Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

4.3.2. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish
O’tgan bo’limda asosan, tibbiyot sohasidagi o’quv yurtlari va davolash 
muassasalarining ba’zi bir faoliyatlari tilga olindi. Unda aholi istiqomat qiluvchi 
joylarda faoliyat ko’rsatuvchi poliklinikalar, shaxsiy davolash muassasalari alohida 
o’ringa egadir.
Aholi istiqomat joylarida ko’pchilik kasalliklarning turlariga qarab davolash, 
nazorat qilish, tez yordam ko’rsatish kabi bo’limlar, laboratoriyalar, ilmiy-uslubiy 
markazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Bemorlarni poliklinikada yoki uylarida ko’rish, davolash.
2. Poliklinika tarkibidagi laboratoriyalar, davolash bo’limlarida uqalash 
/massaj, trenajerlarda mashq bajarish va hokazolar/ sog’lomlashtirish tadbirlari.
SHular asosida poliklinika shifokorlari bemorlarni maxsus hisobga olish 
(og’ir bemorlar, nogironlar va h.k.) va davriy nazorat qilish guruhlariga ajratadi. 
Ular bilan ishlashda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, tabiatning 
sog’lomlashtiruvchi omillaridan foydalanish, tozalik va gigienik qoidalarga rioya 
qilish tavsiya etiladi. O’z navbatida, bu faoliyatlarning bajarilishi, ularning 
samaralarini doimiy ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. SHu tariqa shifokorlar 
bemorlarning sog’lig’ini qayta tiklaydilar va ularni muhofaza qiladilar.
M a’lumki, aholining o’zini-o’zi boshqarish idoralari qonun asosida tashkil 
etilgan. Bunda mahalla oqsoqollari kengashi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. 
Bularning ish faoliyatida poliklinika shifokorlari ham bevosita ishtrok etib
aholining salomatligi, yoshlarning oila qurishi kabi masalalarda suhbatlar va 
ma’ruzalar olib boradi. Bu faoliyatlar ham aholining, ayniqsa yosh bolalar, 
onalarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. YOsh 
ota-onalarning 
salomatligini 
ta’minlashdagi 
nazariy 
bilimlari 
hamda 
ko’nikmalarini rivojlantirishda shifokorlarning hissalari g’oyat kattadir.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling