Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Boshqarish»
- Ilmiy boshqarish
- jismoniy tarbiya pedagogik jarayon
sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir. - jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarki-biy qismi sifatida jismoniy mashklar bilan shug’ulla-nish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foy-da,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to’g’ri hamda chiroyli o’sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir. Ko’rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to’ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug’ullanish esa jismoniy madaniyat harakati demakdir. - Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g’oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi. - «Boshqarish» atamasi barcha sohaga tegishli bo’lgan umumiy ma’nodagi so’z bo’lib, u bevosita faoliyatlarga rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya va sport harakatida «boshqarish» muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatni ifodalab, sport tashkilotlari, sport klublari, jamoalar (kollektiv) orasida musobaqalar, yig’in- anjumanlarni o’tkazishga, yo’lboshchilik qilish ma’nosida ishlatiladigan atamadir. Boshqarish tizimlari /sistema/ o’z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o’quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o’z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. YA’ni, o’quv yurtlari tizimiga: maktab, akademik Нцеу, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari kiradi. Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg’or tajribalarning natijalarini qo’llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo’llaniladigan sinov-tajriba jarayonlar monitoringa ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir. Boshqarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko’p qo’llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. CHunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo’lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o’xshashlik, talablar yagonadek tuyulsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. SHuning uchun o’yinlardagi natijalar va jadvallardagi o’rinlar har xil bo’ladi. SHu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg’or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng qo’llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu o’z navbatida menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda. Ularning batafsil mazmunlari shu nomdagi mavzularda bayon etiladi. 6 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling