Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti


Mavzu:Bahor va gul bayrami


Download 124.43 Kb.
bet5/10
Sana14.03.2023
Hajmi124.43 Kb.
#1268593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

Mavzu:Bahor va gul bayrami
Bu bayram maktab xovlisida yoki maktab zalida o’tkaziladi. Bayramga ota-onalar, o’qituvchilar va boshlang’ich sinf o’quvchilari taklif etiladi.
Zal va maktab g’ovlisi “Bahor” mavzusiga oid rasmlar, tuvaklarda bahorda ochiladigshan gullar, vazalarda daraxt navdalari, o’quvchilarning bahor fasliga oid rasmlari bezatiladi. Bayram masxarabozlarning va archilarning chiqishi bilan boshlandi.
1-jarchi: - Bolalar-u bolalar,
2-jarchi: - Tog’da ochilgan lolalar!
1-jarchi: - Eshitmadim demanglar,
2-jarchi: - Eshitganlar jilmanglar!
1-Masxaraboz: - Bugun maktabimizda
2-Masxaraboz: - Zo’r tomosha bo’ladi.
Xo-xo-xoy!
1-2 Jarchilar: - Navro’z va gul bayramiga xush kelibsizlar!
Shundan so’ng ot o’yinda, yog’och oyoqda masxaraboz, polvonlar kirib kelishadi va musiqa sadolari ostida turli tomoshalar ko’rsatiladi. Qizlar gulchambarlar va sochlariga sochpopuklar taqishib, atlas ko’ylaklar kiyishib, o’g’il bolalar esa yaxtak va do’ppi kiyishib zalga kirib kelishadi. So’ngra salomlashadilar.
Assalom davramizning quvnoq o’g’il qizlari,
SHe’riyat osmonining chaqnoq yulduzlari.
Qabul aylang do’stlarim deymiz assalom,
Qo’limiz ko’ksimizda salom-assalom.
O’qituvchilar she’rni aytib bo’lishgach, “Bahor” valsi chalinadi, qizlar raqsga tushadilar.
O’qituvchilar: Inson o’z erini sevadi chunki inson yaproqlar hidisiz, jarangli qo’shiqlarsiz, ariq-anxorsiz, qip-qizil lolalarsiz yashay olmaydi. O’zlariga ma’lumki, qadim-qadimda ota-bobolarimiz “Navro’z” va “Gul bayrami” ni keng nishonlab keladi. Keksayu yosh bu bayramda bir-biriga juda yaxshi tilaklar bildirishgan.Ariqlarni tozalab, gullar, mevali daraxtlar ekishgan.Ayniqsa bahorda ochiladigan chuchmoma, boychechak, yalpizlarni terishib momolarimizga, onalarimizga sovg’a qilishgan. Ular bu gul va ko’katlarni ko’zlariga surishib, omonlik-omonlik, xech ko’rmaylik yomonlik deb duolar qilishdi. Ushbu so’zlardan so’ng sahnalashtirilgan ko’rinish qo’yiladi.Qizcha buvisiga boychechaklar sovg’a qiladi.Buvi esa qizini duo qiladi.So’ngra boychechak ashulasi aytiladi.

Download 124.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling