Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qumitasi davlat idoralari va


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

3.4. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qumitasi davlat idoralari va 
jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus tashkilot
Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tufayli aholining 
turmush darajasi o’sib bormoqda. U mumiy madaniyati yuksalmoqda. Mehnatkash 
aholi va o’quvchi-yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, sog’lig’i va kamoloti yo’lida 
davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilmoqda.
Jismoniy tarbiya tizimi kabi keng tarmoqli sohaning barcha tashkilotlarida 
yagona tartiblarni joriy etish uchun muvofiqlashtiruvchi markaz yoki maxsus 
tashkilot sifatida O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining o’rni 
alohidadir.
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi 
Qonunida «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport 
sohasidagi vakolatlari» /6-modda/, «Jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari» 
/7-modda/. 
«O’zbekiston Respublikasidagi Olimpiya harakati» /8-modda/ 
masalalari alohida o’rin egallagan. Bu sohalardagi jarayonlarning mukammal va 
maqsaddagidek olib borilishini nazorat qilish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish va amaliy 
yordam berish lozim bo’ladi. Bu faoliyatlar sport qo’mitalari tomonidan chukur va 
izchil o’rganiladi hamda o’zaro bog’liklik tamoyillari asosida ish tutiladi.
Qonunda ta’kidlanishicha, «Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush 
tarzini targ’ib qilish» /9-modda/, «Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya» /10- 
modda/, «Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda fuqarolar o’zini o’zi 
boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki» 
/11-modda/, «Nogironlar uchun jismoniy tarbiya va sport» /13-modda/ hamda turli 
tarmoqlarda tashkil qilinishi zarur bo’lgan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy
20


tarbiya va sport tadbirlarini birgalikda tashkil qilishni doimiy ravishda 
muvofiqlashtirish faoliyatlari sport qo’mitalari zimmasidadir.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi va uning tarmoqlari, turli davlat idoralari
jamoat tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sportdagi barcha faoliyatlarini 
qonunlar, farmonlar, qarorlar asosida olib borishiga yo’l-yo’riq ko’rsatishini 
muvofiqlashtirish usulining asosi hisoblanadi. SHu sababdan «Jismoniy tarbiya va 
sport to’g’risida»gi qonunda «Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini tashkil 
qilish» bilan bog’liq faoliyatlar /15-modda/, «Sportda qo’llanishi man etilgan 
vositalar» /16-modda/, «Havaskorlik sporti va professional sport» /17-modda/, 
«YUqori 
malakali 
sportchilarni 
tayyorlash» 
/18-modda/ 
sohalarini 
muvofiqlashtirish /o’zaro kelishish/ talab qilinadi.
Jismoniy 
tarbiya 
va 
sport 
harakatida 
sport 
qo’mitalarining 
muvofiqlashtiruvchi faoliyatlari qonunda yaqqol bayon etilgan. Ular asosan 
«Jismoniy tarbiya va sportni moliyaviy ta’minlash» /19-modda/, «Jismoniy tarbiya
- sog’lomlashtirish va sport inshootlari» /20-modla/, «Aholiga pulli xizmatlar 
ko’rsatish» /22-modda/, «Xalqaro hamkorlik» /25-modda/ kabilar bilan ifodalanib, 
bu faoliyatlarda juda ko’p idoralar va tashkilotlar rasmiy ravishda ishtirok etadi. 
SHu sababdan barcha faoliyatlarni maqsadli amalga oshirish, yaxshi natijalarga 
erishishni ta’minlashda O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi muvofiqlashtiruvchi 
maxsus tashkilot sifatida katta rol o’ynaydi.
SHuni e’tiborga olish zarurki, O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy 
tarbiya va sport qo’mitasi va uning quyi tarmoqlarida ayrim sohalar yoki 
umumahamiyatga molik bo’lgan muammolarni muhokama qilish, tasdiqlash va 
amalga oshirish jarayonlarida masalaga tanqidiy qarash, ijodkorlik va ilg’or 
tajribalarga tayanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu sohalarni amaliy jihatdan 
o’rganish, sport qo’mitalari ish faoliyatini bevosita kuzatish talabalarning mustaqil 
ish jarayonlarida amalga oshiriladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling