Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Download 124.43 Kb.
|
Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.2. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda o’tkaziladigan tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatining tahlili.
Bahoroy: Bolalar, qaranglar menda qanday chiroyli gullar bor. Qani kim biladi, bu gullarning nomi nima? Tularning rangi va shakli qanaqa?
1-O’quvchi: Bu gulning nomi lolaqizg’aldoq, rangi qizil. U bahorda qir-adirlarda chaman bo’lib, ochiladi.Boshqa gullar xam shunday ta’riflanadi.So’ngra tabiatga oid topishmoqlar aytiladi.Javobini o’quvchilar topadilar. Erdan asta unadi, Ilk bahorda kuladi. (Boychechak) Jonon kosa ko’z o’ynar Sochlari jilva-jilva (Buloq) Keyin bahor gullari viktorinasi 2-guruh bo’yicha o’tkaziladi. Patnisda konvertlarga turli savollar yozib o’qiladi - shu savollarga to’g’ri javob bergan guruh g’olib topiladi shu bilan bayram yakunlanadi va bolalar rag’batlantiriladi. Ilg’or pedagogik texnologiyalarga oid noan’anaviy usullarni boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’z faoliyatlarida qo’llamoqdalar. Pedagogik texnologiya – o’qitish usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui sifatida o’quv materiallarini tanlash, qayta ishlab, o’quvchilarning kuchiga, o’zlashtirish xususiyatlariga moslab metod va vositalarni ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir. Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida «qora quti», «Zakovatli zukko», «qarama-qarshi munosabat», «Bilaman», «Bilishni xohlayman», «Bilib oldim» nomli o’yinlarni qo’llab, noan’anaviy darslarni tashkil qilish mumkin. Quyida dars jarayonida «Qora quti» va «Zakovatli zukko» nomli interfaol (noan’anaviy) usullardan qanday qilib foydalanish haqida fikr yuritamiz. Interfaol usuldan foydalanishning maqsadi: o’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara) erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish. III.2. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashda o’tkaziladigan tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatining tahlili. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchining mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi. Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbiyalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, o‘qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab omillarga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi: — tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab qo‘ymaslik kerak. — tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim. — hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. —nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish. —bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim. —natijalarni e’lon qilish. —jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil hamda yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘yiladi. Download 124.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling