Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

2.3. Sport tashkilotlari
O’zbekistonda sport tashkilotlari va sport jamiyatlari /kasaba uyushmalari 
jismoniy tarbiya - sport jamiyati «O’zbekiston», «Dinamo», «Mehnat 
o’rinbosarlari» va hokazo/ sobiq Ittifoq davridan buyon faoliyat ko’rsatib 
kelmoqda. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi faoliyatlariga 
asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari /»Spartak», «Burevestnik», 
«Mehnat», «Paxtakor», «Esh kuch» va boshqalar/ turli davrlarda /1936-1940, 
1950-1957, 1987/ o’zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular o’z taraqqiyoti tarixiga 
zgadir. Bu haqda to’la ma’lumotlarga ega bo’lish uchun esa R.Abdumalikov, 
T.T.YUnusov, A.K.Akramov va boshqalarning o’quv-uslubiy qo’llanmalariga
11


murojaat qilish kerak.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi davlat organi sifatida 
respublikada jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o’yinlarini aholining kundalik 
turmushiga singdirish va ularga bevosita bog’liq bo’lgan qator tadbirlarni olib 
borish bilan shug’ullangan. Uning asosiy maqsadi va vazifalari alohida Nizomda 
qayd etilgan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha 
jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatuvchi sport jamiyatlari mavjuddir. Ular 
tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Respublika Kasaba uyushmalari federa^iyasi qoshidagi «O’zbekiston» 
sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni 
tashkil qilish bilan faoliyat ko’rsatadi. SHuningdek, uning tarkibida terma sport 
jamoalari, bolalar va o’smirlar sport maktablari mavjuddir.
2. «Dinamo» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, ichki ishlar idoralari 
xodimlari va ular bilan bog’liq korxonalar, muassasalarda mehnat qiluvchilar bilan 
jismoniy tarbiya ishlari olib boradigan tashkilotdir.
3. «YOshlik» /sobiq «Mehnat rezervlari» va «YOsh kuch» sport jamiyatlari 
uyushmasi/ sport jamiyati o’z faoliyatini maktab o’quvchilari, «Talaba» sport 
uyushmasi, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalari bilan ommaviy sport 
tadbirlarini o’tkazishda namoyon etadi.
4. «Vatanparvar» tashkiloti O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi 
tashkilot sifatida o’quvchi-yoshlar va ishchilar orasida sportning harbiy-texnika 
bilan bog’liq turlarini tashkil etadi /parashyut, avto-motoklub, radio-texnika va 
hokazo/.
5. Markaziy harbiy sport klubi - maxsus sport klub sifatida faoliyat ko’rsatib, 
u asosan harbiy tashkilotlarda sport ishlarini uyushtirish bilan faoliyat ko’rsatadi.
Keyingi yillarda o’z maqomiga ega bo’lgan futbol, karate, taekvondo, dzyu- 
do, kurash, turon kabi sport turlari bo’yicha maxsus sport uyushma (federa^iya)lari 
tashkil etildi.
YUqorida qayd etilgan sport tashkilotlari va klublarning maxsus nizomlari, 
ustavlari mavjud bo’lib, ularda xaq-huquqlari to’la aks ettirilgan. Bu haqda keyingi 
boblarda batafsil so’z yuritiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling