Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


III. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT JISMONIY


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

III. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT JISMONIY 
TARBIYA VA SPORT QO’MITASI
1.O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport ko’mitasining 
tashkiliy tuzilishi va taraqqiyoti.
2.O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi Nizomi 
va uning asosiy mazmuni. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va 
sport qo’mitasining ichki tuzilishi, kollegiya.
3.O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining 
tarkibiy tarmoqlari, O’zDJTI.
4.O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qumitasi davlat 
idoralari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus 
tashkilot.
5.Jismoniy tarbiya va sport qo’mitalarining faoliyatlari; mutaxassis xodimlar
sport jamoalari /komandalar/, uyushmalar /federa^iyalar/ bilan ishlash, jismoniy 
tarbiya va sportni tashkil etishning ilmiy asoslari.
6.O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining 
matbuot idoralari bilan aloqasi /radio, televidenie, ommaviy axborot vositalari va 
hokazolar/.
3.1. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining 
tuzilishi va taraqqiyoti
O’zbekiston sharoitida oila, bolalar bog’chalari va barcha toifadagi o’quv 
yurtlarida jismoniy 
tarbiyani 
tashkil 
qilish, 
aholi 
o’rtasida 
ommaviy 
sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarini uyushtirnsh hamda iqtidorli sportchilar 
mahoratini oshirish kabi turli-tuman faoliyatlarni tashkil qilishning o’ziga xos 
xususiyatlari bor. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport harakati 
keng qamrovli tashkiliy-pedagogik jarayon bo’lib, uni boshqarish maxsus davlat va 
jamoat 
sport 
tashkilotlarining 
faoliyatini 
talab 
etadi. 
SHu 
sababdan, 
mamlakatimizda Davlat organi huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi 
Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi mavjud. U o’zining tashkiliy va 
rivojlanish tarixiga egadir.
O’zbekiston o’z mustaqilligiga ega bo’lgach, barcha sohalar kabi jismoniy 
tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, ularni bajarishning tartib-qoidalari ishlab 
chiqildi va respublika sharoiti hamda davr talablariga moslashtirildi.
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi 
Qonunida ta’kidlanishicha, «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli 
davlat organi tomonidan boshqariladi» deb /5-modda/ belgilangan. SHunga asosan
«O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi jismoniy 
tarbiya va sportni boshqarishning vakolatli davlat organi hisoblanadi», - deyilgan.
Qonunda Respublika sport qo’mitasiga quyidagi vakolatlar berilgan:
-jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan 
dasturini ishlab chiqadi va ro’yobga chiqaradi;
-jismoniy tarbiya - sport jamoat birlashmalari bilan birgalikda O’zbekiston
14


sportchilarini Olimpiya o’yinlari va boshqa xalqaro sport musobaqalariga 
tayyorlashning aniq maqsadga qaratilgan dasturini ishlab chiqadi va ularning 
bajarilishini ta’minlaydi;
- sport turlari bo’yicha mamlakat terma komandalari tarkiblarini tasdiqlaydi va 
ularning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rishlarini 
ta’minlaydi;
- aholi turli qatlamlarining jismoniy kamolot darajasini aniqlash uchun sport 
me’yorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
-jismoniy tarbiya - sport kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va 
attesta^iyadan o’tkazishni tashkil etadi;
- sport tayyorgarligi markazlarini, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim 
muassasalari va ilmiy tashkilotlarini tuzadi;
-jismoniy tarbiya va sport muammolari bo’yicha ilmiy, uslubiy va ommabop 
adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini tashkil qiladi;
- o’z vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sportga oid me’yoriy hujjatlarni, 
shu jumladan, jismoniy tarbiya - sog’lomlashtirish va sport inshootlaridan 
foydalanish me’yorlari hamda qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-axborot ta’minoti tizimini tashkil etadi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
YUqorida qayd etilgan ishlarni tashkil etish va ularni amalga oshirishda
O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi o’zining quyi 
tarmoqlari, ya’ni viloyat, shahar va tuman sport qo’mitalariga bevosita tayanadi. 
SHu bilan birgalikda, qonun acosida boshqa davlat hamda jamoat tashkilotlari, 
sport jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling