Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


O’zbekiston Respublikasi Davlat sport qo’mitasi apparatining tuzilishi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

O’zbekiston Respublikasi Davlat sport qo’mitasi apparatining tuzilishi
3.2. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport 
qo’mitasiniig nizomi va uning asosiy mazmuni
3.2.1. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport - 
qo’mitasning Nizomi haqida
O’zbekistonning mustaqillik sari dastlabki qadam tashlash paytlari Respublika
15


sport qo’mitasining Nizomi qayta ko’rib chiqildi. «Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida»gi Qonun qabul qilinib, u kuchga kirgach, sport qo’mitasining Nizomi 
qayta ishlab chiqildi bunda avvalgi Nizomdan ham foydalanildi. O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 maydagi 185-sonli qaroriga 
asosan, «O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi 
haqidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda qayd etilishicha:
1. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi 
/Davlat sport qo’mitasi/ jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus davlat idorasi 
sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadi.
2.O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi O’zbekiston Konstitu^iyasi, respublika 
qonunlari va hukumat qarorlariga tayanadi. Qonunlar, qarorlar va O’zbekiston 
Prezidentining farmonlarini amalga oshirishda o’ziga berilgan vakolatlar doirasida 
o’z faoliyatini tashkil etadi.
3.O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi jismoniy tarbiya va sport bilan bog’liq 
barcha masalalarni hal etadi va o’z xuquqlari doirasida boshqa idoralarga topshiriq 
berishi mumkin. Respublikada ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga 
rahbarlik qilishda Davlat sport qo’mitasi Kasaba uyushmalari federa^iyasi va 
boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
4.O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi o’zining moliyaviy munosabatlarini 
Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va shahar-tuman sport 
qo’mitalari bilan hamkorlikda olib boradi.
5.Davlat 
sport 
qo’mitasi 
tasarrufidagi 
o’quv 
yurtlari, 
uyushmalar, 
muassasalar, tashkilotlarda davlat byudjeti asosida moliyaviy ishlarni boshqaradi. 
Nizomda ta’kidlanishicha, eng zarur masalalarni hal etish uchun o’zining taklif va 
mulohazalarini ishlab chiqadi, uni tasdiqlash uchun tegishli idoralarga taqdim 
etadi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi o’zining Respublika Gerbi aks ettirilgan 
muhri, blankalari va banklarda mustaqil hisob raqamiga ega. O’zbekiston Davlat 
sport qo’mitasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni 
muvofiqlashtirish, har yilgi prognozlarni /bashorat/ shakllantirish, ilmiy asoslangan 
jismoniy tarbiya tizimini amalda yuritish va shu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini 
olib borish;
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng ilg’or yo’nalishlarni belgilash, 
moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa boyliklarni /resurs/ konqentra^iyalash;
- aholi o’rtasida sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va ommaviy sport 
tadbirlarini uyushtirish, fuqarolarni sog’lomlashtirish va jismoniy kamolotga 
etkazish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlari saflarida xizmat 
qilishga tayyorlash, sog’liqni saqlash va mustahkamlash, kasalliklarning oldini 
olish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, dam olish, xordiq chiqarishni tashkil 
qilish;
- aholi istiqomat joylari va mahallalarda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya 
va ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlashda quyi sport 
qo’mitalari va jismoniy tarbiya hamda sport sohasidagi jamoat tashkilotlarining 
faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
16


- milliy sport turlari va xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar o’tkazishni 
tashkil qilish;
- jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlash va ishga joylashtirish, ularni 
qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- sport jamoalariga o’rinbosarlarni tayyorlash ishlarini tashkil qilish, xalqaro 
va respublika sport musobaqalarini o’tkazish, o’quv-mashg’ulotlar yig’inlarini 
tashkil qilish;
- aholini sport inshootlari, asbob-uskunalari va buyumlari bilan ta’minlash. 
Nizom asosida O’zbekiston Davlat sport qo’mitasiga quyidagi faoliyatlar 
/funk^iyalar/ yuklatilgan;
- O’zbekiston Respublikasi 
Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligi, 
Qoraqalpog’iston Jo’qorig’i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, davlat idoralari bilan 
birgalikda uzoq mudlatli prognozlar ishlab chiqish, foydali ishlab chiqaruvchi 
muassasalar va firmalarning sport buyumlarini tashkil qilish, bu bilan ommaviy 
jismoniy tarbiyani rivojlantirishga erishish;
- jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarishni tashkil qilishda iqtisodiy 
usullardan foydalanishni joriy etish, bozor iqtisodiyoti va munosabatlari 
qoidalaridan maqsadli foydalanish;
- ommaviy jismoniy tarbiya, milliy sport turlari, xalq o’yinlari, nogironlar 
sporti va oliy sport mahoratini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari loyihasini 
ishlab chiqish;
- sport o’rinbosarlarini tayyorlash ishini olib borish, qaysi idoraga mansub 
bo’lishidan 
qat’iy 
nazar, 
sport 
maktablari, 
tarmoqlar va 
ixtisosliklar, 
olimpiadachilarni tayyorlash markazlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, 
ulardagi o’quv-yig’in mashg’ulotlarini nazorat qilish;
- jismoniy tarbiya va sport ishlarini tahlil qilish, hisobga olish, hisobot tuzish, 
nazorat qilish va boshqarish faoliyatlarida hisoblash texnikasi hamda ilmiy 
texnologiyalardan foydalanishni ta’minlash;
- jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha jahon sportida erishilgan 
ilmiy-texnika taraqqiyoti, chet mamlakatlarda qo’lga kiritilgan ilg’or tajribalarni 
ommalashtirish;
- sport musobaqalarini o’tkazish qoidalari, yagona sport klassifika^iyasi, 
dasturiy-qo’llanmalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- O’zbekiston milliy terma jamoalarini tayyorlash, ularning Osiyo, Jahon, 
Olimpiya o’yinlari, chempionatlar, birinchiliklarda qatnashishini ta’minlash;
- sport turlari bo’yicha respublika rekordlarini tasdiqlash, sport unvonlarini 
berish;
- Oliy va o’rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari bilan birgalikda 
jismoniy tarbiya mutaxassislari va murabbiylarga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarni 
o’rganish, ularni tayyorlash, o’quv dasturlari, darsliklar va qo’llanmalarni ishlab 
chiqish;
- jismoniy tarbiya va sport hamda xalq milliy o’yinlarini ommaviy axborot 
vositalari, teleradio orqali targ’ib qilish.
YUqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Davlat 
sport qo’mitasiga bir qator huquq va vakolatlar berilgan, ya’ni:
17


- Vazirliklar, idoralar, konqernlar, asso^ia^iyalar va jamoat tashkilotlaridan 
ko’zda tutilgan hisobotlarni olish;
- barcha idoralar tashkilotlar, muassasalar, o’quv yurtlarining jismoniy 
tarbiya va sport bo’yicha axborotlarini eshitish, ular faoliyatini tekshirish;
- eng muhim hujjatlar, loyihalarni ishlab chiqish va tekshiruv ishlariga turli 
idoralarning mutaxassislari, xodimlari, olimlarini jalb etish;
- ilmiy 
tekshirish 
ishlari, 
Olimpiya 
o’yinlari 
va 
boshqa 
xalqaro 
sport 
musobaqalarida 
qatnashish 
uchun 
mo- 
liyaviy ta’minot masalasini hal etish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport ko’mitasi 
faoliyatini uning raisi boshqarib boradi. U O ’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tayinlanadi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashida 
tasdiqlanadi.
Qo’mita raisining birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlarini tayinlash va ishdan 
bo’shatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga 
oshiriladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling