Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLATNI
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin
2.1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLATNI
IDORA QILISH Jahondagi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush sharoitlarini aks ettirgan o’z milliy xususiyatlari mavjud. Qaerda va qanday davlat bo’lmasin, uning maqsadi va vazifasi aholini ijtimoiy jihatdan ta’minlash, uning milliy urf-odatlari va madaniyatini rivojlantirish, Vatanni tashqi hujumlardan himoya qilish kabilarga qaratiladi. Jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos qonunlari bor. SHunga ko’ra u yoki bu davlat iqtisodiy, madaniy, texnik, fan va nihoyat, harbiy jihatdan o’z imkoniyatlarining boshqa davlatlardan ustun bo’lishiga harakat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida o’tkaziladigan jahon birinchiliklari, kuboklari, Olimpiya o’yinlarida har bir mamlakat xalqlari o’zining sportchilari g’olib chiqishlarini, ularning sha’niga o’z madhiyalariiing yangrashi va bayroqlari baland ko’tarilishini xohlaydilar. Har bir sohadagi kabi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ham davlat tashkilotlari, ularning ish faoliyatlari bilan yaxshi tanish bo’lishi lozim. CHunki ish jarayonida ular bilan bog’liq masalalarga duch kelinadi. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston sobiq Ittifoq davrida davlat sifatida tarkib topgan bo’lsada, uni idora qilish, rahbarlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish faqat Markazning xohish va buyrug’i bilan amalga oshirib kelindi. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro andoza-larga tayangan holda o’z Konstitu^iyasini ishlab chiqdi va u 1992 yil 8_dekabrda tasdiqlandi. Konstitu^iyada takid-lanishicha, O’zbekiston - suveren demokratik Respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi /1-modda/. SHuning uchun davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, deyiladi /2-modda/. Davlatni idora qilish borasida Konstitu^iyada qayd etilishicha, O’zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitu^iyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi /7-modda/. O’zbekiston Respublikasi Konstitu^iyasidagi «Davlat hokimiyatining tashkil 8 etilishi» bo’limdagi XVIII bobi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bag’ishlangan. Bu erda qayd etilishicha, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi /76-modda/. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutloq vakolatlariga Konstitu^iyani qabul qilish, unga o’zgartirishlar kiritish, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish, O’zbekiston Respublikasi ichki va tashki siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish va eng muhimi, O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash kabi muhim amatlar kiritilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va uning o’rinbosarlari deputatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Oliy Majlisning tarmoqlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar, shahar-tuman hokimiyatlari hamda qishloq-mahalla oqsoqollari kengashlaridan iboratdir. Oliy Majlis tarkibida turli qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi hamda uning komissiyalari tarkibida jismoniy tarbiya va sport o’z o’rni hamda xususiyatlariga egadir. YA’ni jismoniy tarbiya va sportga doir davlat vakolatidagi barcha masalalar shu qo’mita tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar barcha davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining amaliy faoliyatlarini o’rganib boradi va zarur masalalarni to’la ishlab chiqib, ularni Oliy Majlisga olib chiqadi. Bu qo’mitaning tarmoqlari viloyatlar, shahar-tumanlarning hokimiyatida ham mavjuddir. Prezidentlik. M a’lumki, ko’pgina davlatlarda idora qilish va boshqarishda Prezidentlik tizimi mavjud. Ularning tashkiliy tuzilishi, mohiyatlari va eng demokratik tajribalarini o’rgangan holda Prezidentlik O’zbekiston Respublikasida hayotga tadbiq etildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitu^iyasining XIX bobida «O’zbekiston Respublikasining Prezidenti» bobi alohida berilgandir. SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi, deyilgan. Bu vazifani yurtimizda IA.Karimov 1991 yildan buyon bajarib kelmoqda. Ularning olib borayotgan siyosatlari, rahbarlik faoliyatlari faqat mamlakatimizdagina emas, hatto jahon hamjamiyati davlatlari orasida ham alohida e’tiborga molikdir. V azirlar Mahkamasi. YUqorida qayd etilganidek, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarning ijrochisi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va uning Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi O’zbekiston Respublikasi Kontitu^iyasi bilan kafolatlangan. Vazirlar Mahkamasi xalq xo’jaligida barcha sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida ta’minlaydi. SHuningdek, u amaldagi qonunlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor 9 shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bu vazifalarni amalga oshirishda barcha vazirliklar, davlat ko’mitalari, konqernlar, jamoat tashkilotlarining faoliyatiga tayanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’z ish faoliyatida viloyatlar, shahar-tuman hokimiyatlari, qishloq-mahalla xalq deputatlari kengashlarining faoliyatiga suyanadi, ularning barcha faoliyatlariga rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitu^iyasi asosida davlatni idora qilishda huquqiy organlar sifatida yoki davlat hokimiyati organlari tarkibida sud, prokuratura, mili^iya, harbiy kuchlar mavjud. Ular qonunlarni amalga oshirish, jinoyatchilikka qarshi va mudofaa hamda havfsizlik ishlarini bajarish bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport ishlarida ham ma’lum darajada ishtirok etadilar. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida tasdiqlangan jurnalistlar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qonunlarda davlatning to’rtinchi hokimiyati deb tan olingan matbuot organlari ham davlatni idora qilish, ular bilan bog’liq barcha faoliyatlarda, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilishda bevosita faoliyat ko’rsatadi. SHuni ham e’tirof etish kerakki, mamlakatda mutaxassis kadrlar tayyorlash, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqarmalar davlat idoralari sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Tabiiyki, barcha turdagi umumta’lim, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya o’quv jarayonining tarkibiy qismidir. SHuningdek, ularda ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlari o’quvchi yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini taraqkiy ettiruvchi vositalar sifatida xizmat qiladi. Bunday ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni tashkil qilish, ularni moddiy va texnik jihatdan ta’minlashda davlat idoralari faoliyat ko’rsatadi. Xulosa qilib aytganda, Mustaqil O’zbekistonda aholining ijtimoiy-madaniy turmush farovonligini yanada yaxshilash, ularning ma’naviy etuk, jismonan baquvvat bo’lib kamolotga etishishlarida davlat idoralarining faoliyatlari muhim ahamiyatga ega. Bunda «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’lim to’g’risida»gi va boshqa qonunlar, Respublika Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis etish to’g’risidagi /1993 yil/ farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan qator /1993 yil, 1996 yil, 1999 yil, 2000 yil/ qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Bular, o’z navbatida, mamlakatimizda davlatni boshqarishdagi Oliy Majlis, Prezidentlik, Vazirlar Mahkamasi sud va ma’muriy idoralar tizimining afzalligidan dalolatdir. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling