Nizomiy nomidagi tpdu biologiya fakulteti 201-grux talabasi sheraliyev abduvalining botanika fanidan
Download 22.99 Kb.
|
4-mustaqil 202guruh
Nizomiy nomidagi TPDU biologiya fakulteti 201-grux talabasi SHERALIYEV ABDUVALINING botanika fanidan Tayyorlagan mustaqil ishi MAVZU:Yashil suvo’tlar bo’limiga umumiy tariff va hujayrasining tuzilish va ko’payish usullari. REJA: I.Kirish. 1.Suvo’tlar bo’limiga tasnif II.Asosiy 1. Yashil suvo’tlar bo’limiga tariff 2.Ko’payish usullari III.Xulosa I.1 Suvo’tlar o’simliklarning eng qadimiy vakillaridan biridir. Bugungi kunda uchraydigan suvo’tlarining tuzilishi qadimgi turlarning tuzilishidan ortiqcha farq qilmaydi, bu esa ularning suv muhitida vujudga kelganligini tasdiqlaydi. Suvo’tlarining aksariyati suv muhitida yashaydi, lekin ayrimlari nam tuproqlarda, daraxt po’stloqlarida ham yashaydi. Ularning tanasi tallom yoki qattana deb ataladi va ular fotoavtotrof oziqlanadi. Suvo’tlarning hozirda umumiy soni 30-35 mingta turni tashkil etadi va ularni o’rganadigan fan algologiyadir.Hozirgi zamon fani suvo’tlarini bir hujayrali suvda yashaydigan xivchinlilardan (Flagellatea) paydo bo‗lgan deb taxmin qilinadi. Ular orasida xlorofilli (avtotrof) va rangsiz (geterotrof) organizmlar uchraydi. Birinchi tur organizmlar o‗simliklarga yaqin, ikkinchisi esa hayvon organizmlaridir. Ko‗pchilik sistematiklar xivchinlilarni o’simlik va hayvon organizmlarini bog’lovchi oraliq guruh vakillari deb qaraydi.Suvo’tlar tanasida xlorofill bo’lganligi sababli ular avtotrof oziqlanadi. Ana shu yashil rang ayrim suvo’tlarida boshqa ranglar bilan niqoblanib, turli nom bilan atalishiga sabab bo’ladi.Suvo‗tlarning tallomi bir hujayrali, koloniyali, hujayrasiz va k o’p hujayrali Bo’ladi. Vegetativ hujayra tashqi tomondan qattiq po’st bilan qoplangan. Hujayra Po’sti sellyuloza va pektin moddasidan tashkil topgan. Ayrim hollarda esa qumtuproqlashgan ham bo’lishi mumkin. Hujayra sitoplazmasi po’st atrofida joylashgan bo’lib hujayrani to’ldirib turadi. Hujayrada bitta yoki bir nechta mayda hujayra shirasiga ega bo’lgan vakuolalar mavjud. Yadroning soni ham b ir yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Hujayradagi xromatoforlarda pigmentlar saqlanadi va ular fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Xromatoforning shakllari turlicha: plastinkali, spiral, lentasimon, to’rsimon, yulduzsimon. Ana shu shakllarga qarab suvo’tlarning turini aniqlash oson. Xromatoforada pirenoid joylashgan, uning atrofida kraxmal to’planadi. Shuningdek, xromotoforalar moy, lipoproteid, oqsillardan valyutin kabi oziq moddalar to’plash xususiyatiga ham ega.Evolutsiya jarayonida suvo’tlarning tallomi differtsiyallanib morfologik jihatidan har xil tuzilgan (95-rasm):1.Monad tuzilgan tana xivchinlari faol harakat qiladi. Bundan xivchinli tuzilish bir hujayrali, senobiy va kollonial tuzilgan suvo’tlarida kuzatiladi. 2. Rizopodial yoki amyoboid shakldagi vegetativ tanada qattiq po‗sti Bo’lmaydi va amyobaga o’xshash sitoplazmatik soxta oyoqlar chqarib harakat qiladi. 3. Palmelloid yoki kapsal harakatsiz tuzilish bo’lib, umumiy shilliq bilan O’ralgan. 4. Kokkoid tuzilish ham harakatsiz bo’lib, po’st bilan o’ralgan, bir hujayrali yoki kolloniya va senobiyga birlashgan bo’ladi. 5. Ipsimon (trixal) tuzilishda hujayralar oddiy yoki shoxlangan holda ipsimon Bo’lib joylashgan bo’ladi va ko’ndalangiga bo’inib bo’yiga o’sadi. 6. Geterotrixal yoki turli ipsimon tuzilish murakkab ipsimon bo’lib, ayrimlari muhitda yopishib o’ssa ayrimlari vertikal holda tikka o’sadi. 7. To’qimali (parenximatozli) tuzilish bunda ipsimon tallom ham eniga ham Bo’yiga bo’linib parenximatozli plastinka ko’rinishidagi tallom hosil qiladi. 8. Soxta to’qimali (psevdoparenximatozli) tuzilishda ipsimon tallomlar birbiri bilan qo’shilib yiriktallomni hosil qiladi. 9. Sifonal yoki sifonli tuzilishda vegetativ tallom hujayralarga bo’linmay, bitta hujayra va ko’p yadroli bo’ladi. 10. Sifonkladal tuzilishda vegetativ tallom ko’p yadroli ipsimon yoki boshqa shaklda bo’ladi. Ushbu tallomlarni tashkil topish xillari barcha suvo’tlarda bir xil emas. Suvo’tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Bir hujayrali Suvo’tlarda hujayralarning bo’linishi natijasida vegetativ ko’payish sodir bo’ladi. Koloniyali, ko’p hujayrali suv o’tlarida esa tallomning qismlarga bo’linishi yoki gormogoniy natijasida ayrim hollarda maxsus vegetativ ko’payish organlari hosil qilib (masalan, xaralarda - tuganak) ko’payadi.Jinssiz ko’payish turli xil sporalar (aplanospora, avtospora, tetraspora va boshq.) yoki zoosporalar vositasida boradi. Jinsiy ko’payish izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo’llari ba‘zan, konyugatsiya (somatogamiya) bilan amalga oshadi. Jinsiy organlar gametangiy va jinssiz ko’payish organi esa sporangiy va zoosporangiy deyiladi. Jinsiy gametalar ya‘ni tuxum hujayra oogoniyda va spermatozoidlar esa anteridiyda hosil bo’ladi. Ular vegetativ hujayralardan farq qiladi. Jinsiy hujayralar qo’shilishdan zigota (2n) hosil bo’ladi. Zigota tinim davrini kechirgandan so’ng, bo’linadi va zoosporalar hosil bo’ladi yoki birdan yangi organizm o’sib chiqadi.Sporalarni hosil qiladigan organizmga sporofit va gametalar esa gametofitda hosil bo’ladi. Gametofit bir jinsli yoki har xil jinsli bo’lishi mumkin. Ko’pchilik suvo’tlarda gametofit va sporofit alohida o’simliklar bo’lib hisoblanadi. Ayrim suvo’t turlarida esa sporalar va gametalar bitta o’simlikda o’zida hosil bo’ladi va bunga sporagametofit deyiladi. Sporofit va gametofit bir xil (nasllarning izomorf almashinuvi) yoki har xil (nasllarning geteromorf almashinuvi) tuzilishga ega bo‗lishi mumkin Suvo‗tlarda jinssiz yoki jinsiy ko‗payishning boshlanishi ko‗pincha tashqi sharoitlarga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun ko‗pchilik suvo‗tlarning hayotiy siklida sporofit va gametofit nasllar ya‘ni yadro fazalarining (diploid va gaploid) doimiy gallanishi ro‗y bermaydi. Suvo‗tlar hayotiy siklida diploid va gaploid bosqichlar nisbati meyoz bo‗linish qachon ro‗y berishiga bog‗liq. Agar meyoz zigotaningo‗sishi vaqtida ro‗y bersa, unda organizmning butun hayoti gaploid fazada o‗tadi (zigotali reduksiya, ko‗pchilik yashil suvo‗tlarda), faqat zigota diploid bo‗lib qoladi, ularga gaplobiont deyiladi. Agar meyoz gametalar hosil bo‗lishida ro‗y bersa, unda turning butun hayoti diploid fazada boradi (gametali reduksiya), faqat gametalar gaploid bo‗ladi. Bu suvo‗tlarga diplobiont deyilib, ular ko‗pchilik sifonli tuzilishdagi yashil suvo‗tlarda, barcha diatomlarda, qo‗ng‗ir suvo‗tlardan fukus qabilasi vakillarida bo‗ladi. Agar spora (zoospora) hosil bo‗lishida meyoz bo‗linish bo‗lsa (sporali reduksiya), suvo‗tlar hayot siklida diploid va gaploid fazalar almashinuvi teng nisbatda (izomorf nasl, yashil suvo‗tlarda, ko‗pchilik qizil suvo‗tlarda va ayrim qo‗ng‗ir suvo‗tlar qabilalarida) yoki turli nisbatda (geteromorf nasllar almashinuvi, qo‗ng‗ir suvo‗tlar orasida hamda ayrim yashil va qizil suvo‗tlarda ham uchraydi) boradi. Suvo‗tlari orasida yashil suv o‗tlari markaziy o‗rinni egallaydi va ularning 13 mingdan tortib 20 ming atrofida turlari bo‗lishi mumkin. Ular chuchuk va sho‗r suvlarda, zah erlarda, bazi turlari tuproqda, daraxt po‗stloqlarida va hatto gul tuvaklarida ham yashaydi. Ko‗pchilik yashil suvo‗tlar boshqa organizmlar- zamburug‗lar (lishayniklar hosil qiladi) va turli hayvonlar bilan simbioz hayot kechiradiSuvo‗tlar orasida yashil suvo‗tlar turlarga boyligi, rangining yashilligi, tallomining turli tumanligi, organlar tuzilishining murakkablashganligi, jinsiy ko‗payishining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.Ko‗pchilik yashil suvo‗tlari mikrofit bo‗lib, o‗lchami mikroskopik bo‗ladi, lekin ayrimlari bir muncha yirik, makrofit shakllari ham mavjud. Masalan, Meksika qirg‗oqlarida sifonli suvo‗ti yirik kodiumning (Codium magnum) tallomi kengligi 25 sm, uzunligi esa 8 metrdan oshadi.Yashil suvo‗tlar tiniq yashil rangda bo‗ladi, chunki ularning xromatoforida xlorofildan tashqari boshqa bo‗yoqlar bo‗lmaydi. Bu bo‗limga kiruvchi suvo‗tlarning vakillari hujayrasiz kaulerpa (Caulerpa) turlari bir hujayrali, koloniyali va ko‗p hujayrali bo‗ladi. Hujayrasiz vakillarining tanasi sitoplazma va bir qancha yadrolari bo‗lgan yirik hujayradan iborat. Yashil suvo‗t vakillarining hujayrasi haqiqiy tuzilishga ega bo‗lib, po‗st, sitoplazma, yadro va xromatoforga aniq ajralgan.Sodda tuzilgan yashil suvo‗tlarning hujayrasi yalang‗och holda, ba‘zan hujayrasida asosan sellyuloza, pektindan (peptidoglyukan) iborat qalin po‗st bo‗ladi. Sitoplazma po‗stga yopishgan holda bo‗lib, uning ichiga bitta yoki bir necha yadro joylashgan. Xramatofor shakli xilma-xil bo‗lib, sitoplazmaning ustki qatlamida bo‗ladi. Ichki tuzilishi esa yuksak o‗simliklarning xlorofill donalari tuzilishiga o‗xshaydi. Assimilyatsiya mahsuloti kraxmal bo‗lib, xramotofor ichida to‗planadi. Suvo‗tlarning harakatchan vakillarida xivchinlar bo‗lib, ularni soni odatda 2, ba‘zan 1, 4 yoki ko‗p (120 tagacha) bo‗lishi mumkin. Bu xivchinlar bir xil o‗lchamda–izokant va bir xil silliq tuzilish–izomorf ega bo‗ladi.Yashil suvo‗tlarida vegetativ, jinssiz va jinsiy ko‗payishning barcha xillari uchraydi. Vegetativ ko‗payish tallomning bir necha qismlarga bo‗linishi bilan boradi. Jinssiz ko‗payishi harakatchan, xivchinli zoosporalar, ona hujayraga o‗xshash avtosporalar, harakatlanmaydigan aplanosporalar hosil qilish bilan amalga oshadi. Jinsiy ko‗payishi kopulyatsiya (izogamiya, geterogamiya, oogamiya) va konyugatsiya yo‗li bilan boradi. Kopulyatsiyaning izogamiya xili da shakli bir xil, teng harakatchan, tuzilishi jihatidan bir-biriga o‗xshash ammo faqat fiziologik jihatdan farq qilmaydigan gametalar o‗zaro qo‗shiladi va zigota hosil qiladi. Geterogamiyada shakli har xil bo‗lgan, biri kichikroq, serharakat, ikkinchisi kattaroq, sust harakatlanadigan gametalar bir-biri bilan qo‗shiladi. Kattarog‗i urg‗ochi, kichigi erkak gameta deb yuritiladi. Oogamiyada qo‗shiluvchi gametalarning biri ancha yirik, ammo harakatsiz bo‗lib, u tuxum hujayra, ikkinchisi kichik va harakatchani esa erkak gameta yoki spermatazoid deb ataladi. Tuxum hujayra hosil bo‗ladigan joy oogoniy, spermatazoid hosil bo‗ladigan joy esa anteridiy deyiladi. Yashil suvo‗tlar bo‗limi dastlab an‘anaviy tashqi tuzilishiga ko‗ra 3 sinfga: chin yashil suvo‗tsimonlar yoki teng xivchinlar, kon‘yugatsimonlar yoki matashuvchilar va xarasimonlar sinfiga bo‗lib o‗rganilgan edi. Bo‗limning hozirgi yangi sistematikasi quyidagicha tuzilgan. Bo‗lim 2 ta: Chlorophytina va Charophytina kichik bo‗limlarga bo‗linadi: Chlorophytina kichik bo‗limi 4 sinfga bo‗linadi: prazinofitsimonlar (Prasinophyceae), chin yashil suvo‗tsimonlar (Chlorophyceae), trebukssimonlar (Trebouxiophyceae) va ulvasimonlar (Ulvophyceae). Charophytina kichik bo‗limi ham 4 sinfga bo‗linadi: trentepolisimonlar (Trentepohliophyceae), klebsormidisimonlar (Klebsormidiophyceae), matashuvchisimonlar (Zygnematopyceae, Conjugatophyceae) va xarasimonlar (Charophyceae). Download 22.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling