduz interferometrlarini o’rganish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

YORUG’LIK MANBALARI VA ULARNING TURLARI
Shunday jismlar ham borki, atrofimiz yorug’ yoki qorong’i bo’lishidan qat’iy nazar ular bizga ko’rinadi. Chunki ularning o’zlari yorug’lik chiqaradi. Bunday jismlar yorug’lik manbalari deb ataladi. Quyosh, yulduzlar, yashin, ayrim nurlanuvchi hasharotlar yorug’lik manbaidir. Ulardan chiqqan yorug’lik bizning ko’zimizga tushgandagina biz ularni ko’ra olamiz. O’zlaridan yorug’lik chiqarmaydigan jismlar esa yorug’likni qaytarishlari tufayli bizga ko’rinadi.
Yorug’lik hodisalarini o’rganishda «yorug’likning nuqtaviy manbai» tushunchasidan foydalanamiz. Amalda yorug’likning barcha manbalarining ma’lum bir o’1chami bo’ladi. Biroq yorug’lik chiqaruvchi jismlaming o’lchamlari uning ta’siri qaralayotgan masofaga qaraganda ancha kichik bo’lsa, bu manbani shuncha kam xato bilan nuqtaviy manba deb qabul qilish mumkin. Masalan, diametri 1 sm bo’lgan yorug’lik chiqarayotgan shar ko’zdan 30-35 m masofada yorug’lik chiqaruvchi nuqta bo’lib ko’rinadi.
Quyoshdan ko’p marta katta bo’lgan ulkan yulduzlar ko’zimizga yorug’likning nuqtaviy manbaiday ko’rinishiga sabab, ular Yerdan nihoyatda uzoqdirlar.
Juda ko’p yorug’lik manbalari mavjud bo’lib, ularning barchasini ikkita guruhga — tabiiy va sun’iy yorug’lik manbalariga ajratish mumkin.
Yorug’likning tabiiy manbalariga Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yogdusi va ba’zi tirik organizmlar: yaltiroq qo’ngiz, chuvalchanglarning ba’zi turlari, har xil chirindilar, chuqur suv havzalarida yashaydigan baliqlarning ayrim turlari misol bo’la oladi. Bu manbalar yorug’lik nuri tarqatadi.

Download 123.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling