Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


V. BOSHQARISHNING JAMOAT TASHKILOTLARI HAQIDA UMUMIY


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

V. BOSHQARISHNING JAMOAT TASHKILOTLARI HAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHA
1. Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush 
madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli partiyalar, jam g’arma 
uyushmalarining o’rni.
2. Sport jamiyatlari («O’zbekiston», «Dinamo», «Talaba», «YOshlik») va 
ularning quyi tarmoqlarining tuzilishi.
3.Xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jismoniy tarbiya va sport 
ishlarini tashkil qilishdagi faoliyatlari.
4. Sport turlari bo’yicha uyushmalarning jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishdagi faoliyatlari.
5.1. Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush 
madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli partiyalar, 
jamg’arma uyushmalarining o’rni
O’zbekiston Respublikasining Konstitu^iyasi, «Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida»gi Qonun, 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi va boshqa qarorlarida mehnatkash aholi va ishchi-xizmatchi 
yoshlarning mehnat faoliyatini himoya qilish va ularning ijtimoiy turmush mada- 
niyatini tobora rivojlantirib borish masalalariga alohida diqqat-e’tibor qaratilgan. 
Bu, o’z navbatida fuqarolarning mehnat va yashash faoliyatini yaxshilash 
omillaridan biri bo’lgan jismoniy tarbiya vositalari, ayniqsa, xalq milliy o’ninlari 
ekanligini e’tirof etishni taqozo qiladi.
Mehnat jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish har bir 
ishchi, mehnatkash va akliy mehnat bilan shug’ullanuvchi ziyolilarning mehnat 
qobiliyati, jismoniy sog’lomligi, tetikligiga bog’liqdir. Ana shu jihatlar 
maqsaddagidek amalda bo’lsa, ularning oilalarida doimo yaxshi muvozanat 
saqlanishi, ya’ni ijtimoiy-madaniy turmush darajasi ko’ngildagidek bo’lishi 
tabiiydir. Bu, o’z navbatida, mamlakatimiz aholisining moddiy-maishiy ta’minotini 
yuzaga keltiruvchi, uni rivojlantirish usullarining tayanchidir.
Masalaga shu jixatdan baho berilsa, jismoniy tarbiya, sport, sayoxat va xalq 
milliy o’yinlarini aholining kundalik turmush darajasiga chuqur singdirish lozim 
bo’ladi. Buning uchun esa jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqaruvchi davlat 
idoralariga bevosita jamotchilik yo’llari bilan ko’maklashish va mustaqil ravishda 
faoliyat ko’rsatishlarini hayotning o’zi talab etadi. Ana shu vazifalarni amalga 
oshirishda Respublika kasaba uyushmalari federa^iyasi kengashi, uning tarkibidagi 
jismoniy tarbiya-sport jamiyati 
(«O’zbekiston»), 
shuningdek, 
«Dinamo», 
«YOshlik», 
«Talaba» 
sport 
jamiyatlari, 
mudofaaga 
ko’maklashuvchi 
«Vatanparvar» tashkiloti hamda ularning viloyat, shahar, tumanlardagi quyi 
organlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonning mustaqalligi yurtimizda demokratik 
tamoyillar asosida ko’p partiyaviylik jarayonlarini yuzaga chiqardi. Mehnatkash
34


aholi va ziyolilarning ishlab chiqarish va kasb-hunar turlari, munosabatlariga ko’ra 
turli partiyalar vujudga keldi. Ular «Xalq demokratik» (XDP), «Milliy tiklanish», 
«Fidokorlar», «Adolat» so^ial-demokratik partiyalari nomi bilan faoliyat ko’rsatib, 
mamlakatning xo’jalik, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarida o’z vazifalari va 
mavqelariga egadir.
Mamlakatimizda yangi yo’nalish bo’yicha shakllangan va istiqlol sari 
rivojlanib borayotgan 20 dan ortiq jamoat tashkilotlari, uyushmalari mavjud. Ular 
o’z nomlari, maqsadlari yuzasidan «Navro’z», «Mahalla», «Ma’naviyat va 
ma’rifat», «Sog’lom avlod uchun», «Ekosan», «Kamolot» va hokazo deb ataladi va 
ma’lum maqsad yo’lida faoliyat olib boradi.
YUqorida ta’kidlangan barcha tashkilotlar, uyushmalarning asosiy maqsadi 
demokratik tamoyillar asosida barcha qonunlar, farmonlar va qarorlarni amalga 
oshirishga qaratilgan. Bu esa Vatan va xalqning osoyishtaligi, aholining mehnat 
faoliyatini himoya qilish hamda ularning ijtimoiy-madaniy turmush darajasini 
yanada yaxshilash bilan ifodalanadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling