4.4.3. Qishloq aa suv xujaligi vazirligi tizimida jismoniy
tarbiya va sport ishlari
YUqorida ta’kidlanganidek, o’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha vazirliklar,
Davlat qo’mitalari o’z sohalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil
qiladilar. Undan tashkari, uz ixtisosliklarida faoliyat ko’rsatayotgan mehnat
jamoatari, muassasalar va tashkilotlardagi aholining jismoniy jihatdan sog’lom
bo’lishini ta’minlash ularning muhim vazifalariga kiradi.
M a’lumki, qishloq va suv xujaligi vazirligi tizimida ham ko’pgina o’rta
maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularning o’quv pejalapi va dasturlarida
jismoniy tarbiya darslari hamda ommaviy sport tadbirlari asosiy faoliyatlar
tarkibidan o’rin egallagan. CHunki mutaxassislarni jismonan baquvvat qilib
tarbiyalash umumdavlat ahamiyatga molik bo’lgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Mehnatkash yoshlarning ish qobiliyatlarini, mehnat unumdorligini oshirish va
ularning jismonan tetik bo’lishida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari muhim
omillardan biridir. SHu sababli ishlab chiqarish korxonalari, ularning sport
majmualarida sport klublar faoliyat ko’rsatadi. Unda etakchi murabbiylar, tajribali
uslubiyatchilar mehnat qilishadi.
Sport klublar tarkibida quyidagi ish turlari mavjud:
1.Ishchi va mehnatkashlarning bo’sh vaqtlarida sog’lomlashtiruvchi jismoniy
mashqlar, o’yinlar, gimnastika va h.k.ni tashkil etish.
2. Sport turlari bo’yicha terma jamoalar (komanda) tuzish, mashg’ulotlar
tashkil qilish, ularning shahar, tuman, viloyat va respublika sport musobaqalaridagi
ishtirokini ta’minlash.
3. Sport turlari bo’yicha korxona xodimlarining bolalari uchun sport maktabini
tuzish.
4. Sog’lomlashtiruvchi guruhlar tashkil qilish.
5. Sport inshootlarini ko’paytirish, ta’mirlash, ularda pullik xizmatlarni tashkil
qilish (mashg’ulotlar, musobaqalar, ijara va h.k.).
31
Do'stlaringiz bilan baham: |