Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

- jismoniy tarbiya pedagogik jarayon 
sifatida inson kamolotini 
takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
- jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarki-biy qismi sifatida 
jismoniy mashklar bilan shug’ulla-nish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, 
inshootlardan foy-da,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to’g’ri hamda chiroyli 
o’sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Ko’rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to’ldiradi. Jismoniy tarbiya va 
jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug’ullanish esa jismoniy 
madaniyat harakati demakdir.
-
Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik 
jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish 
zarur, g’oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi.
«Boshqarish» atamasi barcha sohaga tegishli bo’lgan umumiy ma’nodagi 
so’z bo’lib, u bevosita faoliyatlarga rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya 
va sport harakatida «boshqarish» muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatni ifodalab, 
sport tashkilotlari, sport klublari, jamoalar (kollektiv) orasida musobaqalar, yig’in- 
anjumanlarni o’tkazishga, yo’lboshchilik qilish ma’nosida ishlatiladigan atamadir.
Boshqarish tizimlari /sistema/ o’z navbatida jismoniy tarbiya va sport 
harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o’quv yurtlari, ishlab chiqarish 
mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o’z navbatida
yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. YA’ni, o’quv yurtlari tizimiga: maktab, 
akademik Нцеу, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari kiradi.
Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg’or 
tajribalarning natijalarini qo’llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo’llaniladigan 
sinov-tajriba jarayonlar monitoringa ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.
Boshqarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko’p 
qo’llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi 
faoliyatlardir. CHunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin 
emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil 
bo’lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o’xshashlik, talablar yagonadek 
tuyulsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. SHuning uchun o’yinlardagi natijalar 
va jadvallardagi o’rinlar har xil bo’ladi. SHu sababdan sport tashkilotlari va 
jamoalarida eng ilg’or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng 
qo’llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu o’z navbatida 
menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular 
amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda. Ularning batafsil mazmunlari 
shu nomdagi mavzularda bayon etiladi.
6



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling