Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


  Jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining eng muhim faoliyatlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

3.5. 
Jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining eng muhim faoliyatlari. 
Mutaxassis xodimlar, sport jamoalari /komandalar/, uyushmalar bilan ishlash
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassis xodimlar bilan ishlash sport 
qumitalari rahbarlari va mas’ul xodimlarning eng muhim vazifalaridan biri.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasidagi rahbarlar va bo’lim boshliqlari, 
mutaxassis xodimlar bilan bevosita ichki ishlardagi faoliyatlar to’g’risida 
muloqatda bo’ladilar. SHuningdek, musobaqalarni tashkil qilish, ularni o’tkazish 
bilan bog’liq masalalarda murabbiylar, hakamlar, mutasaddi tashkilotlarning shu 
sohaga mas’ul xodimlari bilan ish olib boradilar.
Viloyat, tuman, shahar sport qo’mitalarining rahbarlari va xodimlari ham 
murabbiylar, hakamlar, o’qituvchilar, sportchilar bilan doimiy munosabatda 
bo’ladilar. Bunday faoliyatlarda sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, sport 
inshootlari, jihozlar, buyumlar, kiyimlar bilan bog’liq masalalar hal qilinadi.
Jismoniy tarbiya va sportga aloqador tashkilotlar, idoralar, sport tashkilotlari, 
sport markazlari xodimlari yuqorida ta’kidlangan masalalarga doir ishlarni hal 
qilishda yaqindan munosabatda bo’lishni taqozo etadi.
21


Tajribalarning ko’rsatishicha, sport tashkilotlari xodimlari orasida murakkab 
bahslar, muammolar ko’p uchraydi. SHu sababdan kuyidagilarga e’tibor berish 
lozim:
- qonunlar, qarorlar, qoidalar, Nizomlarda qayd etilgan jihatlarni eslash, 
eslatish;
- og’ir, vazmin bo’lish va o’zini tuta bilish;
- jaxd va ehtiroslarga berilib ketmaslik;
- ish yuzasidan kelgan xodimlarning barcha savollari va mulohazalarini diqqat 
bilan eshitish, ularga to’g’ri baho berish va hal qilish;
- amalga oshirib bo’lmaydigan ishlarni hal qilishga va’da bermaslik;
- eng tajribali va yutuqlarni qo’lga kiritgan murabbiylar, mutaxassislarni 
ma’naviy hamda moddiy jihatdan rag’batlantirib turish;
- sport jamoalari /komanda/ abzolari va ularning murabbiy hamda boshqa 
rahbarlari bilan ochiq muloqotda bo’lish;
- sport jamiyatlari, sport federa^iyalari /uyushmalari/ xodimlari bilan mas’ul 
vazifalar, eng zarur tadbirlarni o’tkazish haqida bo’ladigan rasmiy muloqot
suhbatlar jarayonida ularning mustaqil tashkilotlar hamda o’z maqomiga ega 
ekanligini nazarda tutish.
Jismoniy tarbiya va sport sohasini ilmiy asosda ta’minlash boshqaruvchilikda 
katta muammolardan biridir. Bu asosan ikki yo’nalishga bo’linadi:
1. Terma jamoalarning mashg’ulotlarini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash.
2. Aholining barcha tabaqalari, ayniqsa, o’quvchi yoshlar, sport maktablarida 
shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarini ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida 
tashkil etish.
Bu ikki yo’nalishda ham ilmiy tajribalar, sinov, nazorat, ko’rik ishlarini 
o’tkazish talab etiladi. SHu sababdan sport tashkilotlarining ish faoliyatida ilmiy- 
uslubiy ishlarni olib borish, ilmiy muassasalar. oliy o’quv yurtlari jismoniy tarbiya 
kafedralari xodimlarining ilmiy-ijodiy faoliyatlariga tayanish lozim bo’ladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling