Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy
partiyalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Navro’z», «Mahalla», «Ekosan»
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin
partiyalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Navro’z», «Mahalla», «Ekosan» va boshqa jam g’arma va uyushmalar mavjud. 5. Boshqarishda bir qator tamoyillar (prinqiplar) mavjud bo’lib, u O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunning 3- moddasida «Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinqiplari» quyidagicha belgilangan. - insonparvarlik; - demokratizm; - fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi; - jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi. Bu tamoyilida negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga xolisona (ob’ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir. Insonparvarlik prinqipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g’amxo’rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan aholining tobora ko’proq qismi shug’ullanishini ta’minlash kabi ishlar kuzda tutilgan. Demokratizm prinqipi jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi xalqchillik, ko’pchilikning xohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va rahbarlarni saylash, shuningdek ularning o’z jamoalari oldida muntazam hisobot berib borishlaridan iborat. Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi prinqipi asosan o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to’garaklari mashg’ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko’zda tutadi. SHuningdek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etishdir. Bunda turli musobaqalarni muntazam o’tkazish, sog’lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu prinqiplarning yana bir jihati shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog’lom avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o’tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport musobaqalarini o’tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi faoliyatlarda xolisona (ob’ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko’maklashishi hisobga olingan. 5 6. Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko’p maxsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o’ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nolar mavjud. «Jismoniy tarbiya», «Jismoniy madaniyat», «Sport» kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» fanida etarli darajada bayon kilingan. SHu sababdan ularga alohida to’xtalish zaruriyati yo’q. SHunday bo’lsa-da, qisqacha tavsif berish joizdir. YA’ni: Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling