Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

3.3. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining 
tarkibiy tarmoqlari 
3.3.1. Davlat sport qumitasi tarmoqlari
O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tuzilishi 
va boshqarish jihatdan asosan ikki yo’nalishga egadir. Birinchi yo’nalish sport 
ko’mitalarining quyi tarmoqlari hisoblanadi. Ikkinchisi esa, mustaqil tashkilotlar 
sifatida sport qo’mitalari faoliyatida ishtirok etuvchilardir.
Birinchi yo’nalish: O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport 
qo’mitasining uzviy tarmoqlari, asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 
viloyatlar hamda Toshkent shahar sport qo’mitalari hisoblanadi. Bunday quyi 
tarmoqlardagi sport qo’mitalari joylardagi hokimliklar mahkamasi tarkibida bo’lib, 
hokimlar rahbarligida ish olib boradilar. Har bir viloyat, shahar va tumanlardagi 
sport qo’mitalari raislari Hokimlar tomonidan tasdiqlanadi. Barcha tarmoqlardagi 
sport qo’mitalarining maxsus Nizomlari mavjuddir. SHu Nizomga asosan ular 
o’zlariga tegishli hududda hokimiyatlar va Davlat sport qo’mitasi tomonidan 
belgilangan vazifalarni amalga oshiradilar. Ularning tashkiliy tuzilishida ommaviy- 
tashkiliy ishlar, sport, moliya-xo’jalik, sportni targ’ib qilish, o’quvchi-yoshlar bilan 
ishlash va boshqa sohalar bo’yicha bo’limlari bo’ladi. Belgilangan shtatlardagi 
xodimlar o’z faoliyatlarini yuritadilar.
Ikkinchi yo’nalish: Davlat sport qo’mitasi va uning tarmoqlari faoliyatida 
bevosita ishtirok etuvchi va unga ko’maklashuvchi quyidagi tashkilotlar, 
komissiyalar mavjuddir, ya’ni:
1.Sport turlari bo’yicha federa^iyalar, murabbiylar kengashi, hakamlar 
uyushmasi.
2.Xalqaro sport asso^ia^iyalari.
3.Ilmiy-uslubiy kengashlar.
4.Milliy sport va xalq milliy o’yinalari uyushmalari.
5.Tibbiy nazorat muassasalari va h.k.
3.3.2. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti /O ’zDJTI/ 1955 yil sentyabrda 
tashkil etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda 
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti O’zbekiston Respublikasi Davlat
19


jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining tarkibiy tarmog’idir. Institutning dastlabki 
faoliyati paytlarida atigi 2-3 ta kafedra mavjud bo’dgan bo’lsa, hozirgi kunda 
ularning soni 18 ta.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida sport o’yinlari, yakkakurash 
sport turlari, sirtqi ta’lim va malaka oshirish fakulbtetlari mavjud.
Mustaqillik yillari davrida institutda ilmiy-pedagogik soha bo’yicha 
mutaxassis xodimlarni tayyorlashda katta yutuqlarga erishildi. YA’ni aspirantura 
va doktorantura tashkil etildi. Himoya bo’yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash 
ochildi va 10 dan ortiq yosh mutaxassisilar fan nomzodligi disserta^iyalarini 
yoqladilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish ishida O’zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya instituti jamoasi ijodiy yondashgan holda katta hissa qo’shib 
kelmoqda. 
Ayniqsa, 
yuqori 
malakali 
sportchilar 
tayyorlash, 
bo’lajak 
mutaxassislarni sport menejmenti hamda marketinga asoslari bilan qurollantirish, 
maktab yoshigacha bolalar muassasalar faoliyatlari bilan tanishtirish, aholi 
o’rtasida ommaviy-sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, sport, sayohat hamda 
xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish yo’llarini o’rgatishda davr talablariga rioya 
qilinmoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling