Nizomiy nomidagi tpdu biologiya fakulteti 201-grux talabasi sheraliyev abduvalining botanika fanidan


Download 19.97 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi19.97 Kb.
#1061168
Bog'liq
3-mustaqil 202-guruh



Nizomiy nomidagi TPDU biologiya fakulteti
201-grux talabasi SHERALIYEV ABDUVALINING botanika fanidan
Tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: Tuban o’simliklarda nasllarning gallanishi
REJA:
I.Kirish
1. Nasl almashinishi - organizmlarning hayotiy siklida ular avlodining qonuniy almashinib turishi.
II.Asosiy
NASLLARNING NAVBATLASHISHI YOKI GALLANISHI
Yuksak o’simliklar tuban o’simliklardan farqlanib, ularning zigotasi ko’p hujayrali murtakni hosil qiladi. Ayrim o‘simliklar faqat jinssiz, ayrimlar esa jinsiy, lekin uchinchi xil o‘simliklar borki, ular ham jinsiy, ham jinssiz ko‘payadi.
Nasllarning gallanishi organizmning yashash davrida ikki xil nasl paydo bo‘lishi va ikki xil yo‘l bilan ko‘payishidir. Bu ularning biri jinsiy, ikkinchisi esa jinssiz ko‘payishdir. Jinsiy nasl gametofit, jinssiz nasl esa sporafit deb ataladi.

Sporalarning o‘sishidan hosil bo‘lgan nasl - gametofit gaploid (n) xromosomlidir, chunki ular meyoz yo‘li bilan bo‘linib, hujayralar hosil qiladi. Biroq, gametofitda keyingi bo‘ladigan jinsiy jarayonda ikkita jinsiy hujayra - gametaning qo‘shilishi natijasida diploid (2n) xromosomali zigota hosil bo‘ladi (67-rasm).



Zigotaning o‘sishidan hosil bo‘lgan jinssiz nasl - sporofit ham diploidli, lekin ular hosil qilgan sporalar yana gaploidli bo‘ladi. Shunday qilib, o‘simliklarda dastlab jinsiy ko‘payish, keyinroq jinssiz ko‘payish sodir bo‘ladi. Demak, yil davomida ana shunday ikki xil ko‘payishni gallanib (navbatlashib) ko‘payish deyiladi. Gallanib ko‘payishni yo‘sintoifalar, plauntoifalar, qirqbo‘g‘imtoifalar va qirqquloqtoifalarda uchratamiz.Urug‘ yordamida ko‘payish. Urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan farqlanib, spora yordamida emas, balki urug‘ yordamida ko‘payadi. Urug‘ sporaga nisbatan bir necha afzalliklarga ega. Sporali o‘simliklarda spora bitta, uncha yaxshi himoyalanmagan hujayradir. U qulay sharoitga tushgandagina o‘sib gametofit rivojlanadi. Urug‘ esa bu ko‘p hujayrali murakkab tuzilishdagi ona o‘simlikda rivojlanadigan ma’lum miqdorda zahira oziq moddalar va qalin po‘stga ega. Urug‘dan murakkab tuzilishdagi yangi o‘simlik, ya’ni sporofit rivojlanadi. Urug‘ning kelib chiqishi o‘simliklar dunyosining evolyutsiyasida muhim davr hisoblanadi. Urug‘ o‘simlik murtagini uzoq vaqtlargacha noqulay sharoitlardan himoya qilish imkonini yaratadi. Urug‘li o‘simliklar gametofit naslning yanada reduksiyalanishi va sporofitni esa murakkablashishi kuzatiladi. Gametofit nasl o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Endi u tuproqda emas, balki sporofit naslda rivojlanadi. Urug‘lanish jarayoni ham suv muhitiga muhtoj emas. Erkak gametalar harakatchanligini yo‘qotadi va urg‘ochi gametaga chang yo‘li orqali yetib boradi. Urug‘li o‘simliklarni har xil sporali o‘simliklarga kiritiladi. Sporofit naslda meyoz bo‘linish natijasida meyosporalar bilan birga mikro- va megasporalar hosil bo‘ladi. Ammo mikro-megasporalar tashqariga sochilmaydi, aksincha sporangiylar ichida o‘sadi. Shunday qilib, erkak va urg‘ochi gametalarning rivojlanishi mikro-va megasporangiyalar ichida boradi. Urug‘ urug‘kurtakdan kelib chiqadi. Urug‘kurtak shakli o‘zgargan megasporangiydir. Uning ichida esa urg‘ochi gametofit rivojlanadi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Keyinchalik zigota va yangi sporofit naslning murtagi shakllanadi. Urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga, uning tashqi qobiqlari urug‘ yetilgan vaqtda urug‘ po‘stiga aylanadi. Za­hira oziq moddalar esa ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda turli yullar bilan hosil bg‘ladi. Yuksak o‘simliklarning ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilar bo‘limlari birgalikda urug‘li o‘simliklar deb ataladi. Ular spora bilan emas, urug‘ yordamida ko‘payadilar va tarqaladilar
Nasl almashinishi - organizmlarning hayotiy siklida ular avlodi (nasli, hayotiy guruhlari)ning qonuniy almashinib turishi.Hayvonlarda Nasl almashinishi birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Bir hujayralilarga xos boʻlgan birlamchi Nasl almashinishida jinsiy generatsiya jinssiz koʻpayadigan hujayra (agameta)lar bilan almashinib turadi. Mas, foraminiferalarda almashinib turadigan nasl jinsiy va jinssiz individlar, yaʼni gamont va agamontlardan iborat. Gametalar hosil boʻlishidan oldin meyoz roʻy bergani uchun jinsiy avlod va gametalar gaploid, zigota va agamontlar diploid boʻladi. Quyoshlilar va ayrim xivchinlilarda meyoz gametalar hosil boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgani tufayli, faqat jinsiy hujayralar gaploid boʻladi. Xuddi shunga oʻxshash xususiyatlar koʻp hujay-ralilar uchun ham xos. Ikkilamchi Nasl almashinishi geterogoniya va metagenez shaklda boradi. Geterogoniya normal jinsiy koʻpayishning partenogenez bilan, metagenez esa jinsiy va jinssiz koʻpayishning gallanib turishidan iborat. Geterogoniya soʻrgʻichlilar, ayrim toʻgarak chuvalchanglar, boshaylangichlilar, boʻgʻimoyokdilar; metagenez krbikdilar va boʻshliqichlilar uchun xos. Boʻshliqichlilarning jinsiy nasli erkin yashovchi meduzalar, jinssiz nasli esa oʻtroq poliplardan iborat.

Oʻsimliklarda Nasl almashinishi gaploid jinsiy, yaʼni gametofit va diploid jinssiz, yaʼni sporofit nasli bilan almashinib turishidir. Gametofit (gametalar hosil qiluvchi boʻgʻin) bir jinsli (ayrim qoʻngʻir suvoʻtlar, har xil sporali paporotniklar, plaunlar, urugʻli oʻsimliklar) yoki ikki jinsli (sfagnum, teng sporali paporotniklar, plaunlar) boʻladi. Sporofitning spo-rangiylarida metoz orqali gaploid sporalar hosil boʻladi. Sporalardan yana jinsiy boʻgʻin gametofit oʻsib chiqadi. Izomorf Nasl almashinishida gametofit va sporofit bir xil (yashil, qoʻngʻir va koʻpchilik qizil suvoʻtlarda), geteromorf Nasl almashinishida gametofit va sporofit har xil (yuksak oʻsimliklarda) tuzilgan. Suvoʻtlarda Nasl almashinishining ikkala xili ham uchraydi. Shunday qilib, izomorf Nasl almashinishida har bir oʻsimlik turi ikki xil (gametofit ikki jinsli boʻlganida) yoki uch xil (gametofit ayrim jinsli boʻlganida) alohida yashovchi individlardan iborat (ayrim yashil, qoʻngʻir va koʻpchilik qizil suvoʻtlar). Geteromorf Nasl almashinishida gametofit va sporofit musta -qil rivojlanadi (laminariya, teng sporali paporotniklar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar) yoki ulardan biri ik-kinchisi hisobiga rivojlanadi (yoʻsinlar, urugʻli oʻsimliklar). Geteromorf Nasl almashinishida, odatda, bir boʻgʻin (koʻpincha sporofit) ikkinchisidanustunlik qiladi. Yuksak oʻsimliklarda gametofit liniyasi boʻyicha evolyusiya faqat yoʻsinlarda kuzatiladi. Ularda sporofit koʻsakcha kurinishida urgʻochi gametofitning uchki qismida hosil boʻladi. Qolgan barcha yuksak oʻsimliklar evolyusiyasi sporofit liniyasi boʻyicha davom etgan. Ularda sporofit barg va poyali oʻsimlik boʻlib, yaxshi rivojlangan. Gametofit esa kichik, qisqa umr koʻradigan alohida oʻsimtadan (teng sporali paporotniklar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar) yoki sporofit hisobidan rivojlanadigan mikroskopik hosiladan iborat (har xil sporali paporotniklar, plaunlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar).


Yo'sintoifa (Moxtoifa) o'simliklar
Moxlar bo'limi vakillari o'zining oddiy tuzilganligi bilan boshqa yuqori o'simliklardan ajraladi. Oliy formalari poya bilan barglarga ajralgan bo'lsa, tuban
Diskasimon ustuncha bo'shliqlarining har birida bittadan antyeridiy etiladi, ular ichida ikki xivchinli spermatazoidlar vujudga keladi.
Urg’ochi o'simlikda esa kalta band ustida yulduzchaga o'xshagan o'simta bo’lib, uni ko'ndalang kesilsa to'da to'da bo'lib joylashgan arxegoniylar ko'rinadi. Unda tuxum xujayra etiladi, Marshan-tsiyaning arxegoniy va antyeridiylarga ega bo'lgan tallomlari jin siy nasl xisoblanadi. Tuxum xujayra urug’langach o'sadi va sharsimon ko'sakchaga aylanadi. Bu sporangiy jinsiz nasl, ya'ni sporofitdir.
P oyabargsimon moxlar sinfining torf moxlar qabilasi faqatgina bitta oilaga bu oila esa bitta sfagnum turkumiga ega. U 350 ga yaqin turga ega bo'lib, botqosliklar o'sib, torf hosil qiluvchi asosiy o'simlik xisoblanadi. Sfagnumning poyasi ancha uzun va nozik bo'lib, juda shoxlangan, mayda barglar bilan qoplangan. Patki shoxlar ko'pincha pastga egilgan bo'lib, uchi va shoxchalari bilan suv ichmaydi. Rizoidga ega emas, poya uchki qismi bilan o'saveradi, ostki qismi esa quriydi, chirimaydi.
2.1 2-rasm Poyabargsimon moxlar
Minyeral ozuqalar poya bargdagi kapillyarlar orqali va qisman bo'lsada atmosfyera changidan olinadi vakillarining tanasl esa yer bag’irlab yotadigani tallomdan iborat. Ildizlar o'rnida esa rizoidlar bo'ladi. Moxlarning anatomik tuzilishi xam juda sodda bo'lib, to’qimalarga yassol ajralmaydi. Nasllarning gallanishi aniq bilinadi . Jinsiy nasl (gami-tofit) ustun nasl xisoblanadi. Jinssiz organlar (sporofit) kam taraqqiy qilgan va xamisha gametofit bilan boq’langan bo'ladi. Jinsiy organlar - antyeridiy (yerkak organ ) va arxegoniy (urg’ochi organ) dir.Moxlar jinsiy nasl-gametofitning ustun turishi bilan xamma yuksak o'simliklardan farq qiladi. Moxlar vegetativ yo'l bilan xam ko'payishi mumkin.
Yo'sinlar eng qadimgi o'simliklar guruhi hisoblanadi, chunki ulaming qazilma qoldiqlarini toshko'mir davri yotqiziqlaridan topilgan. Aniqrog'i ularning sodda tuzilishiga ega bo'lgan vakillari undan ham oldinroq devon yoki silur davridayoq paydo bo'lgan. Hozirgi davrda o'sayotgan yo'sinlarning taraqqiyoti namgarchilik bilan bog'liq. Shu bilan birga ba'zi bir vakillari uzoq muddatli qurg'oqchilikka ham chidashi mumkin. Yo'sinlaming gametofitida poya va barg takomillashgan bo'lib. ko'p hujayralari rizoidga ega. Tuban vakillari tanalari tallomdan iborat.

Yo'sinlarning sporofiti sporogon deb ataladi, ko'sakcha va oyoqchadan iborat. Sporogon gametofitda shakllanadi. Spora hosil bo'lishi bilan ko'sakcha yorilib, undan sporalar chiqib, shamol yordamida tarqaladi. Mam tuproqqa tushishi bilan spora o'sib, undan ipsimon yoki plastinkasimon protonema hosil bo'ladi.


Protonema o'sadi va undan gametofit shakllanadi. Voyaga yetgan o'simlikda jinsiy organ I ar arxegoniy va anleridiylar yetiladi. Anteridiy va arxegoniylar ba'zan alohida-alohida tuplarda hosil bo'ladi. Anteridiydan chiqqan spermatozoidlar suv yordamida arxegoniyga tushib, undagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigota, undan esa sporgon shakllanadi. Yo'sinlarning taraqqiyot davrida suv katta ahamiyatga ega, ulaming urug'lanishi faqat suv yordamida boradi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo'vicha yo'cintoifa o'simliklar bo'limi 3 ta ajdodga bo'linadi
Download 19.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling