Nizomiy nomidagi Toshket Davlat Pedagogika Unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti 301-guruh talabasi Masharipova Madinaning Milliy tarbiya asoslari fanidan “Ta’limning milliy yo’naltirilganligi mavzusida tayyorlagan essesi


Download 7.26 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.26 Kb.
#1538610
Bog'liq
Milliy tarbiya mustaqil 1 (1)


Nizomiy nomidagi Toshket Davlat Pedagogika Unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti 301-guruh talabasi Masharipova Madinaning Milliy tarbiya asoslari fanidan “Ta’limning milliy yo’naltirilganligi mavzusida tayyorlagan essesi.

Taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari


va urf-odatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini
saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; taʼlim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’lim tizimining imkoniyatlari va natijalri juda kengdir. Uzluksiz ta’lim orqali yoshlarni bilimli va savodxon bo’lib yetishishlari, eng muhimi, jamiyat uchun kerakli kadr bo’lib yetishishlari asosiy maqsad qilib olingan. Uzluksiz ta’limning har bir bosqichi rivojlantiruvchi va orqaga qaytmasdir. Bu nima degani? Bu uzluksiz ta’lim orqali kadrlarni shakllantirishda barcha imkoniyat va xalqaro ta’lim standartlaridan foydalanishdir.
Uzluksiztaʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi yangi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’limning yutug’i shundaki unda hech bir yosh bo’sh qolmaydi. Ularning barchasi ta’lim sohasiga qamrab olinadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim
standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi. Uzluksiz ta’lim quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim.
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi;
taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga oʻtilishi;
taʼlimning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi;
taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
Download 7.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling