Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

4.3.3. «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar
O’zbekiston Prezidenti I. А. Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol 
va taraqqiyot yo’li» risolasida (1992 y.) «YAshash muhiti, tabiat va ma’naviyat 
ekologiyasi bir-biridan ajralmasdir. Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan 
uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan mustahkam salomatlik 
tilashgan. Sihat-salomat bo’lishning an’anaviy qadrini qayta tiklash va oila qadri 
bilan sharafli bir o’ringa qo’yish kerak» (69-bet), - degan. Buning amaliy ijrosi 
Prezident tomonidan 
« S o g ’l o m
avlod uchun» farmonining imzolanishi (1993 y. 4 
mart) hamda shu asosida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining ishlab
29


chiqilishi, uni hayotda qo’llashga qaratilgan bir qator qarorlarning qabul qilinishida 
ifodalangan.
O’zbekiston Prezidenti va xukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar 
yili» (1999 y.) «Sog’lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon 
qilindi. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko’p madaniyat, sport tadbirlari 
hamda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida o’tkazib 
borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish 
mumkin.
«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshnrish Sog’liqni saqlash 
vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. SHu 
sababdan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlariga katta urg’u 
bermoqda. SHuningdek, o’quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini 
o’stirish, aholining salomatligini yaxshilash borasida mutasaddi vazirliklar
«Sog’lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro’z», «Ekosan» kabi xayriya 
jam g’armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuklatilgan.
Sog’lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari, 
ommaviy-sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya
sayohat va Xalq milliy 
o’yinlaridan foydalanishni yaxshi yo’lga qo’yishda xalq ta’limi va Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorliqda O’zbekiston Respublikasi Davlat 
jismoniy tarbiya va sport qumitasi faol ishtirok etmoqda. Bunda «Alpomish» va 
«Barchinoy» maxsus testlari, o’tkazilayotgan spartakiadalar, universiadalar va turli 
sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo’lib hisoblanmoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling